3–BOB
Quddusning gunohi va itoatsizligi
1 Bulgʻangan, buzuq shaharning holiga voy!
Zolimlarga toʻlib ketgan shaharning holiga voy!
2 U hech kimning gapiga quloq solmaydi,
Oʻziga hech qanday saboq olmaydi.
Oʻz Xudosi tomon yuz burmaydi,
Umidini Egamizga bogʻlamaydi.
3 Shahar aʼyonlari oʻkirayotgan sherlarga oʻxshaydi.
Hakamlari ham kechasi och qolgan boʻrilarga oʻxshab,
Ertalabgacha oʻljasidan hech narsa qoldirmaydi.
4 Paygʻambarlari katta ketadi,
Hammasi qalloblik qiladi.
Ruhoniylari Xudoning uyini harom qiladi,
Xudoning qonunini buzadi.
5 Ammo Egamiz hamon shahardadir.
U doimo toʻgʻri ish qiladi,
U nohaqlik qilmaydi aslo!
U har kuni ertalabdan adolat oʻrnatadi,
Tong sahardan odillik bilan ish tutadi,
Fosiqlar esa uyalmay yomonlik qilaveradi.
6 Egamiz shunday deydi:
“Men xalqlarni qirib tashladim,
Ularning shaharlarini vayron qildim,
Qalʼalarini qulatdim.
Ana, koʻchalari huvullab qoldi,
Shaharlarida inson zoti qolmadi.
7 Endi xalqim Mendan qoʻrqar,
Bundan oʻziga saboq olar, deb oʻylagan edim.
Quddusni vayron qilmayman,
Aytganlarimni boshiga solmayman, degan edim.
Ammo ular shunda ham,
Qabihliklar qilish ishtiyoqidan voz kechmadilar.”
Xalqlar Egamizga yuz buradi
8 Egamiz shunday demoqda:
“Mening kelishimni kutinglar,
Men xalqlarga hamla qilib,
Ularni talon–taroj qiladigan kunni kutinglar.
Men qaror qildim: xalqlarni yigʻaman,
Barcha ellarni toʻplab olaman.
Ularning ustiga gʻazabimni sochaman,
Alangali qahrimni ularga yogʻdiraman.
Rashkim oʻti butun dunyoni kuydirib tashlaydi.
9 Keyin Men barcha xalqlarning nutqini oʻzgartiraman,
Shunda ular butlarga iltijo qilishmaydi ,
Faqat Men, Egangizgagina ibodat qilishadi.
Birgalikda Menga xizmat etishadi.
10 Olis yurtlardan ixlosmandlarim kelishadi,
Habashistondagi daryolarning narigi tomonidan,
Menga nazrlar olib kelishadi.
11 Ey xalqim, oʻsha kuni sizlar uyalib qolmaysizlar,
Oldinlari Menga boʻysunmaganingizdan oʻshanda xijolat tortmaysizlar.
Axir, Men orangizdagi takabbur odamlarni yoʻq qilaman.
Shunda muqaddas togʻimda oʻzlaringizni katta tutmaydigan boʻlasizlar.
12 Men faqat kamtarin va itoatkor odamlarni qoldiraman.
Ular Men, Egangizdan panoh topadilar.
13 Isroil xalqining omon qolganlari
Hech yomonlik qilmaydilar.
Ular hech kimni aldamaydilar,
Ogʻizlaridan yolgʻon soʻz chiqmaydi.
Ular yaylovda oʻtlab yurgan qoʻylarday orom oladilar,
Hech kim ularni bezovta qilmaydi.”
Sevinch qoʻshigʻi
14 Ey Isroil xalqi, sevinch ila hayqiring!
Ey Quddus aholisi, kuylang!
Ey Sion ahli, butun qalbingizdan shodlaning!
15 Egamiz sizlarni jazolab boʻldi,
Dushmanlaringizni U quvib yubordi.
Isroilning Shohi — Egamiz orangizdadir.
Siz endi kulfatdan qoʻrqmang.
16 Oʻsha kuni Quddusga shunday soʻzlar aytiladi:
“Ey Sion aholisi, qoʻrqmang! Aslo boʻshashmang!
17 Egangiz Xudo sizning orangizdadir,
Sizga zafar keltiruvchi jangchi Oʻshadir.
U sizni deb xursand boʻlib sevinadi.
Oʻz sevgisi ila qoʻrquvlaringizdan xalos qiladi .
Ha, sizni deb shod boʻlib kuylaydi.”
18 Egamiz shunday deydi:
“Ey surgun boʻlganlar,
Tayinlangan bayramlarda
Sizlar qatnasha olmaganingizdan xafasizlar,
Men sizlarni oʻz yurtingizga olib kelaman,
Bundan buyon xor boʻlishingizga yoʻl qoʻymayman.
19 Sizlarga zulm oʻtkazgan xalqlar bilan
Oʻshanda Oʻzim hisob–kitob qilaman.
Men choʻloqlarni qutqaraman,
Haydab yuborilganlarni yigʻib olaman.
Ular sharmanda boʻlgan har bir yurtda
Obroʻ va shuhrat topadilar.
20 Ha, oʻsha vaqtda sizlarni yigʻib olaman,
Uylaringizga eltib qoʻyaman.
Sizlarni yana farovonlikka erishtiraman,
Buni oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz,
Xalqlarning hurmatu maqtovlariga sazovor boʻlasiz.”
Egamizning kalomi shudir.