7–BOB
1 Ey azizlarim, Xudo bizga shunday ajoyib vaʼdalar bergan ekan, badanimizni va ruhimizni bulgʻovchi har qanday narsadan oʻzimizni poklaylik. Xudodan qoʻrqib yashab, butunlay Xudo uchun ajratilgan ekanligimizni koʻrsataylik.
2 Bizga boʻlgan mehringizni koʻrsating . Biz hech kimga ozor bermadik, hech kimga ziyon yetkazmadik, hech qachon oʻzimizning manfaatimizni koʻzlab, boshqalardan foydalanmadik. 3 Bularni sizga taʼna qilib aytmayapman. Axir, oldin aytganimdek, oʻlamizmi, yashaymizmi, sizlar bizning dilimizdasiz. 4 Sizlarga jasorat bilan gapira olaman, sizlar bilan juda faxrlanaman. Azob–uqubatlarimiz qanchalik koʻp boʻlmasin, dilim tasallidan toʻlib–toshadi, behad quvonaman.
Pavlusning shodligi
5 Biz hatto Makedoniyaga borganimizdan keyin ham hech xotirjam boʻla olmadik, aksincha, har tomondan gʻam–gʻussaga tushdik: sirtdan hujumlar boʻldi, koʻnglimizda esa qoʻrquvlar bor edi. 6 Tushkunlikka tushganlarga tasalli beruvchi Xudo Titusni yonimizga yuborib, bizga tasalli berdi. 7 Biz faqatgina uning kelganidan emas, balki uning sizlardan olgan tasallisi haqida eshitib ham ancha dalda topdik. Sizlar meni qattiq sogʻinayotganingiz, men uchun qaygʻurib, tarafimni olganingiz haqida xabar olib kelganidan juda sevindim.
8 Shu sababdan maktubim bilan sizlarni xafa qilgan boʻlsam ham, uni yozganimdan afsuslanmayman. Toʻgʻri, bu maktub sizlarni bir oz muddatga boʻlsa–da, xafa qilganini bilib afsuslandim. 9 Mana endi sevinyapman. Sizlar xafa boʻlganingizdan emas, balki bu xafagarchilik sizlarni tavbaga keltirgani uchun sevinyapman. Xudo bu xafagarchilikni yaxshilik uchun ishlatdi, shuning uchun bizdan hech qanday ziyon koʻrmadingiz, deb ayta olaman. 10 Axir, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik tavbaga olib keladi, tavba esa najotga yetaklaydi va hech qanday armonu afsusga sabab boʻlmaydi. Bu dunyo keltiradigan xafagarchilik esa oʻlimga olib boradi. 11 Mana qarang, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik sizlarning hayotingizda qanday samara keltirdi. Endi sizlar menga qarshi emasligingiz koʻrinib turibdi. Oʻsha aybdor boʻlgan insondan gʻazablanyapsiz, unga hamtovoq boʻlib qolishdan qoʻrqyapsiz. Meni koʻrishga intizorsiz. Aybdorni jazolashga tayyorsiz. Mana shularning hammasi sizlarning bu borada pok ekanligingizni isbotlamoqda. 12 Men bu maktubni ayb ish qilgan inson haqi yoki ayb ish tufayli ranjigan inson haqi yozmadim. Asosiy maqsad, Xudoning oldida sizlarning menga qanchalik bagʻishlangan ekanligingizni oʻzlaringizga koʻrsatish edi. 13 Shuning uchun biz ancha tasalli topdik.
Bundan tashqari, Titusning xursandchiligi bizni yanada quvontirdi, chunki sizlar uning ruhini koʻtaribsizlar. 14 Men unga sizlarni maqtagan edim, sizlar meni uyatga qoldirmabsizlar. Sizlarga aytganlarimiz toʻgʻri boʻlgani kabi, maqtanib Titusga aytganlarim ham toʻgʻri ekanligi isbotlandi. 15 Titus sizlarning itoatkorligingizni, uni hurmat–ehtirom bilan kutib olganingizni eslar ekan, uning sizlarga boʻlgan muhabbati yanada oshib bormoqda. 16 Sizlarga toʻliq ishona olganimdan juda xursandman.