12–BOB
Xudoga sodiq qolinglar!
1 Imoni bizga ibrat boʻlib xizmat qiladigan ana shu odamlarning hammasi atrofimizni oʻrab olgan. Bu katta olomon bizni kuzatib turarkan, taqdirimizdagi musobaqada sabr–toqat bilan chopaylik. Yugurishimizga xalaqit berayotgan har qanday yukni, ayniqsa, toʻsqinlik qilayotgan har qanday gunohni bir chetga uloqtirib tashlaylik. 2 Isoga koʻz tikaylik. Axir, bu imon musobaqasida U biz uchun yoʻl ochib, butun masofani bizdan oldin yugurib oʻtdi. Iso kelajakdagi shodlikka erishish uchun sharmandali oʻlimni pisand qilmay, xochda azob tortib jon berdi. Hozir esa U Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi . 3 Jasoratingiz soʻnmasligi va koʻnglingiz choʻkmasligi uchun Iso haqida fikr yuritinglar. Axir, U gunohkorlar tomonidan koʻp xoʻrlanib, hammasiga chidagan–ku!
Xudo Oʻz farzandlarini tarbiyalaydi
4 Sizlar esa qoningiz toʻkilguncha gunohga qarshi kurashmadingizlar. 5 Xudoning sizlarga Oʻz farzandlari sifatida aytgan mana bu dalda soʻzlarini unutibsizlar:
“Oʻgʻlim, Egamizning tarbiyasiga eʼtiborsiz boʻlmagin,
Undan tanbeh olganingda koʻngling choʻkmasin.
6 Zero, Egamiz yaxshi koʻrgan bandasini tarbiyalaydi,
Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi.”
7 Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni Oʻz farzandlariday koʻrib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota oʻz farzandini tarbiya qiladi–ku! 8 Agar Xudo sizlarni boshqa farzandlarini tarbiyalaganday tarbiyalamasa, demak, sizlar Xudoning farzandlari emas, haromzodasizlar. 9 Biz jismoniy otalarimizning tarbiyasini olib, ularni hurmat qilib kelyapmiz. Shunday ekan, yangi hayotga ega boʻlish uchun osmondagi Otamizga bundan–da koʻproq itoat qilishimiz kerak emasmi?! 10 Jismoniy otalarimiz qisqa vaqt davomida, bizni oʻz bilganiday tarbiyalagan edilar. Xudo esa bizning manfaatimizni koʻzlaydi. Biz U kabi muqaddas boʻlishimiz uchun Xudo bizni tarbiyalaydi. 11 Odam tarbiya olayotganda xursand boʻlmaydi, aksincha, qaygʻuradi. Ammo bunday tarbiyani olgan odam keyinchalik tinch–totuv va solih hayot kechiradi.
Xudoning yoʻlidan yuringlar!
12 Sizlarning qoʻllaringiz toliqqan, tizzalaringiz bukilgan, ammo mahkam turing. 13 Oʻzingiz uchun toʻgʻri yoʻlni tanlab yuring . Toki orangizdagi “ojiz” va “oqsoq” odamlar yiqilmasin, balki shifo topsinlar.
14 Hamma bilan tinch–totuv yashashga harakat qilinglar. Halol hayot kechirishga tirishinglar, aks holda, Egamizni koʻra olmaysizlar. 15 Ehtiyot boʻlinglar, tagʻin, oʻzingizni Xudoning inoyatidan mahrum qilib qoʻymanglar. Oralaringizda achchiq ildiz oʻsishiga yoʻl qoʻymanglar, aks holda, uning zahri muammolar tugʻdirib, koʻplaringizni harom qiladi. 16 Qaranglar, orangizda Esovga oʻxshaganlar boʻlmasin. Esov toʻngʻich oʻgʻil huquqini bir kosa ovqat uchun sotgan axloqi buzuq , betavfiq bir odam edi. 17 Oʻzingizga maʼlumki, keyin Esov vaʼda qilingan merosni olish uchun otasidan: “Meni duo qiling”, deb soʻradi, ammo otasi uni rad etdi. Esov koʻz yosh toʻkib, otasiga yolvorsa–da, voz kechgan merosini qaytarib olishga aslo imkon yoʻq edi .
Xudodan yuz oʻgirmanglar!
18 Sizlar yaqinlashgan togʻ Sinay togʻi emas. Sinay togʻi jismoniy bir togʻ boʻlib, unga qoʻl tekkizib koʻrsa boʻlardi. U yerda alanga lovullab yonardi, ustini zulmat, qora bulut qoplagan, boʻron bosgan edi. 19 Burgʻu sadosi yangrab, Xudoning ovozi eshitilgandi. Buni eshitgan odamlar: “Yolvoramiz, Xudo bizga boshqa gapirmasin”, deb oʻtingandi. 20 Chunki: “Toqqa hatto hayvon ham tegsa, toshboʻron qilinsin” degan Xudoning buyrugʻiga ular dosh bera olmagan edilar. 21 Sinay togʻidagi manzara shu qadar dahshatli ediki, Musoning oʻzi: “Qoʻrqqanimdan titrab ketyapman”, degandi .
22 Sizlar, aksincha, samodagi Sion togʻiga va barhayot Xudoning shahri — samoviy Quddusga yaqinlashgansizlar. Shod–xurramlik qilgani yigʻilgan minglab farishtalar oldiga kelgansizlar. 23 Ismlari osmonda yozilgan Xudoning merosxoʻrlariga sizlar sherik boʻldingizlar. Hammani hukm qiluvchi Xudoning huzuriga kirdingizlar. Xudo barkamol qilgan solihlarning ruhlari oldiga keldingizlar. 24 Sizlar yangi ahdning vositachisi Isoning huzuriga kirdingizlar. Isoning qoniga yaqinlashdingizlar. Uning qoni Hobilning qoniga oʻxshab qasos talab qilmaydi, aksincha, gunohlarimizni yuvish uchun toʻkilgan .
25 Ehtiyot boʻlinglar, sizlarga gapirayotgan Xudodan yuz oʻgirmanglar! Xudo yer yuzida gapirgan vaqtda, Uni rad etganlar halokatdan qutula olmagan edilar. Shunday ekan, biz osmondan gapirayotgan Xudoni rad etsak, ikki dunyoda ham jazodan qutula olmaymiz! 26 Oʻsha vaqtda Uning ovozi yerni larzaga solgan edi . Endi esa U shunday demoqda :
“Men yana bir bor yerni larzaga solaman, ammo bu safar osmonni ham titrataman.”
27 “Yana bir bor” degani shuni bildiradiki, yaratilgan butun mavjudot yoʻq boʻlib ketadi, faqat tebranmas, abadiy mavjudot qoladi.
28 Bizga tebranmas shohlik berilgan. Shunday ekan, Xudodan minnatdor boʻlib, ehtirom va qoʻrquv ila Unga manzur ravishda sajda qilaylik. 29 Axir, bizning Xudoyimiz yamlamay yutadigan olovdir .