24–BOB
Pavlusga qarshi dalillar
1 Besh kun oʻtgach, oliy ruhoniy Xanoniyo bir necha yoʻlboshchilar va Tertullus degan bir huquqshunos bilan birga Qaysariyaga keldi. Ular Pavlusga qarshi arzlarini hokimga bayon qilmoqchi boʻldilar. 2 Pavlusni chaqirib keltirganlaridan keyin, Tertullus uni ayblay boshladi: 3 “Janobi oliylari! Sizning dono rahbarligingiz ostida biz anchadan buyon tinch–xotirjam yashayapmiz, uzoqni koʻra bilishingiz sharofati bilan xalqimiz uchun islohotlar amalga oshirildi. Biz buni hamma joyda va har doim eʼtirof etamiz, sizdan chuqur minnatdormiz. 4 Men sizning vaqtingizni koʻp olmoqchi emasman, marhamatingizni darigʻ tutmay, bizning qisqa axborotimizga quloq solishingizni iltimos qilaman. 5 Biz, aslida, bu odamni vabo singari xavfli deb bilamiz. U dunyodagi hamma yahudiylar orasida isyon boshladi. U nasroniylar mazhabining rahnamosidir. 6-7 U hatto Maʼbadni bulgʻashga harakat qildi. Shuning uchun biz uni hibsga oldik . 8 Bu odamni oʻzingiz soʻroq qilsangiz, biz uni nimada ayblayotganimizni uning oʻzidan bilib olasiz.”
9 Yahudiylar bu ayblovlarga qoʻshilib, bularning hammasi haqiqat, deb aytdilar.
Pavlusning Feliks huzuridagi himoya nutqi
10 Hokim, gapir, deb Pavlusga ishora qilgandan keyin, u shunday javob berdi: “Bilaman, siz ancha yildan beri bu xalq ustidan hukmron boʻlib kelasiz. Shuning uchun oʻzimni sizning huzuringizda himoya qilayotganimdan xursandman. 11 Oʻzingiz bilib olishingiz mumkin: Xudoga sajda qilgani Quddusga borganimga oʻn ikki kundan oshgani yoʻq. 12 Men Maʼbadda biron odam bilan tortishib qolganimni yoki sinagogalarda, yo boʻlmasa shaharda olomon orasiga gʻulgʻula solganimni ular koʻrganlari yoʻq. 13 Qolaversa, hozir menga qarshi aytayotgan ayblovlarini ular isbotlab bera olmaydilar. 14 Ammo shuni tan olishim kerakki, ular Isoning yoʻlini soxta eʼtiqod deb aytishadi. Men esa Isoning yoʻli orqali ota–bobolarimizning Xudosiga sajda qilaman. Tavrotga mos kelgan va Paygʻambarlar bitiklarida yozilgan har bir soʻzga men ishonaman. 15 Men mana shu odamlar singari, Xudoga umid bogʻlaganman. Xudo solihlarni va fosiqlarni tiriltirishiga men ham ularday ishonaman. 16 Ayni shu sababdan Xudo va xalq oldida men doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman.
17 Mana, Quddusda boʻlmaganimga bir necha yil boʻldi, endi xalqimga xayr–sadaqa berish va nazr qilish uchun Quddusga borgandim. 18 Men shularni bajarayotganimda, ular meni Maʼbadda koʻrib qoldilar. Men poklanish marosimini ado etayotgan edim, yonimda olomon yoʻq edi, shovqin–suron ham koʻtarmagan edim. 19 Asiya viloyatidan boʻlgan bir necha yahudiylar oʻsha yerda edilar. Agar ularning menga qarshi biron daʼvolari boʻlsa, ular oʻzlari sizning huzuringizga kelib, oʻz ayblovlarini bildirishlari kerak. 20 Yoki bu yerdagilar aytishsin, men Oliy kengash aʼzolari oldida turganimda menda qanday jinoyat topdilar ekan? 21 Men ularning oldida turganimda, baland ovozda: «Men oʻliklar tiriladi, deb aytganim uchun bugun oldingizda hukm qilinyapman», deb aytgan edim. Bundan boshqa nima aybim bor?”
22 Isoning yoʻli toʻgʻrisida batafsil xabardor boʻlgan Feliks yigʻilishni toʻxtatib: “Mingboshi Lisiyas kelgandan keyin, sening ishing toʻgʻrisida qaror qabul qilaman”, dedi. 23 Feliks yuzboshiga: “Uni qamab qoʻy, ammo unga ozgina erkinlik ber, uning ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqchi boʻlgan doʻstlariga ijozat ber”, deb buyruq berdi.
Pavlus Feliks va Drusilla huzurida
24 Bir necha kundan keyin Feliks xotini Drusilla bilan keldi. Drusilla yahudiy edi . Feliks Pavlusni chaqirtirib keldi va Iso Masihga ishonish toʻgʻrisidagi gaplarini tingladi. 25 Pavlus solihlik, nafsni tiyish, qiyomat kunining kelishi toʻgʻrisida gapirar ekan, Feliks qoʻrqib, dedi: “Sen endi boraver. Imkon topilgan zahoti, seni chaqiraman.” 26 Feliks: “Pavlus menga pora beradi”, deb umid qilardi, shuning uchun Pavlusni tez–tez chaqirib, u bilan suhbatlashardi.
27 Oradan ikki yil oʻtgach, Feliksning oʻrniga Poʻrkiyus Festus hokim boʻldi. Feliks yahudiylarning koʻnglini olmoqchi boʻlib, Pavlusni qamoqda qoldirdi.