1–BOB
1 Yahudo yurtida Omon oʻgʻli shoh Yoʻshiyo hukmronlik qilgan davrda Zafaniyoga Egamiz Oʻz soʻzini ayon qildi. Zafaniyo shoh Hizqiyo avlodidan boʻlib, Kushining oʻgʻli, Gadaliyoning nevarasi va Emoriyoning evarasi edi.
Yahudo xalqi jazo oladigan kun yaqinlashib kelmoqda
2 Egamiz shunday demoqda:
“Men yer yuzidagi hammani
Gard qoldirmay supurib tashlayman.
3 Ha, Men odamlaru hayvonlarni,
Koʻkdagi qushlaru
Dengizdagi baliqlarni supurib tashlayman.
Oʻsha hayvonlar tasviridagi butlarni parchalayman.
Ular qatorida fosiqlarni ham yoʻq qilaman,
Yer yuzidagi butun inson zotini
Ildizidan quritib yuboraman.
— Egamizning kalomi shudir. —
4 Men Yahudo va Quddusga qarshi qoʻl koʻtaraman.
Baalga sigʻinganlarni bitta qoldirmay yoʻq qilaman,
Butparast ruhoniylarni odamlarning xotirasidan oʻchiraman.
5 Tomda quyosh, oy, yulduzlarga sigʻinganlarni halok qilaman,
Toʻgʻri, ular Men, Egangizga sajda qilib, sadoqat ontini ichadi,
Lekin Moʻlaxga ham topinib, vaʼdalar berishadi.
6 Men, Egangizdan yuz oʻgirgan,
Izimdan yurmagan bu odamlar nobud boʻladi,
Menga intilmagan, Mendan yordam soʻramaganlar oʻladi.”
7 Egamiz Rabbiy oldida sukut saqlang!
Zero, Egamizning kuni yaqinlashib qoldi.
Egamiz Oʻz xalqini qurbonlik qilishga tayyorladi.
U taklif qilgan mehmonlar yetib keldi.
8 Egamiz shunday deydi:
“Men qurbonlik keltiradigan oʻsha kuni
Yahudo aʼyonlarini, shohning oʻgʻillarini,
Butparastlik odatlariga berilganlarning hammasini jazolayman.
9 Butparastlarga oʻxshab ostona hatlaganlarning
Taʼzirini beraman.
Shoh saroyini
Zoʻravonligu firibgarlikka toʻldirganlarni jazolayman.”
10 Egamiz shunday demoqda:
“Oʻsha kuni Quddusning Baliq darvozasidan faryod koʻtariladi,
Shaharning Yangi dahasidan dod–voy eshitiladi.
Qirlardan vayronagarchilik sadolari keladi.
11 Ey bozor koʻchasida yashaydiganlar, dod soling!
Axir, hamma savdogarlaringiz halok boʻladi,
Oldi–sotdi qilganlar qirib tashlanadi.
12 Men oʻsha kuni bir chiroq olaman,
Quddusning har bir burchagini tekshirib chiqaman.
«Egamizning qoʻlidan na yaxshilik,
Na yomonlik keladi», deb oʻylaganlarning jazosini beraman.
Gunohga botib oʻtirgan
Beparvo odamlarni jazolayman.
13 Ular uylar qurishadi,
Ammo uylarida yashash ularga nasib etmaydi.
Uzumzorlar barpo qilishadi,
Ammo sharobidan ichisholmaydi.
Boyliklari talon–taroj qilinadi,
Qurgan uylari buzib tashlanadi.”
14 Oz qoldi Egamizning buyuk kuniga! Oz qoldi!
Oʻsha kun shiddat bilan yaqinlashmoqda.
Quloq soling! Bu Egamizning kunidir.
Bu kun achchiq kulfat keltiradi,
Hatto jasur jangchilar qoʻrqqanidan baqiradi.
15 Bu kun Xudoning gʻazab kunidir.
Oʻsha kuni hamma azob–uqubat chekadi,
Hamma yoq vayronayu xarobazorga aylanadi.
Zimziyo zulmat kuni boʻlar oʻsha kun,
Bulut qoplagan tim qorongʻi boʻlar oʻsha kun!
16 Mustahkam shaharlaru baland minoralar
Hujum ostida qoladi,
Burgʻu ovoziyu jangga daʼvat tovushlarini
Oʻsha kun oʻzida mujassam etadi.
17 Egamiz shunday deydi:
“Odamlar Menga qarshi gunoh qildilar,
Shu sababdan Men ularning boshiga kulfat solaman,
Ular koʻr odamday qoqilib yuradilar.
Ularning qoni toʻkilib, yerni qoplaydi,
Jasadlari tilka–pora boʻlib, yerda goʻngday yotadi.”
18 Egamizning gʻazab kunida
Kumush ham, oltin ham ularga najot bermaydi.
Egamizning rashk oʻti
Butun dunyoni kuydirib tashlaydi.
Ha, yer yuzida yashagan hammani
Egamiz dahshatli tarzda yoʻq qiladi.