25–BOB
1 Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining oʻninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi butun lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida qamal inshootlarini yasatdi.
2 Shoh Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi. 3 Toʻrtinchi oyning toʻqqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir burda nonga zor boʻldi. 4 Bobilliklar Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan boʻlsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bogʻi yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochgan edilar. 5 Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Butun lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.
6 Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Rivlo shahriga Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni hukm qildi. 7 Zidqiyoning koʻzi oldida oʻgʻillarini qatl qilib, oʻzining koʻzlarini oʻyib oldilar. Keyin uni kishanlab, Bobilga olib ketdilar.
Maʼbad vayron boʻladi
8 Beshinchi oyning yettinchi kunida, Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining oʻn toʻqqizinchi yilida Bobil shohining amaldori — qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi. 9 U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, har bir hashamatli imoratga, Quddusdagi hamma uylarga oʻt qoʻydi. 10 Qoʻriqchilar sardori boshchiligida butun Bobil lashkari Quddus devorlarini yiqitdi. 11 Nabizaradon qolgan hamma xalqni — shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga oʻtgan qochoqlarni asir qilib olib ketdi. 12 Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlsinlar deya, hech vaqosi yoʻq, qashshoq odamlardan baʼzilarinigina qoldirdi, xolos.
13 Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchalab, bronzaning hammasini Bobilga olib ketdilar. 14 Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan idishlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar. 15 Nabizaradon toza oltin va kumush olovkuraklarni, togʻorachalarni, hamma oltin va kumush buyumlarni olib ketdi.
16 Egamizning uyi uchun Sulaymon qildirgan ikki ustun, hovuz va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi. 17 Har bir ustunning balandligi 18 tirsak boʻlib, tepasida bronzadan yasalgan ustunqosh bor edi. Ikkala ustunqoshning balandligi 5 tirsakdan , atroflari bronzadan yasalgan toʻrsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
Yahudo xalqi Bobilga koʻchiriladi
18 Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi. 19 Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning beshta shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi. 20 Ularning hammasini Rivlo shahriga — Bobil shohi huzuriga olib keldi. 21 Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi oʻz yurtidan surgun boʻldi.
Yahudo hokimi Gadaliyo
22 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoda qolgan xalq ustidan Gadaliyoni hokim qilib tayinladi. Shofonning nabirasi Gadaliyo Oxixamning oʻgʻli edi. 23 Bobil shohi Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini lashkarboshilar va sipohlar eshitishgach, Mispaxga , Gadaliyoning huzuriga keldilar. Kelganlar Nataniyo oʻgʻli Ismoil, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon, Natufolik Tanxumat oʻgʻli Sarayo, Maxolik Yazaniyo va ularning odamlari edi.
24 Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga ont ichib, shunday dedi: “Bobilliklarga tobe boʻlishdan qoʻrqmanglar. Bu yurtda oʻrnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar. Shunda sizlarga yaxshi boʻladi.”
25 Oʻsha yilning yettinchi oyida shoh urugʻidan boʻlgan Ismoil oʻnta odami bilan birga Mispaxga borib, Gadaliyoni oʻldirdi. Ismoil Elishamaning nabirasi, Nataniyoning oʻgʻli edi. U Mispaxda Gadaliyo bilan birga boʻlgan Yahudo odamlarini va Bobilliklarni ham qilichdan oʻtkazdi. 26 Shundan keyin jamiki xalq — boyu kambagʻal Bobilliklardan qoʻrqib, lashkarboshilar bilan birga, Misrga qochib ketdi.
Yohayixin ozodlikka chiqadi
27 Yahudo shohi Yohayixin Bobilga surgun qilinganiga oʻttiz yetti yil boʻlganda, Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi . Evilmardux oʻsha yilning oʻn ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi. 28 Unga yaxshi munosabatda boʻldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan koʻra, balandroq martaba berdi. 29 Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr boʻyi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi. 30 Umrining oxirigacha shoh tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.