7–BOB
Chigirtkalar haqidagi vahiy
1 Egamiz Rabbiy menga shunday vahiy koʻrsatdi: dehqonlar shoh saroyi uchun bugʻdoy oʻrib olganlaridan keyin, ikkinchi ekinlar unib chiqa boshlabdi . Shu paytda Egamiz gala–gala chigirtkalarni paydo qildi. 2 Chigirtkalar yer yuzida koʻkarib turgan hamma narsani yeb bitirishibdi. Shunda men yolvordim:
“Ey Egam Rabbiy, iltijo qilaman, gunohimizdan oʻtgin!
Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmikin?!
Oʻzi kichkina bir xalq boʻlsa!”
3 Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi:
“Bunday qilmayman”, deb menga aytdi.
Olov haqidagi vahiy
4 Egamiz menga yana bir vahiy koʻrsatdi: Egamiz Rabbiy xalqini olov bilan jazolamoqchi boʻlibdi. Olov buyuk dengizni yamlabdi, keyin yurtni yondira boshlabdi. 5 Shunda men yolvordim:
“Ey Egam Rabbiy, oʻtinaman, bas qilgin!

6 Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi.
Egamiz Rabbiy: “Xoʻp, bunday ham qilmayman”, deb menga aytdi.
Shoqul haqidagi vahiy
7 Men yana bir vahiy koʻrdim: shoqul yordamida qurilgan devorning oldida Rabbiy turgan ekan. U devorning toʻgʻri yoki qiyshiqligini shoqul bilan tekshirayotgan edi. 8 Egamiz mendan:
— Nimani koʻryapsan, Amos? — deb soʻradi.
— Shoqulni, — deb javob berdim men. Soʻng Rabbiy shunday dedi:
“Qara, Men shoqul yordamida
Xalqim Isroilni tekshiraman.
Endi ularga shafqat qilmayman.
9 Isʼhoq naslining sajdagohlari vayron boʻladi,
Ha, Isroilning qadamjolari yoʻq qilinadi,
Men shoh Yorubom xonadoniga qilich bilan hujum qilaman .”
Amos va ruhoniy Emoziyo
10 Baytildagi ruhoniy Emoziyo Isroil shohi Yorubomga xabar yuborib, shunday dedi:
— Amos Isroil xalqi orasida sizga qarshi fitna uyushtirmoqda. Uning bu soʻzlarini xalqimiz koʻtara olmaydi. 11 Amos shunday deb aytib yuribdi: “Yorubom qilichdan halok boʻladi, Isroil xalqi oʻz yurtidan albatta surgun qilinadi.”
12 Emoziyo Amosning oʻziga esa shunday dedi:
— Ey valiy, bu yerdan chiqib ket! Yahudo yurtiga bor. Noningni oʻsha yerdan topib yegin. Bashoratlaringni ham oʻsha yerda ayt. 13 Ammo Baytilda qayta bashorat qila koʻrma, chunki bu shohning qutluq joyidir, shohligimizning sajdagohidir.
14 Amos esa Emoziyoga shunday javob berdi:
— Mening mashgʻulotim paygʻambarlik emas, paygʻambarlarga shogird ham tushmaganman. Men bir chorvador edim, shikamora–anjir daraxtlarini ham parvarish qilardim. 15 Bir kuni suruvni haydab ketayotganimda Egamiz meni chaqirib: “Bor, xalqim Isroilga bashorat qil”, deb aytdi. 16 Ey Emoziyo, endi Egamizning soʻzlarini eshit! Sen menga: “Isroil haqida bashorat qilma, Isʼhoq xonadoniga qarshi gap gapirma”, deb aytyapsan. 17 Shu sababdan Egamiz shunday demoqda:
“Sening xotining shaharda fohishalik qiladi,
Oʻgʻil–qizlaring qilichdan halok boʻladi.
Yering boshqalarga boʻlib beriladi.
Oʻzing esa harom bir yurtda oʻlasan.
Isroil xalqi oʻz yurtidan albatta surgun qilinadi.”