5–BOB
Iso sholni sogʻaytiradi
1 Bu hodisalardan keyin Iso yahudiylarning bayramini nishonlash uchun Quddusga bordi. 2 Quddusning Qoʻy darvozasi yonida bir hovuz bor edi. Bu hovuzning oramiycha nomi Baytzada boʻlib, beshta ayvoni bor edi. 3-4 Bu ayvonlarda koʻr, choʻloq va shol boʻlgan koʻp nogironlar yotar edi . 5 Bu yerda oʻttiz sakkiz yildan beri nogiron boʻlib yotgan bir kishi bor edi. 6 Iso uning yotganini koʻrdi, u uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini Iso bilardi. Shuning uchun undan:
— Sogʻayishni istaysanmi? — deb soʻradi. 7 Nogiron odam Isoga shunday javob berdi:
— Taqsir, suv qimirlaganda meni hovuzga tushiradigan odam yoʻq. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.
8 Iso unga shunday dedi:
— Oʻrningdan tur! Toʻshagingni olib, yur!
9 Oʻsha odam shu zahoti sogʻayib ketdi. Toʻshagini olib, yura boshladi.
Bu hodisa Shabbat kuni sodir boʻldi. 10 Shuning uchun yahudiylar sogʻayib ketgan odamga deyishdi:
— Bugun Shabbat kuni! Shu kuni toʻshakni koʻtarib yurish qonunda man etilgan!
11 U odam esa shunday javob berdi:
— Meni sogʻaytirgan Kishi menga: “Toʻshagingni olib, yur”, deb aytdi.
12 — “Toʻshagingni olib, yur”, deb aytgan Odam kim? — deb soʻradilar. 13 Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq koʻpligidan Iso Oʻzini chetga olgan edi.
14 Keyinroq Iso u odamni Maʼbadda uchratib qolib, unga dedi:
— Mana, sen sogʻayding. Endi gunoh qilma, tagʻin boshingga bundan battar kunlar kelmasin.
15 Bu odam borib, uni sogʻaytirgan Iso ekanligini yahudiylarga aytdi. 16 Ular esa, Isoni Shabbat kunida bunday ishlar qilib yurgani uchun quvgʻin qila boshladilar . 17 Ammo Iso ularga shunday dedi:
— Mening Otam shu kungacha Oʻz ishini qilib kelyapti, Men ham Oʻz ishimni qilyapman.
18 Ana shu soʻzi uchun yahudiylar Isoni oʻldirishga yanada koʻproq harakat qilishdi. Chunki U nafaqat Shabbat qoidalarini buzdi, balki Xudoni Otam deb, Oʻzini Xudoga tenglashtirgan edi.
Oʻgʻilning hokimiyati
19 Iso yahudiylarga shunday dedi: “Sizlarga chinini aytay: Oʻgʻil Oʻzidan–Oʻzi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan koʻrgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, Oʻgʻil ham xuddi shularni qiladi. 20 Axir, Ota Oʻgʻlini yaxshi koʻradi, Oʻzi qilgan hamma ishlarni Oʻgʻliga koʻrsatadi. U Oʻgʻliga bundan ham buyukroq ishlarni koʻrsatadi, shunda hammangiz hayron qolasizlar. 21 Ota oʻliklarni tiriltirib, ularga hayot baxshida etganday, Oʻgʻil ham istagan odamiga hayot baxsh etadi. 22 Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini Oʻgʻliga bergan, 23 toki hamma osmondagi Otani hurmat qilganday, Oʻgʻlini ham hurmat qilsinlar. Kim Oʻgʻilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan Otani ham hurmat qilmagan boʻladi.
24 Sizlarga chinini aytay: Mening soʻzlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan kishi abadiy hayotga egadir. U hukm qilinmaydi. Zotan, u oʻlimdan hayotga oʻtgan. 25 Sizlarga chinini aytay: oʻliklar Xudo Oʻgʻlining ovozini eshitadigan vaqt keladi, kelib qoldi ham. Oʻgʻilning ovoziga quloq solganlar tiriladi. 26 Zero, Otaning Oʻzi hayot manbai boʻlgani kabi, Oʻgʻliga ham hayot manbai boʻlish qudratini ato qildi. 27 Bundan tashqari, samoviy Ota insonlarni hukm qilish hokimiyatini Oʻgʻliga berdi, chunki U Inson Oʻgʻlidir. 28 Bunga hayron qolmanglar! Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Inson Oʻgʻlining ovozini eshitadigan vaqt keladi. 29 Shunda oʻliklar qabrlaridan chiqadilar: yaxshilik qilganlar yashash uchun tiriladi, yomonlik qilganlar esa mahkum boʻlish uchun tiriladi.
Iso haqida Xudoning bergan guvohligi
30 Men Oʻzimdan Oʻzim hech narsa qilolmayman. Osmondagi Otam Menga qanday aytsa, shunday hukm qilaman, shuning uchun hukmim toʻgʻridir. Zotan, Men Oʻz irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman. 31 Agar Men Oʻzim haqimda Oʻzim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy boʻlmaydi. 32 Ammo Men haqimda guvohlik beruvchi boshqasi bor. Uning bergan guvohligi haqiqat ekanligini bilaman.
33 Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat toʻgʻrisida guvohlik berdi. 34 Garchi Men insonning guvohligiga muhtoj boʻlmasam–da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman. 35 Yahyo goʻyo yonib turib, nur sochgan bir chiroqday edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi boʻldingizlar. 36 Biroq Men Yahyodan koʻra, kattaroq guvohlikka egaman. Guvohlik deb, Men tugatishim uchun osmondagi Otam bergan ishlarni nazarda tutyapman. Bularning hammasi Meni Otam yuborganidan dalolat beradi.
37 Meni yuborgan Otamning Oʻzi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini eshitmagansiz, qiyofasini ham koʻrmagansiz. 38 Uning kalomi ham koʻnglingizdan joy olmadi, chunki sizlar U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar. 39 Sizlar Muqaddas bitiklarni tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga ega boʻlamiz, deb oʻylaysizlar. Ammo oʻsha Yozuvlar Men toʻgʻrimda guvohlik beradi–ku! 40 Sizlar esa hayotga ega boʻlish uchun oldimga kelishni istamaysizlar.
41 Men insonlardan tahsin kutmayman. 42 Lekin sizlarni bilaman, qalbingizda Xudoning sevgisi yoʻq. 43 Men Otamning nomidan keldim, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. Agar kimdir oʻz nomidan kelsa, uni qabul qilaverasizlar. 44 Sizlar bir–biringizdan tahsinlar olishni yaxshi koʻrasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor boʻlishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham Menga ishona olardingiz?! 45 Men sizlarni Ota oldida ayblayman, deb oʻylamanglar. Sizlar Musoga umid bogʻlagansizlar. Musoning oʻzi sizlarni ayblaydi. 46 Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishongan boʻlar edingizlar. Axir, u Men haqimda yozgan edi. 47 Musoning yozuvlariga ishonmagan boʻlsangiz, Mening soʻzlarimga qanday ishonasizlar?!”