1–BOB
1 Patuval oʻgʻli Yoʻelga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi:
Xalq nobud boʻlgan donga kuyinadi
2 Ey oqsoqollar, buni eshiting!
Yahudo odamlari, siz quloq tuting!
Yuz berganmi hech bunday falokat
Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?!
3 Bu haqda farzandlaringizga ayting siz,
Bolalariga soʻzlab bersin farzandlaringiz,
Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.
4 Qirgʻin keltiruvchi chigirtkadan qolganini
Yeb bitirdi kemiruvchi chigirtka galasi.
Kemiruvchi chigirtka galasidan qolganini
Yeb bitirdi sakraydigan chigirtka galasi.
Sakraydigan chigirtkadan qolganini
Yeb bitirdi qirtishlovchi chigirtka galasi.
5 Uygʻoninglar, ey mayxoʻrlar, yigʻlanglar!
Ey sharobxoʻrlar, faryod qilinglar!
Sharob ogʻzingizdan tortib olindi, axir.
6 Bostirib keldi yurtimizga lashkarlar ,
Son–sanoqsiz kuchli bahodirlar.
Arslon tishiga oʻxshar tishlari,
Goʻyo urgʻochi arslonniki qoziq tishlari.
7 Uzumzorlarimizni ular payhon qilishdi,
Anjir daraxtlarimizni sindirishdi,
Shoxlariyu novdalar poʻstlogʻini shilib,
Hammasini ship–shiydam qilishdi.
8 Qanorga oʻraning, ey odamlar, faryod qiling,
Kuyovidan judo boʻlgan kelinchak kabi.
9 Egamiz uyidan uzilgan sharob, don nazri,
Aza tutayotir Egamizning xizmatkor ruhoniylari.
10 Xarob boʻldi ekinzorlar,
Motam tutayotir dalalar.
Bugʻdoy boshoqlari qovjirab qoldi,
Uzum sharbati ham oqmay toʻxtadi,
Zaytun moyi ham tamom quridi.
11 Qaygʻurmaysizlarmi, ey dehqonlar?!
Faryod solmaysizlarmi, ey bogʻbonlar?!
Nobud boʻlib ketdi–ku arpa, bugʻdoyingiz,
Xarob boʻlib ketdi–ku jamiki hosilingiz.
12 Uzum toki soʻlidi, anjir daraxti quridi.
Xazon boʻldi anor, xurmo, olma — hamma daraxtlar.
Inson sevinchi tamom qurib bitdi!
13 Qanorga oʻranib motam tuting, ey ruhoniylar!
Faryod qiling qurbongohda xizmat qiladiganlar!
Tunni ham qanorda oʻtkazing sizlar,
Ey Xudoyimning xizmatida yurganlar!
Xudoyingiz uyida nazr qilgani
Don va sharob qolmadi, axir.
14 Roʻza kunlarini belgilanglar,
Oʻsha kunlarga yigʻin eʼlon qilinglar.
Yigʻib kelinglar oqsoqollarni,
Yurtning jamiki aholisini.
Egangiz Xudoning uyiga yigʻinglar,
Egamizga iltijo qilib yolvoringlar!
15 Shoʻrimiz qursin, evoh!
Egamizning kuniga oz qoldi,
Qodir Xudo kulfat keltiradi!
16 Rizq–roʻzimiz koʻz oʻngimizda qirqildi–ku!
Xudoyimiz uyida shod–xurramlik tugadi–ku!
17 Kesaklar tagida urugʻlar nobud boʻldi,
Donli ekinlar unmasdan qoldi.
Omborxonalar boʻm–boʻsh yotibdi,
Don omborlari xarob boʻlibdi.
18 Ingramoqda hayvonlar naqadar!
Axir, qurigan–ku oʻtloqlar.
Daydib yurar mol podalari,
Gangigan hatto qoʻy suruvlari.
19 Ey Egam, Senga men faryod qilarman!
Axir, olov yamladi dashtdagi yaylovlarni,
Yongʻin yoʻq qildi daladagi daraxtlarni.
20 Hatto yovvoyi hayvonlar ham Senga nola qilmoqda!
Axir, irmoqlar ham qurib ketdi,
Dashtdagi yaylovlarni olov yamladi.