24–BOB
Ayub: “Nima uchun fosiqlar jazolanmaydi?” deb soʻraydi
1 Nima uchun Qodir Xudo hukm vaqtini belgilamaydi?
Nima uchun Xudoni bilganlar bekorga Uni kutadilar?
2 Fosiqlar chegaralarni buzadilar ,
Oʻgʻirlangan podalarni yaylovlarda boqadilar.
3 Yetimlarning eshaklarini haydab ketadilar.
Bevaning hoʻkizini kafillik sifatida olib qoʻyadilar.
4 Kambagʻallarni yoʻldan chetga chiqarib tashlaydilar.
Qashshoqlarni yashirinishga majbur qiladilar.
5 Qashshoqlar yovvoyi eshaklarday choʻlda ovqat izlashadi,
Ularning farzandlari uchun dashtdan boshqa yerda yegulik yoʻq.
6 Begonalarning dalalarida somon yigʻishadi,
Fosiqlarning uzumzorlarida qolgan–qutganini terishadi.
7 Tunni kiyim–kechaksiz, yalangʻoch oʻtkazadi,
Sovuqda ularning yopinadigan narsasi yoʻq.
8 Togʻ yomgʻirlari ularni shalabbo qiladi,
Boshpanalari yoʻqligidan ular
Qoyaning oldida qaltiraydilar.
9 Fosiqlar bevaning farzandini
Onasining quchogʻidan yulib oladi,
Kambagʻalning chaqalogʻini garovga oladi.
10 Kiyimlari yoʻqligidan kambagʻallar yalangʻoch yurishadi.
Bugʻdoy bogʻlamlarini koʻtarib yursalar–da, qorinlari och qoladi.
11 Qator–qator zaytun daraxtlari orasida
Zaytunni ezib moy chiqaradilar.
Uzum siqib sharob qiladilar,
Ammo chanqoqlari bosilmaydi.
12 Shaharda jon berayotganlarning nolalari eshitiladi,
Jarohatlanganlar madad soʻrab faryod qiladi.
Shunda ham Xudo hech kimni bu nohaqlik uchun javobgar qilmaydi.
13 Nurga qarshi bosh koʻtarganlar bor.
Ular nur yoʻlidan yurmaydilar,
Nur yoʻli olib boradigan joyga bormaydilar.
14 Qotil erta tongda turadi,
Kambagʻalu bechorani oʻldiradi,
Kechasi esa oʻgʻrilik qiladi.
15 Zinokor kech boʻlishini kutadi,
«Oʻshanda meni hech kim koʻrmaydi», deb oʻylaydi.
Niqob bilan yuzini berkitadi.
16 Oʻgʻrilar kechasi uylarni talab,
Kunduz kuni yashirinadi.
Ular nur nimaligini bilmaydi.
17 Barcha oʻgʻrilarning tongi zulmatdir.
Ha, zulmat dahshatlari ularning doʻstidir.
18 Ammo oʻsha fosiqlar daryo suvlari ustidagi koʻpikday oʻtkinchidir.
Ularning yerlari laʼnatlangan,
Ularning uzumzorlariga hech kim qadam bosmaydi.
19 Issiq havo va qurgʻoqchilik qorni eritib yoʻq qilganday,
Oʻliklar diyori ham gunohkorni oʻz ogʻushiga oladi.
20 Qurtlar esa uni maza qilib kemiradi.
Gunohkorni hatto oʻz onasi unutadi,
Hech kim uni esga olmaydi.
Fosiqlar daraxtlarday sindirib tashlanadi.
21 Fosiqlar farzandsiz ayolga zulm oʻtkazadi,
Bevalarga mehr–shafqat koʻrsatmaydi.
22 Ammo Xudo Oʻz qudrati bilan kuchlilarni halok qiladi.
Ular baland koʻtarilishi mumkin,
Ammo ularning hayoti uchun kafolat yoʻq.
23 Ular osoyishta yashashlariga Xudo yoʻl qoʻyadi,
Ammo Oʻzi ularning yoʻllarini doim kuzatib turadi.
24 Hozircha ular buyuk boʻlsa ham, keyinroq yoʻq boʻladi.
Ular yerga uriladi, xuddi boshqalarday oʻlib ketadi.
Don boshoqlariday qurib qoladi.
25 Qani, kim gaplarimni yolgʻon, deb ayta oladi?
Kim mening gaplarimni puchga chiqara biladi?”