5–BOB
Rabbimiz Iso Masihning kelishiga tayyor boʻling
1 Birodarlar, bular qachon, qaysi payt sodir boʻlishi haqida sizlarga yozishimizning hojati yoʻq. 2 Axir, Rabbimiz Iso, kechasi oʻgʻri tushganday, nogahon kelishini oʻzingiz bilasiz–ku! 3 Homilador ayolning toʻlgʻoq ogʻriqlari kutilmaganda kelganday, odamlar: “Hamma yoq tinch, osoyishta”, deb yurganlarida, birdaniga boshlariga halokat tushadi. Ular qochib qutula olmaydilar. 4 Biroq, birodarlar, sizlar zulmatda yurmaysizlarki, bu kun oʻgʻriga oʻxshab, kutilmaganda kelib, sizlarni hayratda qoldirsa! 5 Sizlar yorugʻlikda yashaysiz, hammangiz kunduz kunga tegishlisiz. Axir, biz zulmatga, tunga tegishli emasmiz. 6 Shuning uchun boshqalarga oʻxshab uxlab qolmaylik. Biz uygʻoq, hushyor boʻlishimiz kerak. 7 Chunki uxlaydiganlar kechasi uxlaydi, ichkilikka berilganlar ham kechasi ichadi. 8 Biz esa kunduz kunga tegishli ekanmiz, kelinglar, imon va sevgi sovutini, boshimizga najot umidi dubulgʻasini kiyib, hushyor turaylik. 9 Chunki Xudo bizni gʻazabga uchrasin deb emas, balki Rabbimiz Iso Masih orqali najot topishimiz uchun tayinladi. 10 Biz tirik boʻlsak ham, hayotdan koʻz yumsak ham, U bilan birga yashashimiz uchun Rabbimiz Iso biz uchun oʻldi. 11 Shuning uchun ham hozir qilayotganingizdek, bundan keyin ham bir–biringizga dalda berib, kuch va gʻayrat bagʻishlang.
Soʻnggi yoʻl–yoʻriqlar
12 Birodarlar, sizlardan oʻtinamiz: orangizda ishlab, Rabbimiz Isoning yoʻlida sizlarga yetakchilik qilayotgan, yoʻl–yoʻriq koʻrsatayotganlarni hurmat qiling. 13 Qilayotgan ishlari uchun ularni sevib, eʼzozlang. Bir–biringiz bilan tinch–totuv yashang. 14 Ey birodarlar, sizlardan oʻtinib soʻraymiz: ishyoqmaslarni ogohlantiring, jurʼatsizlarga dalda bering, zaiflarga yordam koʻrsating, hammaga sabr–toqatli boʻling. 15 Hech biringiz yomonlikka yomonlik qaytarmang, balki har doim bir–biringizga va hammaga yaxshilik qilishga intiling.
16 Hamisha xursand boʻlib yuringlar. 17 Tinmay ibodat qilinglar. 18 Har qanday sharoitda ham Xudoga shukur qilinglar, chunki sizlar, yaʼni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir.
19 Muqaddas Ruhning oʻtini soʻndirmanglar. 20 Bashoratlarni kamsitmanglar. 21 Hammasini tekshirib koʻringlar. Yaxshilikni mahkam tutib, 22 har qanday yomonlikdan qochinglar.
23 Tinchlik manbai boʻlgan Xudoning Oʻzi sizlarni butunlay poklasin. Rabbimiz Iso Masih kelguncha, butun ruhingiz, joningiz va tanangiz benuqson saqlansin. 24 Sizlarni daʼvat qilgan Xudo sadoqatlidir, U har doim Oʻz aytganini bajaradi. 25 Birodarlar, biz uchun ibodat qiling. 26 Hamma birodarlar bilan oʻpishib koʻrishinglar. 27 Rabbimiz nomi bilan sizlarga buyuraman, mana shu xatni barcha birodarlarga oʻqib beringlar. 28 Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor boʻlsin .