6–BOB
Shoh Kurushning farmoni qidiriladi
1 Shundan soʻng shoh Doro , Bobilda saqlanadigan hujjatlar sinchiklab qarab chiqilsin, deb farmon berdi. 2 Nihoyat, Midiya viloyatining markazi Ekbatana shahridagi arxivdan bir oʻrama qogʻoz topildi. Unda quyidagilar yozilgan edi:

3 “Shoh Kurush oʻz hukmronligining birinchi yilida Xudoning Quddusdagi uyiga oid shunday farmon chiqardi: Xudoning uyi oldingi oʻrnida qayta qurilsin, toki odamlar u yerda qurbonliklar keltira oladigan boʻlishsin. Bu uyning balandligi oltmish tirsak , kengligi ham oltmish tirsak boʻlsin. 4 Devorlari yoʻnilgan tosh va yogʻochdan qurilsin, har uch qator toshning ustiga bir qator yogʻoch yotqizilsin. Xarajatlar shoh xazinasidan toʻlansin. 5 Bundan tashqari, Navuxadnazar Quddusdagi Maʼbaddan Bobilga olib kelgan Xudoning uyiga tegishli buyumlar ham Quddusga qaytarib olib borilsin. Hammasi Xudoning uyiga oldingiday joylashtirilsin.”
Shoh Doro Maʼbaddagi ishlarni davom ettirishni buyuradi
6 Shoh Doro shunday maktub joʻnatdi: “Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarboʻzanay va ularning sheriklari — viloyat amaldorlari! Sizlar nari turinglar! 7 Xudoning uyidagi ishlarga aralashmanglar. Yahudo hokimi va yahudiy oqsoqollari Xudoning uyini oldingi oʻrnida qaytadan quraverishsin. 8 Bundan tashqari, sizlar yahudiy oqsoqollariga Xudoning uyini qayta qurishda quyidagicha yordam berishingizni amr qilaman: ish uchun kerak boʻlgan hamma mablagʻni ularga kechiktirmay yetkazib turinglar. Mablagʻni Furot daryosining gʻarbidagi viloyatdan yigʻilgan oʻlpondan — shoh xazinasidan toʻlanglar. 9 Quddusdagi ruhoniylar Samoviy Xudoga har kuni kuydiriladigan nazrlarni keltira olishlari uchun ularni kerakli narsalar bilan taʼminlanglar. Ularga soʻraganini — buqa, qoʻchqor, qoʻzilarni, shuningdek, bugʻdoy, tuz, sharob va zaytun moyini beringlar. 10 Shunda ular Samoviy Xudoga maʼqul keladigan qurbonliklarni nazr qila oladigan boʻlishadi hamda meni va farzandlarimni duo qilib yurishadi. 11 Yana buyuraman: kim bu farmonimni oʻzgartirsa, oʻsha odamning uyidan xoda sugʻurib olinsin. Aybdor odam tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqilsin. Qilgan jinoyati uchun uyi buzib tashlanib, goʻngtepaga aylantirilsin. 12 Bu farmonimni oʻzgartirishga uringan yoki Xudoning Quddusdagi uyini yoʻqotishga harakat qilgan har qanday shoh yoki xalqni Xudoning Oʻzi yoʻq qilsin. Zotan, Xudo ulugʻlanishi uchun Oʻziga Quddus shahrini tanlagan. Bu farmonni men, Doro, joriy qildim. Farmonim soʻzsiz bajarilsin.”
Maʼbad qurib bitkaziladi va Xudoga bagʻishlanadi
13 Shoh Doro yuborgan buyruqqa muvofiq, Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarboʻzanay va ularning sheriklari shohning farmonini soʻzsiz bajarishdi. 14 Shunday qilib, yahudiy oqsoqollari Xudoning uyini quraverdilar, ish bir maromda ilgarilab borardi. Xaggey va Iddo oʻgʻli Zakariyo paygʻambarlar esa bashoratlari bilan ularni ruhlantirib turdilar. Yahudiy oqsoqollari Isroil xalqining Xudosi amriga hamda Fors shohlari Kurush, Doro va Artaxshasning farmonlariga koʻra, qurilishni tamomladilar. 15 Adar oyining uchinchi kuni, shoh Doro hukmronligining oltinchi yilida Xudoning uyi qurilishi tugatildi.
16 Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar va surgundan qaytgan boshqa odamlar shod–xurramlik bilan uyni Xudoga bagʻishladilar. 17 Ular Xudo uyining bagʻishlanishiga atab, 100 ta buqa, 200 ta qoʻchqor, 400 ta qoʻzini qurbonlik qildilar. Isroil qabilalarining soniga koʻra, butun Isroil xalqi uchun 12 ta takani gunoh qurbonligi qildilar. 18 Soʻng ruhoniy va levilarni guruhlarga boʻldilar, ularga Xudoning Quddusdagi uyida bajariladigan vazifalarni taqsimlab berdilar. Bularning hammasini Musoning kitobida yozilgan koʻrsatmalar boʻyicha qildilar.
Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami
19 Surgundan qaytganlar keyingi yilning birinchi oyi oʻn toʻrtinchi kunida Fisih ziyofatini oʻtkazdilar. 20 Ruhoniylar va levilar oʻzlarini pokladilar. Hammalari pok boʻlganlaridan keyin, levilar surgundan qaytgan xalq uchun, ruhoniylar uchun va oʻzlari uchun Fisih qoʻzisini soʻydilar. 21 Surgundan qaytgan Isroil xalqi Fisih taomidan tanovul qildi. Yurtdagi boshqa odamlar ham yahudiylarga qoʻshilib, Fisih taomidan tanovul qildilar. Ular Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga sajda qilish uchun qoʻshni xalqlarning butparastlik udumlaridan voz kechgan edilar. 22 Hammasi shod–xurramlik bilan yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini birgalikda nishonladilar. Ular xursand edilar, chunki Egamiz ularni Ossuriya shohining iltifotiga sazovor qilgan edi. Ossuriya shohi ularga Isroil xalqi Xudosining uyini qayta qurishda yordam bergandi.