2–BOB
1 Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi. 2-3 Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo yettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi.
4 Osmon bilan yerning yaratilishi ana shulardan iboratdir.
Adan bogʻi
Parvardigor Egamiz osmon bilan yerni yaratgan paytda 5 yer yuzida na biron oʻt, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomgʻir yogʻdirmagan, yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi. 6 Lekin yer ostidan suv chiqib , butun yer yuzini sugʻorardi. 7 Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprogʻidan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon boʻldi. 8 Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bogʻ barpo qilib, Oʻzi yaratgan odamni oʻsha boqqa qoʻydi. 9 Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni oʻstirdi. Bogʻning oʻrtasida esa hayot daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini oʻstirdi.
10 Adandan bir daryo oqib kelib, bogʻni sugʻoradi va oʻsha yerda toʻrt irmoqqa boʻlinadi. 11 Birinchi irmoqning nomi Pishon boʻlib, butun Xavila yeri boʻylab oqadi. Bu joyda oltin bor. 12 Oʻsha yerning oltini juda ham tozadir. U yerda marvarid va aqiq toshlar ham bor. 13 Ikkinchi irmoqning nomi Gixoʻn boʻlib, butun Kush yeri boʻylab oqadi. 14 Uchinchi irmoqning nomi Dajla boʻlib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib oʻtadi. Toʻrtinchi irmoqning nomi Furotdir.
15 Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin deb, uni Adan bogʻiga joylashtirdi. 16 Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen bogʻdagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver. 17 Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, oʻlasan.”
18 Soʻngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolgʻiz boʻlishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi. 19 Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam koʻrib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi. 20 Odam hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga munosib sherik yoʻq edi. 21 Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qoʻydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurgʻasidan bittasini olib, oʻrnini berkitib qoʻydi. 22 Parvardigor Egamiz odamning qovurgʻasidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi. 23 Shunda odam aytdi:
“Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo boʻlgan suyakdir,
Mening etimdan yaralgan etdir.
U Xotin deb atalgay,
Chunki u erkakdan yaratilgandir.”
24 Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar.
25 Odam bilan xotini qip–yalangʻoch yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar.