19–BOB
Adolat va solihlik haqida qonunlar
1 Egamiz Muso orqali 2 butun Isroil jamoasiga shunday dedi: “Muqaddas boʻlinglar, chunki Men, Egangiz Xudo, muqaddasman. 3 Har biringiz ota–onangizni hurmat qiling. Shabbat kunlarimga rioya qiling. Zotan, Men Egangiz Xudoman. 4 Butlarga sajda qilmang, oʻzlaringiz uchun butlar yasamang. Men Egangiz Xudoman.
5 Tinchlik qurbonligini Menga keltirganingizda qoidalarga rioya qiling, toki qurbonligingiz qabul boʻlsin. 6 Qurbonlikning goʻshtini qurbonlik qilingan kuni yoki ertasi kuni tanovul qiling. Uchinchi kuni ortib qolgan goʻshtni kuydiring. 7 Bordi–yu, qurbonlikning goʻshti uchinchi kuni yeyilsa, qurbonligingiz bulgʻangan hisoblanib, qabul boʻlmaydi. 8 Undan yegan har bir odam Mening muqaddas deb bilgan narsamni bulgʻagani uchun jazoga tortilsin. Bunday odam xalq orasidan yoʻq qilinsin.
9 Dalangiz hosilini oʻrganingizda dalaning eng chetidagi bugʻdoyni oʻrmang, yerga tushib qolgan bugʻdoy boshoqlarini ham termang. 10 Uzumzoringiz hosilini yiqqaningizdan keyin, toklarda qolib ketgan va yerga tushib qolgan uzum boshlarini yigʻib olmang. Ularni kambagʻal va musofirlarga qoldiring. Men Egangiz Xudoman.
11 Oʻgʻrilik qilmang, aldamang, birovga yolgʻon gapirmang. 12 Mening nomim bilan yolgʻondakam ont ichmang. Shu orqali Men, Xudoyingizni badnom qilmang. Men Egangizman.
13 Qoʻshningizni tovlamang, uni talamang. Mardikorning haqini ertalabgacha qoldirmang. 14 Kar odamni qargʻamang. Koʻr odamning yoʻliga toʻsiq qoʻymang. Men, Xudoyingizdan qoʻrqing. Men Egangizman.
15 Hukm chiqarganda haqsizlik qilmang, faqirga ham yon bosmang, obroʻli odamning ham koʻngliga qarab ish tutmang. Qoʻshningizni adolat bilan hukm qiling. 16 Odamlar orasida qoʻshningizni gʻiybat qilib, uning jonini xavf ostiga qoʻymang. Men Egangizman.
17 Dilingizda birodaringizga qarshi gina qilmang. Qoʻshningizning aybini ochiq yuziga soling, shunda siz uning aybi uchun jazoga tortilmaysiz. 18 Qasos olmang, yurtdoshingizga qarshi kek saqlamang. Aksincha, oʻzgani oʻzingizni sevganday seving. Men Egangizman.
19 Qonun–qoidalarimga rioya qiling. Molingizni boshqa turdagi hayvonlar bilan chatishtirmang. Dalangizga ikki xil urugʻ sepmang. Ustingizga ikki turdagi ipdan toʻqilgan kiyimni kiymang.
20 Agar erkak kishi boshqa birovga unashtirib qoʻyilgan choʻri bilan yotsa, u keltirgan zararni choʻrining egasiga toʻlashi lozim. Choʻri hali ozodlikka chiqarilmagani uchun ikkoviga ham oʻlim jazosi berilmasin. 21 Erkak ayb qurbonligi sifatida bir qoʻchqorni Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, Menga taqdim qilsin. 22 Ruhoniy qoʻchqorni ayb qurbonligi qilib, oʻsha odamni Mening huzurimda gunohidan poklasin. Shunda uning qilgan gunohi kechiriladi.
23 Sizlar Kanʼon yurtiga kirib, turli xil mevali daraxtlar ekkaningizdan keyin, uch yil davomida ularning mevasidan yemang. Ularni yeyish man etilsin. 24 Toʻrtinchi yili hamma mevalar shukrona nazri sifatida Menga bagʻishlansin. 25 Beshinchi yili esa mevalarini yeyishingiz mumkin. Shunday qilsangiz, daraxtlaringiz serhosil boʻladi. Men Egangiz Xudoman.
26 Qoni chiqarilmagan goʻshtni yemang. Taʼbirchilarga eʼtiqod qilmang, fol ochtirmang. 27 Chakkangizdagi sochlaringizni qirmang, soqolingizning uchini qirqmang. 28 Aza tutganingizda marhum uchun badaningizni kesmang, teringizni teshib surat solmang . Zero, Men Egangizman.
29 Qizingizni fohishalik qilishga undamang , uni bulgʻamang. Toki yurt zinoga botmasin, buzuqlik avj olmasin. 30 Mening Shabbat kunlarimga rioya eting, muqaddas makonimni izzat qiling. Men Egangizman.
31 Arvoh chaqiruvchilarning oldiga bormang, folbinlarga maslahat solmang. Ularning dastidan oʻzingizni bulgʻamang. Men Egangiz Xudoman.
32 Moʻysafidni koʻrganingizda oʻrningizdan turing, qariyaning hurmatini joyiga qoʻying. Men, Xudoyingizdan qoʻrqing. Men Egangizman.
33 Yurtingizda yashab yurgan musofirga zulm qilmang. 34 Unga oʻz yurtdoshingizday qarang. Musofirni oʻzingizni sevganday seving, chunki sizlar ham Misr yurtida musofir edingizlar. Men Egangiz Xudoman.
35 Uzunlikni, ogʻirlikni va miqdorni oʻlchaganda gʻirromlik qilmang. 36 Tarozingiz, qadoq toshlaringiz, oʻlchov togʻorayu kosalaringiz toʻgʻri boʻlsin. Men sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan Egangiz Xudoman. 37 Qonun–qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajaringlar. Men Egangizman.”