7–BOB
1 Isroilni shifolamoqchi boʻlib turganimda,
Uning buzuqligi oshkor boʻldi,
Samariyaning jinoyatlari ochildi.
Ular makkorona ish tutishadi,
Oʻgʻrilar xonadonlarni oʻmarishadi,
Qaroqchilar yoʻltoʻsarlik qilishadi.
2 Qilgan barcha qabihliklari yodimda,
Biroq ular buni xayoliga keltirmaydi.
Mana, ular gunohlarga botishdi,
Koʻz oʻngimda bu gunohlar gavdalanadi.
Saroydagi fitnalar
3 Odamlar shohni yovuzliklari bilan xushnud qilar,
Ular beklarni hiylalari bilan shod etar.
4 Ularning hammasi sadoqatsiz va makkor,
Lovullagan tandirga oʻxshaydi.
Novvoy xamirini qorib boʻlguncha,
Xamir oshib tayyor boʻlguncha,
Hatto olov kovlashga ham ehtiyoj yoʻq.
5 Shoh ziyofat bergan kuni
Beklar shohga maydan ichirishdi,
Shoh mazaxchilar bilan hamtovoq boʻldi.
6 Ularning yuraklari tandirga oʻxshaydi,
Shohga qarshi ular fitna uyushtiradi,
Kechasi bilan gʻazabi choʻgʻday tutab yotadi,
Saharga kelib, olovday lovullab yonadi.
7 Tandirday qizishgan bu hamma odamlar,
Hukmdorlarini yamlamay yutyaptilar.
Natijada shohlari birin–ketin nobud boʻlyapti ,
Ammo birontasi ham Menga iltijo qilmayapti.”
Isroil va oʻzga xalqlar
8 Efrayim boshqa xalqlarga qorishgan.
U xom pishgan nonga oʻxshab qolgan.
9 Oʻzga xalqlar uning kuchini kesdi,
U esa buni anglamaydi.
Sochlari oqarib boʻldi,
U esa buni payqamaydi.
10 Isroilning magʻrurligi
Oʻziga qarshi guvohlik beradi.
Boshiga tushgan kulfatlarga qaramay
Isroil oʻz Egasi Xudoga qaytmaydi,
Yuzini Unga burmaydi.
11 Egamiz shunday deydi:
“Efrayim kabutarga oʻxshar,
Ham befarosat, ham ovsar.
U Misrdan yordam soʻraydi,
Pir etib Ossuriyaga uchadi.
12 Uchganda, Men unga toʻr tashlayman,
Ovlangan qushday yerga tushiraman.
Toʻdalashganini eshitsam, jazosini beraman.
13 Xalqimning holiga voy!
Axir, ular Mendan uzoqlashdi!
Endi nobud boʻlishadi!
Axir, Menga qarshi bosh koʻtarishdi!
Ularni xalos qilardim–u,
Ammo Menga yolgʻon gapirishdi.
14 Ular Menga chin dildan iltijo qilmaydi,
Ammo toʻshaklarida yotib, faryod chekishadi.
Butparastlarday badanlarini tilib,
Bugʻdoy va sharob talab qilishadi .
Menga qarshi bosh koʻtarishadi.
15 Men Oʻzim ularni boqdim, kuchaytirdim,
Ular esa Menga qarshi fitna qiladi.
16 Hamma yoqdan madad izlaydi,
Men, Xudoyi Taologa esa yuz burmaydi.
Ular yaroqsiz bir kamonga oʻxshaydi,
Ularga aslo ishonib boʻlmaydi.
Beklari haqoratli soʻzlar aytganlari uchun
Qilichdan halok boʻladi.
Bu qilmishlari uchun
Misrda kulgi boʻlishadi.”
7–BOB
1 Isroilni shifolamoqchi boʻlib turganimda,
Uning buzuqligi oshkor boʻldi,
Samariyaning jinoyatlari ochildi.
Ular makkorona ish tutishadi,
Oʻgʻrilar xonadonlarni oʻmarishadi,
Qaroqchilar yoʻltoʻsarlik qilishadi.
2 Qilgan barcha qabihliklari yodimda,
Biroq ular buni xayoliga keltirmaydi.
Mana, ular gunohlarga botishdi,
Koʻz oʻngimda bu gunohlar gavdalanadi.
Saroydagi fitnalar
3 Odamlar shohni yovuzliklari bilan xushnud qilar,
Ular beklarni hiylalari bilan shod etar.
4 Ularning hammasi sadoqatsiz va makkor,
Lovullagan tandirga oʻxshaydi.
Novvoy xamirini qorib boʻlguncha,
Xamir oshib tayyor boʻlguncha,
Hatto olov kovlashga ham ehtiyoj yoʻq.
5 Shoh ziyofat bergan kuni
Beklar shohga maydan ichirishdi,
Shoh mazaxchilar bilan hamtovoq boʻldi.
6 Ularning yuraklari tandirga oʻxshaydi,
Shohga qarshi ular fitna uyushtiradi,
Kechasi bilan gʻazabi choʻgʻday tutab yotadi,
Saharga kelib, olovday lovullab yonadi.
7 Tandirday qizishgan bu hamma odamlar,
Hukmdorlarini yamlamay yutyaptilar.
Natijada shohlari birin–ketin nobud boʻlyapti ,
Ammo birontasi ham Menga iltijo qilmayapti.”
Isroil va oʻzga xalqlar
8 Efrayim boshqa xalqlarga qorishgan.
U xom pishgan nonga oʻxshab qolgan.
9 Oʻzga xalqlar uning kuchini kesdi,
U esa buni anglamaydi.
Sochlari oqarib boʻldi,
U esa buni payqamaydi.
10 Isroilning magʻrurligi
Oʻziga qarshi guvohlik beradi.
Boshiga tushgan kulfatlarga qaramay
Isroil oʻz Egasi Xudoga qaytmaydi,
Yuzini Unga burmaydi.
11 Egamiz shunday deydi:
“Efrayim kabutarga oʻxshar,
Ham befarosat, ham ovsar.
U Misrdan yordam soʻraydi,
Pir etib Ossuriyaga uchadi.
12 Uchganda, Men unga toʻr tashlayman,
Ovlangan qushday yerga tushiraman.
Toʻdalashganini eshitsam, jazosini beraman.
13 Xalqimning holiga voy!
Axir, ular Mendan uzoqlashdi!
Endi nobud boʻlishadi!
Axir, Menga qarshi bosh koʻtarishdi!
Ularni xalos qilardim–u,
Ammo Menga yolgʻon gapirishdi.
14 Ular Menga chin dildan iltijo qilmaydi,
Ammo toʻshaklarida yotib, faryod chekishadi.
Butparastlarday badanlarini tilib,
Bugʻdoy va sharob talab qilishadi .
Menga qarshi bosh koʻtarishadi.
15 Men Oʻzim ularni boqdim, kuchaytirdim,
Ular esa Menga qarshi fitna qiladi.
16 Hamma yoqdan madad izlaydi,
Men, Xudoyi Taologa esa yuz burmaydi.
Ular yaroqsiz bir kamonga oʻxshaydi,
Ularga aslo ishonib boʻlmaydi.
Beklari haqoratli soʻzlar aytganlari uchun
Qilichdan halok boʻladi.
Bu qilmishlari uchun
Misrda kulgi boʻlishadi.”