6–BOB
Imonlilar orasidagi daʼvolarni hal qilish haqida
1 Orangizda bittasining boshqa birovga daʼvosi bor ekan. Bu daʼvoni hal qilib bersin deb, u kishi Xudoning azizlari oldiga emas, balki imonsizlar oldiga borishga qanday jurʼat qilyapti? 2 Xudoning azizlari hatto dunyoni hukm qilishini nahotki sizlar bilmasangiz?! Modomiki, sizlar dunyoni hukm qilar ekansiz, nahotki ahamiyatsiz ikir–chikir ishlarni hukm qila olmasangiz? 3 Biz hatto farishtalarni ham hukm qilamiz–ku! Shuni bilmaysizlarmi?! Shunday ekan, turmush ikir–chikirlari nima boʻlibdi?! 4 Nima uchun endi bir–biringizga daʼvoingiz boʻlsa, jamoatga daxli boʻlmagan hakamlarning oldiga boryapsiz?! 5 Nahotki orangizda oʻz birodarlarining daʼvosini ajrim qila oladigan birorta dono odam topilmasa?! Uyalmaysizlarmi, axir?! 6 Imonli birodar yana boshqa bir imonli birodari bilan daʼvolashmoqda, qolaversa buni imonsiz hakamlarning oldida qilyapti–ya!
7 Undan koʻra, haqsizlikka chidab turganingiz sizlar uchun yaxshiroq boʻlmasmidi? Hatto hiyla–nayranglardan zarar koʻrish sizlar uchun afzalroq boʻlmasmidi? Bir–biringiz bilan daʼvolashishning oʻzi sizlar uchun tamoman magʻlubiyat–ku! 8 Shunisi yetmaganday, sizlar hiyla–nayranglar bilan oʻz birodaringizga nohaqlik qilyapsizlar.
9 Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku! Adashmanglar, jinsiy tomondan axloqsiz boʻlganlar, butparastlar, zinokorlar, bachchabozlaru bachchalar, 10 oʻgʻrilar, tamagirlar, mayxoʻrlar, gʻiybatchilar va tovlamachilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar. 11 Baʼzilaringiz oldin shunday edingiz. Endi esa sizlar Rabbimiz Iso Masihning nomi bilan va Xudoning Ruhi orqali poklandingiz, Xudoga bagʻishlandingiz, oqlandingiz.
Aʼzoyi badaningiz bilan Xudoni ulugʻlang
12 Baʼzilaringiz: “Xohlaganimni qilishga haqim bor”, deb aytyapsizlar. Toʻgʻri, lekin hamma narsa ham foydali emas. Xohlaganimizni qilishga haqimiz bor, lekin hech bir narsa bizning ustimizdan hokimlik qilmasligi kerak. 13 Baʼzilaringiz yana: “Ovqat qorin uchun, qorin esa ovqat uchun, Xudo ikkalasini ham yoʻq qiladi–ku” , deb aytyapsizlar. Toʻgʻri, ammo badanimiz zino uchun xizmat qilmasligi kerak, aksincha, badanimiz bilan Rabbimiz Isoga xizmat qilishimiz kerak. Rabbimiz badanimiz ustidan hokimlik qilishi kerak. 14 Rabbimizni tiriltirgan Xudo Oʻz qudrati bilan bizlarni ham tiriltiradi.
15 Bilmaysizlarmi, axir?! Aʼzoyi badaningiz Masih tanasining aʼzosi–ku! Shunday ekan, men Masih tanasining aʼzolarini olib, fohisha tanasining aʼzolari qilib qoʻyarmikanman? Yoʻq, aslo! 16 Fohisha bilan qovushgan u bilan bir tan boʻlishini bilmaysizlarmi?! Muqaddas bitiklarda: “Ikkalasi bir tan boʻladilar” , deb yozilgan–ku! 17 Rabbimiz Iso bilan birga boʻlgan esa U bilan bir ruhda boʻladi.
18 Jinsiy axloqsizlikdan oʻzingizni olib qochinglar! Jinsiy axloqsizlik bilan gunoh qilgan oʻz tanasiga qarshi gunoh qilgan boʻladi, qolgan hamma gunohlar esa tanaga bevosita bogʻlanmagan holda qilinadi. 19 Nahot bilmasangiz?! Qalbingizda maskan qilgan Muqaddas Ruhni Xudo sizlarga bergan. Tanangiz Muqaddas Ruhning maʼbadidir. Sizlar oʻzlaringizga tegishli emassizlar. 20 Sizlar qimmat bahoga sotib olingansizlar. Shuning uchun oʻz tanangiz bilan Xudoni ulugʻlanglar .