1–BOB
1 Yahudo yurtida shohlar Uzziyo, Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Isroil taxtida Yohoʻsh oʻgʻli Yorubom oʻtirgan edi. Oʻsha vaqt mobaynida Beri oʻgʻli Xoʻsheyaga Egamiz Oʻz soʻzlarini ayon qildi.
Xoʻsheyaning xotini va farzandlari
2 Egamiz dastlab Xoʻsheya orqali Isroil xalqiga gapirishni boshlaganda, unga shunday degan edi: “Borib fohisha ayolga uylan, u senga begona erkaklardan orttirgan farzandlar tugʻib beradi. Zotan, Mening xalqim ham fohishaga oʻxshaydi . Ular Men, Egangizga bevafolik qilib, begona xudolarga sajda qilishmoqda.” 3 Xoʻsheya Diblayim qizi Goʻmeraga uylandi. Goʻmera homilador boʻlib, Xoʻsheyaga oʻgʻil tugʻib berdi.
4 Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Oʻgʻlingning ismini Yizril qoʻy. Chunki Yohu qanday qilib Yizrilda qon toʻkkan boʻlsa , tez orada Yohuning xonadonini ham oʻsha ahvolga solib, yoʻq qilaman. Isroil shohligi barham topadi. 5 Oʻsha davrda Men Yizril vodiysida Isroilning kamonu oʻqlarini sindiraman .”
6 Goʻmera yana homilador boʻlib, qiz tugʻdi. Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Qizingning ismini Loʻruhamo, yaʼni «Rahmdan bebahra» deb qoʻy. Chunki bundan buyon Men Isroil xalqiga rahm qilmayman, ularni kechirmayman. 7 Yahudo xalqiga esa rahm qilaman, ularga najot beraman. Qilichu kamon, jang–jadal, otlaru chavandozlar bilan emas, Oʻz qudratim bilan ularni qutqaraman. Zotan, Men ularning Egasi Xudoman!”
8 Goʻmera qizini koʻkrakdan chiqargach, yana homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. 9 Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Oʻgʻlingning ismini Loʻyomi, yaʼni «Xalqim emas» deb qoʻy. Chunki Isroil xalqi endi Mening xalqim emas, Men esa ularning Xudosi emasman. 10 Ammo shunday vaqtlar keladiki, Isroil xalqi dengizdagi qum kabi boʻladi, ularni na sanab, na oʻlchab boʻladi. Ularga: «Xalqim emas», deb aytilgan boʻlsa, kelajakda ular: «Barhayot Xudoning farzandlari» deb ataladi. 11 Yahudo va Isroil xalqlari qayta birlashadilar. Ular oʻzlariga bir yoʻlboshchi tanlaydilar. Oʻz yurtida tup qoʻyib, palak otadilar. Ha, Yizrilning — «Xudo ekkan» xalqning kuni ulugʻ bir kun boʻladi.”