1–BOB
Shoh Sulaymon donolik soʻrab ibodat qiladi
1 Dovud oʻgʻli Sulaymon oʻz hokimiyatini mustahkamlab oldi. Egasi Xudo u bilan birga boʻlib, uni nihoyatda yuksaltirdi. 2 Sulaymon jamiki Isroil xalqini — mingboshilarni, yuzboshilarni, hakamlarni, Isroilning hamma yoʻlboshchilarini va urugʻboshilarini chaqirtirdi. 3 Sulaymon bilan butun jamoa Givondagi sajdagohga yoʻl olishdi. Egamizning quli Muso sahroda qurdirgan Xudoning Uchrashuv chodiri oʻsha davrda Givonda joylashgan edi. 4 Xudoning Ahd sandigʻi esa Dovudning tashabbusi bilan Xirat–Yoʻrimdan Quddusga olib kelingan edi , chunki Dovud Sandiq uchun Quddusda bir joy tayyorlab, chodir oʻrnatib qoʻygan edi. 5 Bazalil qurgan bronza qurbongoh esa hanuz Givondagi Egamiz Muqaddas chodirining qarshisida joylashgan edi. Bazalil Urining oʻgʻli va Xurning nevarasi edi. Sulaymon va jamoa qurbongoh oldida Egamizga sajda qildilar. 6 Soʻng Sulaymon Egamizning oldida Uchrashuv chodirining qarshisidagi oʻsha bronza qurbongoh ustiga chiqib, mingta qurbonlik kuydirdi.
7 Oʻsha kuni kechasi Xudo Sulaymonga zohir boʻlib, unga:
— Tila tilagingni! — dedi.
8 Sulaymon Xudoga aytdi:
— Sen otam Dovudga ulugʻ sevgingni koʻrsatding. Meni uning oʻrniga shoh qilding. 9 Ey Parvardigor Egam! Otam Dovudga bergan vaʼdang ustidan chiq. Axir, Sen meni yerning qumiday koʻp boʻlgan bir xalq ustidan shoh qilding. 10 Bu xalqni boshqara olishim uchun menga donolik va ilmu maʼrifat bergin. Boʻlmasa Sening shu qadar behisob xalqingga kim hukmronlik qila oladi?!
11 Xudo Sulaymonga shunday javob berdi:
— Men seni xalqim ustidan shoh qildim. Sen oʻzing uchun mol–mulk, boylik, shon–shuhrat yoki dushmanlaringning jonini soʻramading, hatto oʻzingga uzoq umr ham tilamading. Aksincha, Mening xalqimni boshqaray deb, donolik va ilmu maʼrifat soʻraganing uchun 12 donolik va ilmu maʼrifat senga hadya boʻlsin. Bularga qoʻshimcha qilib senga boylik, mol–mulk va shon–shuhrat beraman, sengacha oʻtgan va sendan keyin boʻladigan hech qaysi shoh senga teng kelmaydi.
13 Shundan keyin Sulaymon Givondagi sajdagohda joylashgan Uchrashuv chodiridan Quddusga qaytib ketdi. U Isroil ustidan hukmronlik qila boshladi.
Shoh Sulaymonning boyligi
14 Sulaymon jang aravalari va otlarni toʻpladi. Uning 1400 ta jang aravasi va 12.000 ta oti bor edi. Sulaymon bularning bir qismini jang aravalari saqlanadigan shaharlarga va bir qismini Quddusga — oʻzining yoniga joylashtirdi. 15 Uning hukmronligi davrida Quddusda oltinu kumush koʻchadagi toshday koʻp edi. Sadr yogʻochlari ham xuddi Yahudo qir etaklarida oʻsadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiday serob edi. 16 Shohning savdogarlari Misrdan va Quvedan Sulaymon uchun otlar olib kelishardi. Ular otlarni Quvedan sotib olishardi. 17 Misrdan keltirilgan har bir jang aravasi uchun 600 kumush tanga , har bir ot uchun 150 kumush tanga toʻlashardi. Soʻng bularni barcha Xet shohlariga va Oram shohlariga sotishardi.