26–BOB
Tir shahri haqida bashorat
1 Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili , oyning birinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, mana, Tir Quddus haqida shunday deb aytmoqda: «Aha! Xalqlarning savdo darvozasi buzildi. Menga keng yoʻl ochildi. Endi u vayron boʻlganda, men boyib ketaman.»
3 Shuning uchun Tirga ayt: «Egamiz Rabbiy demoqda: Men senga qarshiman! Men koʻplab xalqlarni senga qarshi yigʻaman, ular dengiz toʻlqinlari kabi senga yopiriladilar. 4 Shahringning devorlarini buzib, minoralaringni qulatadilar. Men tuprogʻingni supurib tashlayman, seni yalangʻoch bir toshloq holiga keltiraman. 5 Dengiz oʻrtasidagi bu orolda baliqchilar toʻrlarini yoyib quritadigan boʻladilar. Axir, bularni Men aytdim. Shahring xalqlarga oʻlja boʻladi. 6 Senga qarashli sohildagi hamma qishloqlar ahli qilichdan oʻtkaziladi. Oʻshanda Egang Men ekanligimni sen bilib olasan.
7 Egamiz Rabbiy demoqda: senga qarshi eng buyuk shohni — Bobil yurtining hukmdori Navuxadnazarni qoʻzgʻataman. U sening ustingga shimoldan otlaru jang aravalarini, suvorilaru katta lashkarni tortib keladi. 8 Bobil shohi senga qarashli barcha qishloqlaringni qilichdan oʻtkazadi. Shahar atrofiga qamal inshootlarini qurdiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi , senga qarshi qalqonlarini oʻrnatadi. 9 Devorteshar qurollar bilan devorlaringga zarba beradi. Boltalar bilan minoralaringni buzadi. 10 Devoridan teshik ochilgan shaharga odamlar bostirib kirganday, Bobil shohi sening darvozalaringdan bostirib kiradi. Suvorilarining, gʻildiragu jang aravalarining shovqinidan devorlaring titraydi. Son–sanoqsiz otlarining koʻtargan changi seni qoplab oladi. 11 Otlarining tuyoqlari hamma koʻchalaringni toptaydi. Odamlaring qilichdan yiqiladi, ulkan ustunlaring yer bilan yakson boʻladi. 12 Dushman boyliklaringni talab ketadi, mollaringni oʻlja qilib oladi. Devorlaringni yiqitadi, hashamatli uylaringni vayron qiladi, toshlari, yogʻochlari, hatto tuprogʻini ham dengizga uloqtiradi. 13 Men qoʻshiqlaringga chek qoʻyaman. Arfangning navolari ham eshitilmaydigan boʻladi. 14 Men seni yalangʻoch bir toshloqqa aylantiraman, baliqchilar toʻrlarini quritadigan bir yer boʻlasan. Hech kim shahringni qayta qurmaydi. Axir, bularni Men aytdim. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»
15 Yana Tirga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: shahringda qirgʻin boʻlganda, yaradorlar ingraganda, qulashingning shovqinidan sohildagi barcha xalqlarni titroq bosadi. 16 Dengiz boʻyidagi saltanatlarning shohlari taxtlaridan tushib, zar choponu naqsh solingan liboslarini yechishadi. Ular vahimaga burkanib, yerga oʻtirishadi. Boshingga kelgan kulfatdan dahshatga tushib, toʻxtovsiz titrashadi. 17 Ular sen haqingda shunday marsiya kuylashadi:

‘Ey dong taratgan dengizchilar shahri,
Naqadar vayron boʻlib ketding–a!
Sen va sening aholing dengiz qudrati edingiz,
Sohildagi barcha xalqlarni dahshatga solar edingiz.
18 Sen qulagan kuning sohillarni titroq bosdi,
Halokatingdan dengizdagi orollar sarosimaga tushdi.’

19 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Tir, Men seni huvullagan xarobazorga aylantiraman. Dengiz tubidagi ulkan suvlar bilan vayronalaringni qoplayman. 20 Seni goʻrga , qadimda oʻtib ketgan odamlar oldiga tushiraman. Sen yer osti saltanatida yashaysan, abadiy vayronalar orasidagi marhumlarga hamroh boʻlasan. Tiriklar dunyosiga hech qachon qaytib kelmaysan, obod boʻlib ilgarigi mavqeingga erishmaysan. 21 Ha, Men boshingga dahshatli oʻlim keltiraman, seni yoʻq qilaman. Seni qidirganlar hech qachon topa olmaydilar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”