30–BOB
Tutatqi qurbongohiga oid koʻrsatmalar
1 Tutatqi tutatish uchun akas yogʻochidan qurbongoh yasat. 2 Qurbongoh toʻrtburchak, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak boʻlsin. Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasat. 3 Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qoplat, aylanasi boʻylab oltindan gulchambar yasat. 4-5 Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa oʻrnashtir. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, qurbongohni koʻtarib yurishda foydalan. 6 Tutatqi qurbongohini Ahd sandigʻining qopqogʻi oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisiga qoʻydir. Bu joy — sen bilan Men uchrashadigan joyning tashqarisida.
7 Horun har kuni ertalab moychiroqlardan xabar olganda bu qurbongohda xushboʻy tutatqi tutatsin. 8 U kechqurun moychiroqlardan xabar olganda ham tutatqi tutatsin. Bu tutatqi nazrlari sizlarning avlodlaringiz osha Men, Egangizning huzurida har kuni tutatilishi lozim. 9 Bu qurbongohda faqat muqaddas tutatqini tutatinglar. Tutatqi qurbongohida kuydiriladigan qurbonlik keltirmanglar, don nazri yoki sharob nazri ham qilmanglar. 10 Horun bir yilda bir marta qurbongohni poklash marosimini oʻtkazsin. Buning uchun gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning toʻrtala shoxiga surtib, qurbongohni poklasin. Bu marosim har yili avlodlar osha qilinishi lozim. Bu qurbongoh Men, Egangizga bagʻishlangan gʻoyat muqaddas qurbongohdir.”
Muqaddas chodir uchun toʻlovlar
11 Soʻngra Egamiz Musoga yana gapirdi: 12 “Isroilda erkaklarni roʻyxatga olganingda, ularning har biri Men, Egangizga himoya qiladigan toʻlov toʻlasin. Shunda sen ularni sanaganingda, ularga kulfat keltirmayman. 13-14 Roʻyxatga kiritiladigan yigirma va undan yuqori yoshdagi har bir odam 1,25 misqol kumushdan Men, Egangizga nazr qilishi lozim. 15 Ular oʻzlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni berganlarida, boy odam oʻshandan koʻp bermasin, kambagʻal ham oʻshandan oz bermasin. 16 Bagʻishlangan bu kumushni Uchrashuv chodirini yasash uchun sarf qil. Men, Egangizning huzurida bu kumush Isroil xalqiga hukmimdan himoya qiladigan nazr berilganini eslatib turadi.”
Bronza qoʻlyuvgichga oid koʻrsatmalar
17 Egamiz Musoga yana gapirdi: 18 “Yuvinish uchun bronzadan qoʻlyuvgich yasat. Qoʻlyuvgichning tagligi ham bronzadan boʻlsin. Qoʻlyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh oʻrtasiga oʻrnatib, unga suv quy. 19-20 Horun bilan uning oʻgʻillari Uchrashuv chodiriga kirayotganlarida, qoʻlyuvgichdagi suv bilan qoʻllarini va oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud boʻlmaydi. Qurbongohda kuydirgani nazrlar olib kelib Men, Egangizga xizmat qilganlarida ham, 21 albatta qoʻl–oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud boʻlmaydi. Bu Horun va uning nasllari uchun avlodlari osha doimiy qonun boʻlsin.”
Muqaddas qiladigan moyga oid koʻrsatmalar
22 Egamiz Musoga yana aytdi: 23 “Quyidagi eng yaxshi xushboʻy ziravorlardan ol: 1250 misqol suyuq mirra , 625 misqol dolchin, 625 misqol qamish 24 va 1250 misqol kassiya . Sakkiz kosa zaytun moyi olib, 25 usta odam xushboʻy moy tayyorlash uchun ziravorlarni moy bilan aralashtirsin. Bu muqaddas qiladigan moydir. 26 Bu moyni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻiga, 27 xontaxtaga va xontaxtaning hamma buyumlariga, chiroqpoyaga va uning hamma buyumlariga, tutatqi qurbongohiga, 28 qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga, qoʻlyuvgichga va uning tagligiga surt. 29 Shu tariqa bu narsalarni Menga bagʻishla. Shunda ular gʻoyat muqaddas boʻladi. Birontasi yoki biron narsa ularga tekkanda, muqaddas boʻladi. 30 Soʻng Horun bilan oʻgʻillariga bu moydan surtib, ularni bagʻishla, toki ular ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilishsin. 31 Isroil xalqiga esa Mening shu gapimni yetkaz:
— Muqaddas qiladigan moy sizlarning butun avlodlaringiz osha Menga bagʻishlansin. 32 Bu moy ruhoniy boʻlmagan odamning tanasiga surtilmasligi kerak. Shu tarkibdagi moy aralashmasini sizlar tayyorlamanglar. Chunki bu moy muqaddasdir, sizlar bunga muqaddas deb qarashingiz lozim. 33 Kimki bunga oʻxshash hidli moyni tayyorlasa yoki bu moydan ruhoniy boʻlmagan odam ustiga surtsa, u Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinadi.”
Xushboʻy hidli tutatqiga oid koʻrsatmalar
34-35 Egamiz yana Musoga gapirdi: “Quyidagi xushboʻy ziravorlarni olib, ularni aralashtir: yelimdan qilingan ziravor, moluska qobigʻidan qilingan ziravor, xilvon. Soʻngra usta odam toza xushboʻy tutatqidan, xushboʻy aralashmadan bir oʻlchovda olsin. Ularni tuz bilan aralashtirib, toza, muqaddas boʻladigan tutatqi qilsin. 36 Bu tutatqidan bir qismini olib, mayda qilib tuygin va Men sen bilan uchrashadigan Uchrashuv chodiridagi Ahd sandigʻi oldiga qoʻy. Bu tutatqini sizlar gʻoyat muqaddas deb bilishingiz lozim. 37 Oʻsha tarkibdagi tutatqi aralashmasini oʻzlaringiz uchun qilmanglar. Buni Men, Egangizga bagʻishlangan muqaddas tutatqi deb biling. 38 Kimki tutatgani oʻzicha shunga oʻxshagan tutatqi qilsa, u Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinadi.”