44–BOB
Yoʻqolgan qadah
1 Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday koʻrsatma berdi: “Bu odamlarning qoplarini koʻtara oladigan qilib donga toʻldir. Har birining qopiga kumushlarini qaytarib solib qoʻy. 2 Kenjasining qopi ichiga esa kumushlari bilan birga mening kumush qadahimni ham solib qoʻy.” Qulboshi hammasini Yusuf aytganday qildi. 3 Ertasiga tong yorishishi bilanoq, aka–ukalarni yuk ortilgan eshaklari bilan joʻnatib yuborishdi. 4 Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf qulboshisiga buyurdi:
— Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga yetib olganingdan keyin shunday deb ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz? 5 Xoʻjayinimning kumush qadahini oʻgʻirlaganingiz nimasi? Xoʻjayinim undan ichimlik ichish uchun, fol ochish uchun foydalanardi , axir! Qanday yomon ish qilib qoʻyibsizlar–a!”
6 Qulboshi aka–ukalarga yetib olib, oʻrgatilgan gaplarni aytdi.
7 — Nimaga bunday gaplarni gapiryapsiz?! — deb javob qaytarishdi ular. — Xudo saqlasin! Bu qullaringiz unaqa ish qilmaydi! 8 Oʻzingiz oʻylang, qoplarimizdan topib olgan kumushlarni Kanʼondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz xoʻjayiningizning uyidan kumush yoki oltin oʻgʻirlarmidik?! 9 Agar oʻsha narsa biz, qullaringizdan topilsa, mayli, oʻsha odam oʻldirilsin. Qolganlarimiz hazrati oliylariga qul boʻlaylik.
10 — Mayli, men roziman, sizlar aytgancha boʻla qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush qadah kimdan topilsa, u menga qul boʻladi. Qolganlaringiz esa ozod boʻlasizlar.
11 Soʻngra har biri tezda eshaklari ustidan qoplarini olib, ochdilar. 12 Yusufning qulboshisi toʻngʻichining qopidan boshlab kenjasining qopigacha titib chiqdi. Qadah Benyaminning qopidan chiqib qolsa boʻladimi! 13 Ular umidsizlikka tushib, qaygʻudan kiyimlarini yirtdilar. Eshaklariga yana yuklarini ortib, orqaga — shaharga qaytib keldilar.
14 Yahudo va aka–ukalar Yusufning uyiga kelishdi. Yusuf hali uyida ekan. Aka–ukalar Yusufning oldida oʻzlarini yerga otdilar.
15 — Bu qilganingiz nimasi? — deb soʻroqqa tutdi Yusuf ularni. — Menday bir odam fol ochib bilib olishimni bilmasmidingiz?!
16 — Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini fosh qildi. Endi oʻzimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib oʻzimizni oqlardik?! Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan birga biz, hammamiz, sizga qul boʻlishga tayyormiz.
17 — Yoʻq, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat qadahni oʻgʻirlagan odamgina menga qul boʻladi. Qolganlaringiz esa eson–omon otangizning oldiga qaytinglar.
Yahudo Benyamin uchun yolvoradi
18 Shunda Yahudo Yusufga yaqinroq kelib dedi:
— Janobi oliylari! Oʻzingiz firʼavn kabisiz. Siz, janoblariga men bir ogʻiz soʻz aytsam, gʻazablanmang. 19 Siz bizdan: “Otangiz yoki ukangiz bormi?” deb soʻragan edingiz. 20 Biz shunday deb javob berdik: “Ha, qari otamiz va kenja ukamiz ham bor, otamiz uni keksayganda koʻrgan. Uning akasi esa oʻlgan, onasidan bir oʻzi yolgʻiz qolgan. Otamiz uni juda yaxshi koʻradi.” 21 Keyin siz biz, qullaringizga: “Oʻsha ukangizni mening oldimga olib kelinglar, uni oʻzim koʻrayin–chi”, dedingiz. 22 Biz esa sizga: “Bola otasini tashlab kela olmaydi, agar tashlab kelsa, otasi oʻlib qolishi mumkin”, deb aytdik. 23 Keyin siz bizga: “Ukangizni olib kelmagunlaringizcha, koʻzimga koʻrinmanglar”, dedingiz. 24 Qulingiz — otamizning huzuriga qaytib borganimizda, sizning gaplaringizni unga aytdik. 25 Vaqti kelib, otamiz bizga: “Yana borib, oʻzimizga bir oz don sotib olib kelinglar”, dedi. 26 Lekin biz otamizga aytdikki: “Oʻzimiz bora olmaymiz, agar kenja ukamiz biz bilan birga ketsagina, bora olamiz, ukamiz bormaguncha, biz oʻsha odamning koʻziga koʻrina olmaymiz.” 27 Shunda otamiz bizga dedi: “Bilasizlarki, xotinim Rohiladan ikki oʻgʻil qolgan edi. 28 Biridan ayrildim, uni shubhasiz, yirtqich hayvon tilka–pora qilib tashlagan. Uni oʻshandan keyin koʻrmadim. 29 Agar bunisini ham mendan olib ketsangiz, u biror falokatga yoʻliqib qolsa, qariganimda meni qaygʻudan oʻliklar diyoriga kiritasizlar.” 30 Endi, janobi oliylari, men otamning oldiga bu bolani tashlab bora olmayman. Otamizning umri bu bolaning hayotiga bogʻliq. 31 Bola biz bilan yoʻqligini otamiz koʻrgandan keyin, u oʻlib qoladi. Biz esa keksa otamizni qaygʻudan oʻliklar diyoriga tiqamiz. 32 Men, qulingiz, mana shu bola uchun otamga kafil boʻlganman. Otamga: “Agar uni qoʻlingizga qaytarib olib kelib topshirmasam, umr boʻyi sizning oldingizda aybdor boʻlib qolay”, deb aytganman. 33 Iltimos qilaman, janobi oliylari, shu bolaning oʻrniga men sizga qul boʻlib qolay, rad etmang. Bola akalari bilan birga qaytib ketaversin. 34 Agar bola men bilan birga ketmasa, otamning oldiga qaysi yuz bilan qaytib boraman?! Otamning boshiga tushadigan kulfatlarga qarab turishga bardosh berolmayman.