5–BOB
1 Shunday qilib, Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. Soʻngra u otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va hamma buyumlarni Xudoning uyi xazinasiga qoʻydi.
Ahd sandigʻi Maʼbadga keltiriladi
2 Shundan soʻng Sulaymon Egamizning Ahd sandigʻini Dovud qalʼasidan — Siondan Egamizning uyiga olib kelmoqchi boʻldi. Shu maqsadda u Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yoʻlboshchilarini, Isroil xalqi urugʻboshilarini Quddus shahriga chaqirtirdi. 3 Ularning hammasi yettinchi oyda , Chayla bayrami paytida shohning huzuriga yigʻilishdi.
4 Isroil oqsoqollarining hammasi kelgach, levilar Sandiqni yerdan koʻtarishdi. 5 Ruhoniylar va levilar, Sandiq bilan birga Uchrashuv chodirini , Chodirdagi barcha muqaddas buyumlarni Egamizning uyiga olib kelishdi. 6 Shoh Sulaymon va toʻplangan butun Isroil jamoasi Sandiqning oldida qoʻylar, buqalar soʻyib qurbonlik qilishdi. Qurbonlik qilingan qoʻy va buqalar shu qadar koʻp ediki, hisobiga yetib boʻlmasdi.
7 Ruhoniylar Egamizning Ahd sandigʻini alohida atalgan joyga — Eng muqaddas xonaga, karublarning qanotlari ostiga qoʻyishdi. 8 Karublarning qanotlari Sandiq usti boʻylab choʻzilgan va Sandiq hamda uning xodalarini berkitib turardi. 9 Xodalar shunchalik uzun ediki, ularning uchi Eng muqaddas xonaning shundaygina oldidan koʻrinib turardi, boshqa joydan esa koʻrinmasdi. Xodalar bugungacha ham oʻsha yerda turibdi. 10 Sandiqning ichida ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yoʻq edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, Egamiz Sinay togʻida ular bilan ahd tuzgan edi. Oʻshanda Muso bu tosh lavhalarni Sandiq ichiga solib qoʻygan edi.
11-14 Bu yerda hozir boʻlgan ruhoniylarning hammasi, qaysi guruhga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzlarini poklagan edilar. Jamiki levi sozandalari — Osif, Xaman, Yodutun, ularning oʻgʻillari va qarindoshlari mayin zigʻir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olgan edilar. Levilar zil, arfa va liralarni koʻtarib qurbongohning sharq tomonida turdilar. Ularning yonidan karnay chaladigan 120 nafar ruhoniy joy oldi. Sozandalaru karnaychilar joʻr boʻlib, Egamizga hamdu sano va shukrona aytar edilar. Karnay, zil va boshqa sozlar joʻrligida qoʻshiqchilar Egamizga shunday hamdu sano kuylar edilar:

“Egamiz yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqib ketayotganlarida, birdaniga Xudoning uyini bulut qoplab, Egamizning ulugʻvorligi uyni toʻldirdi. Shuning uchun ruhoniylar oʻz xizmatini davom ettira olmadilar.