6–BOB
Sakkizinchi vahiy: toʻrtta arava
1 Men yana tepaga qarab, ikkita bronza togʻ orasidan chiqib kelayotgan toʻrtta aravani koʻrdim. 2 Birinchi aravani qizgʻish, ikkinchi aravani esa qora otlar, 3 uchinchi aravani oq, toʻrtinchi aravani esa ola–bula otlar tortib kelayotgan edi. Bu otlarning hammasi kuchli edi. 4 Men bilan gaplashayotgan farishtadan:
— Ey toʻram, bular nima? — deb soʻradim. 5 Farishta shunday javob berdi:
— Bular butun olam Rabbiysining huzuridan chiqib kelayotgan toʻrtta samoviy ruhdir. 6 Qora otli arava shimolga boradi. Oq otlisi esa uning orqasidan ketadi . Ola–bula otli arava janubga boradi.
7 Ana shu kuchli otlar chiqib kelib, yerni aylanishga shoshildilar. Farishta ularga:
— Boringlar, yerni koʻrib chiqinglar, — dedi. Shunda ular yerni aylanib kelishdi. 8 Keyin farishta meni chaqirib, shunday dedi:
— Mana, qara! Otlar shimoldagi yurtga borishdi. U yerda Egamizning irodasini ado etishdi, Egamiz jahlidan tushdi .
Yoshuaga toj kiydirish haqida amr
9 Egamiz menga quyidagi soʻzlarni ayon qildi:
10 — Bobildagi surgundan qaytib kelgan Xalday, Toʻviyo va Yodayodan tilla va kumush ol. Oʻsha kuniyoq Zafaniyo oʻgʻli Yoʻshiyoning uyiga bor. 11 Berilgan kumush va oltindan toj yasagin. Uni Yohuzadax oʻgʻli — oliy ruhoniy Yoshuaning boshiga kiygizgin–da, 12 unga shunday degin: “Sarvari Olam shunday demoqda: Novda degan odam oʻz turgan joyidan shoxlaydi–da, Mening Maʼbadimni quradi. 13 Ha, Mening Maʼbadimni quradigan oʻshadir. U shohona ulugʻvorlikka ega boʻlib, hukmronlik qiladi. Taxtining oldida ruhoniy turadi . Ikkalasi orasida tinchlik, osoyishtalik boʻladi. 14 Bu toj Xalday , Toʻviyo, Yodayo va Zafaniyo oʻgʻli Yoʻshiyoning qaramogʻida boʻladi. U Mening Maʼbadimda yodgorlik boʻlib qoladi. 15 Uzoq joylardan odamlar kelib, Mening Maʼbadimni qurishga yordam berishadi.”
Ey surgundan qaytib kelganlar! Shunda Sarvari Olam meni yuborganini sizlar anglab yetasizlar. Agar sizlar Egangiz Xudoning soʻzlariga yaxshilab quloq solsangizlar, mana shularning hammasi sodir boʻladi.