1–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining vaʼzi
1 Xudoning Oʻgʻli Iso Masih toʻgʻrisidagi Xushxabar shunday boshlanadi. 2 Ishayo paygʻambarning kitobida yozilganki:
“Mana, Sendan oldin Men Oʻz elchimni yuboryapman,
U Sen uchun yoʻlni hozirlaydi .
3 Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!»”
4 Darvoqe, Yahyo choʻmdiruvchi choʻlda odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga choʻminglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb vaʼz qila boshladi . 5 Quddus aholisi va Yahudiya oʻlkasining qolgan hamma joylaridan kelgan odamlar Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini eʼtirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida choʻmdirar edi.
6 Yahyoning kiyimlari tuya junidan toʻqilgan boʻlib, beliga charm kamar bogʻlagan edi. U chigirtka va yovvoyi asal yerdi. 7 U xalqqa shunday deb eʼlon qilardi: “Mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. 8 Men sizlarni suvga choʻmdiryapman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga choʻmdiradi.”
Iso suvga choʻmdiriladi
9 Oʻsha kunlari Iso Jalila hududining Nosira shahridan Yahyo oldiga keldi. Yahyo Uni Iordan daryosida choʻmdirdi. 10 Suvdan chiqishi bilanoq Iso osmonning ochilib ketganini va Muqaddas Ruh Uning ustiga kaptarday tushib kelganini koʻrdi. 11 Osmondan esa: “Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan , Sendan nihoyatda mamnunman ” degan ovoz eshitildi.
Iso vasvasaga solinadi
12 Muqaddas Ruh Isoni darhol sahroga boshlab ketdi. 13 Iso sahroda qirq kun boʻlib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. Iso yovvoyi hayvonlar orasida yashab, farishtalar Unga xizmat qilishardi.
14 Yahyo hibsga olingandan keyin , Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini vaʼz qildi: 15 “Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”
Isoning dastlabki shogirdlari
16 Iso Jalila koʻli boʻylab oʻtayotib, Shimoʻn va uning ukasi Endrusni koʻrib qoldi. Ular baliqchi boʻlib, koʻlga toʻr tashlayotgan edilar. 17 Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar. Men sizlarga odamlarni ovlashni oʻrgataman.” 18 Ular oʻsha zahotiyoq toʻrlarini tashlab, Isoga ergashdilar.
19 Iso bir oz nari yurgach, Zabadiyoning oʻgʻillari Yoqub va Yuhannoni koʻrib qoldi. Ular qayiqda toʻrlarini yamab oʻtirishgan edi. 20 Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular otalari Zabadiyoni va yollanma ishchilarni qayiqda qoldirib, Isoga ergashdilar.
Jinga chalingan odam
21 Ular Kafarnahum shahriga kirib borishdi. Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib, taʼlim bera boshladi. 22 Xaloyiq Isoning taʼlimotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U odamlarga Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi .
23 Oʻsha sinagogada yovuz ruhga chalingan bir odam bor edi. U toʻsatdan qichqirib yubordi:
24 — Ey Nosiralik Iso! Bizni tinch qoʻy! Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman: Sen Xudoning Azizisan!
25 Biroq Iso jinga doʻq urib:
— Jim boʻl! Undan chiqib ket! — dedi.
26 Yovuz ruh u odamni qattiq siltadi, ovozi boricha baqirib, uning ichidan chiqib ketdi. 27 Odamlar hayratlanib, bir–birlaridan soʻray boshladilar:
— Bu nimasi? Hokimiyatga ega boʻlgan yangi taʼlimot–ku! U yovuz ruhlarga buyruq beradi, yovuz ruhlar esa Unga boʻysunadi–ya!
28 Shunday qilib, Isoning shuhrati butun Jalila hududi boʻylab yoyila boshladi.
Iso koʻp odamlarni sogʻaytiradi
29 Iso, Shimoʻn, Endrus, Yoqub, Yuhanno sinagogadan chiqib, toʻgʻri Shimoʻn va Endrusning uyiga bordilar. 30 Shimoʻnning qaynanasi isitmalab, toʻshakda yotgan edi. Iso kelishi bilanoq Unga bu haqda aytishdi. 31 Iso ayolning yoniga bordi, qoʻlidan tutib, oʻtirgʻizib qoʻydi. Shunda ayolning isitmasi tushdi, u mehmonlarga xizmat qila boshladi.
32 Quyosh botib kech kirgan paytda , odamlar xastalarni va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kelishdi. 33 Butun shahar aholisi eshik oldiga yigʻildi. 34 Iso turli dardu illatlardan qiynalgan koʻp odamlarni sogʻaytirdi. Koʻplarning ichidan jinlarni quvib chiqardi. Jinlarning gapirishiga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning kimligini bilishardi.
Iso Jaliladagi sinagogalarda vaʼz qiladi
35 Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso oʻrnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi. 36 Shimoʻn va boshqalar Isoni qidirib ketdilar. 37 Isoni topib:
— Hamma Sizni izlab yuribdi! — dedilar. 38 Iso ularga:
— Yaqin atrofdagi qishloqlarga boraylik, Men u yerlarda ham voizlik qilay, chunki Men ana shu maqsadda kelganman, — dedi.
39 Shunday qilib, Iso butun Jalila hududini kezib, u yerdagi sinagogalarda voizlik qilar va odamlarning ichidan jinlarni quvib chiqarar edi.
Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sogʻaytiradi
40 Teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz choʻkib, yalindi:
— Bilaman, agar istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
41 Isoning unga rahmi kelib, qoʻlini uzatdi va unga tekkizib:
— Istayman, pok boʻl! — dedi.
42 Shu zahoti oʻsha odam kasalligidan forigʻ boʻlib, poklandi. 43-44 Iso uni qatʼiy ogohlantirib dedi:
— Menga qara! Bu toʻgʻrida birovga ogʻiz ocha koʻrma. Borib, oʻzingni ruhoniyga koʻrsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir .
Shu soʻzlar bilan Iso uni darhol joʻnatib yubordi.
45 Oʻsha odam esa ketayotib, roʻy bergan hodisani bemalol har yoqqa yoya boshladi. Shu bois Iso biror shaharga ochiqchasiga bora olmay qoldi. Aksincha, shahardan tashqarida, kimsasiz joylarda yashaydigan boʻldi. Shunga qaramay, xaloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.