2–BOB
Bechoraholni ezgan zolimlarning qismati
1 Ey toʻshagida yotib, yovuzlikni rejalashtirganlar!
Sizning holingizga voy!
Tong otganda siz
Rejalaringizni amalga oshirasiz.
Ha, bu sizning qoʻlingizdan keladi.
2 Sizlar birovning ekinzoriga koʻz olaytirib,
Uni tortib olasiz.
Birovning uyini yoqtirib qolib,
Uni oʻzingizniki qilib olasiz.
Birini oʻz uyidan,
Boshqasini meros qilib olgan yeridan mahrum etasiz.

3 Shu sababdan Egamiz demoqda:
“Men sizlarga qarshi falokatni reja qilyapman.
Sizlar boʻyinturuqdan qochib qutulolmaysiz,
Burningizni osmonga koʻtarib yurmaysiz.
Bu ogʻir damlar boʻladi.”

4 Oʻsha vaqt kelganda, sizlarni masxara qilib,
Odamlar shunday achchiq marsiya kuylashadi:
“Biz merosimizdan mahrum boʻldik!
Dalalarimiz dushmanlarga boʻlib berildi.
Endi biz butunlay xarob boʻldik!”
5 Shunday ekan,
Egamizning xalqi qaytadan boʻlganda yurtni,
Ulush qilib olmaysiz siz bir parcha yerni.

6 Sizlar menga aql oʻrgatib deyapsiz:
“Bizga aql oʻrgatma!
Nafasingni issiq qil,
Biz sharmanda boʻlmaymiz.”
7 Ey Yoqub nasli , sizlar aytasiz:
“Nahotki Egamizning sabri tugagan boʻlsa?!
Nahotki Xudo shunday ishlarni qilsa?!”
Bu soʻzlarni aytishingiz joizmi?!
Axir, Xudoning soʻzlari toʻgʻri odamga yaxshilik keltiradi–ku!

8 Egamiz demoqda:
“Sizlar oʻz xalqingizga zulm qildingiz!
Xotirjam yurgan odamning qadamini poyladingiz.
Jangda talafot koʻrgan odamga oʻxshatib,
Uning egnidagi toʻnini yechib oldingiz.
9 Xalqimning ayollarini shinam uylaridan chiqarib yubordingiz,
Farzandlarining nasibasini Mening yurtimdan uzdingiz .
10 Qani, turinglar, ketinglar bu yerdan!
Orom topa olmaysiz endi bu yurtda!
Axir, qilgan gunohlaringiz yurtimni harom qildi,
Yurtimning xarob boʻlishiga sabab boʻldi.
11 Bordi–yu, oldingizga yolgʻonchi odam kelsa,
— Sharob, boʻzadan vaʼz aytaman, — deb aytsa,
Sizlar uni paygʻambar deya qabul qilasiz!
Umidbaxsh vaʼda
12 Ey Yoqub nasli ,
Men sizlarni albatta yigʻaman,
Ey Isroilning omon qolganlari,
Men sizlarni toʻplab olaman.
Qoʻradagi qoʻylarday, yaylovdagi suruvday,
Sizlarni Men bir joyga yigʻaman.
Oʻshanda yurtingiz odamlarga toʻlib–toshadi.
13 Men Yoʻlboshchingiz boʻlib, sizlarga yoʻl ochaman,
Sizlarni surgundan olib chiqaman.
Sizlar shahar darvozasidan chiqib ketasiz.
Men, Shohingiz sizlarni boshlab boraman.
Men, Egangiz, oldinda yuraman.”