4–BOB
Musoga Egamiz moʻjiza koʻrsatish qudratini ato qiladi
1 Shunda Muso:
— Isroil xalqi gapimga quloq solmasdan: “Egamiz senga zohir boʻlmagan”, deb menga ishonmasa, unda nima qilaman? — deb soʻradi.
2 — Qoʻlingdagi nima? — deb soʻradi Egamiz.
— Tayoq, — deb javob berdi Muso.
3 — Tayoqni yerga tashla! — deb amr qildi Egamiz. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Muso darrov ilondan oʻzini olib qochdi.
4 Egamiz yana Musoga:
— Qoʻlingni uzatib, ilonning dumidan ushla! — deb amr berdi. Muso qoʻlini uzatib, ilonning dumidan ushlagan edi, shu zahoti ilon Musoning qoʻlida yana tayoqqa aylanib qoldi.
5 — Shu moʻjizani koʻrsatasan! — deb amr berdi Egamiz, — toki Mening xalqim ota–bobolari — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosi — Men senga zohir boʻlganimga ishonsinlar.
6 Soʻngra Egamiz yana:
— Qoʻlingni qoʻyningga tiq! — deb amr berdi. Muso qoʻlini qoʻyniga tiqib, chiqargan edi, qoʻliga yara toshib , qorday oppoq boʻlib qoldi.
7 — Qoʻlingni yana qoʻyningga tiq! — deb amr berdi Egamiz. Muso qoʻlini yana qoʻyniga tiqib chiqargan edi, qoʻli tanasining qolgan qismi singari asl holiga qaytdi.
8 — Agar senga ishonmasalar yoki koʻrsatgan birinchi moʻjizangga eʼtibor bermasalar, ikkinchi moʻjizaga ishonadilar, — dedi Egamiz. 9 — Gapingga quloq solmay, ikkala moʻjizaga ham ishonmasalar, Nil daryosi suvidan olib, quruq yerga toʻk. Daryodan olib yerga toʻkkan suving qonga aylanadi.
10 — Yo Rabbiy! — dedi Muso. — Men hech qachon gapga chechan boʻlmaganman. Men, qulingga gapirganingdan buyon ham xuddi shundayman. Axir, mening tilim chuchuk, sekin gapiraman.
11 Shunda Egamiz:
— Insonga til ato qilgan kim? — dedi. — Insonni kim soqov, kar, koʻradigan yoki koʻr qilib yaratadi? Men, Egangiz, emasmi?! 12 Endi bor! Gaplashganingda, Men sen bilan birga boʻlaman. Nimani gapirishingni Men senga oʻrgatib turaman.
13 — Yo Rabbiy! — dedi Muso. — Iltijo qilaman: mening oʻrnimga boshqasini yubora qolgin.
14 Shundan keyin Egamiz Musodan qattiq gʻazablanib dedi:
— Akang Horun bor–ku! U ham Levi naslidan. Bilaman, u gapga chechan. Ana, oʻzi ham senga peshvoz kelyapti. Akang seni koʻrib xursand boʻladi. 15-16 Horun sening oʻrningga xalq bilan gaplashadi. Horun nima deyishi lozimligini sen aytasan. Sen u uchun Xudoga — Menga oʻxshagan boʻlasan. Sizlar gapirganingizda, Men ikkovingiz bilan birga boʻlaman. Har ikkovingizga Men nima qilishingizni aytib turaman. 17 Mana bu tayogʻingni qoʻlingga ol, bu moʻjizalarni tayoq orqali koʻrsatasan.
Muso Misrga qaytib boradi
18 Muso qaynatasi Yatroning oldiga qaytib kelib, unga dedi:
— Ijozat bering, Misrdagi qabiladoshlarimning yoniga qaytay. Borib bilay–chi, ular haliyam tirikmikan.
— Eson–omon bor, — deb Yatro u bilan xayrlashdi. 19 Muso hamon Midiyonda yashar ekan, Egamiz unga:
— Misrga qayt, sening joningni olmoqchi boʻlganlarning hammasi olamdan oʻtib ketdi, — degan edi.
20 Shunday qilib, Muso xotini bilan oʻgʻillarini eshakka mindirdi. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoqni qoʻliga olib, Misrga boradigan yoʻlga chiqdi. 21 Egamiz Musoga yana shularni eslatdi:
— Misrga borganingda, Men bergan qudrat bilan sen firʼavnning koʻzi oldida hamma ajoyibotlarni koʻrsat. Men esa uning yuragini tosh qilib qoʻyaman. U xalqimning ketishiga ijozat bermaydi. 22 Keyin sen firʼavnga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: Isroil Mening toʻngʻich oʻgʻlimdir. 23 Ijozat ber, oʻgʻlim borib, Menga sajda qilsin, deb senga aytgan edim. Ammo sen unga ketishga ijozat bermading. Shuning uchun endi sening toʻngʻich oʻgʻlingni nobud qilaman.”
24 Muso va uning oilasi tunni oʻtkazgani yoʻlda toʻxtadilar. Shu paytda Egamiz Musoning oldiga borib, sal boʻlmasa uni oʻldiray dedi . 25 Shu zahoti xotini Zippura tosh pichoq olib, oʻgʻlini sunnat qildi. Sunnat terisini Musoning oyoqlariga tekkizib: “Seni men uchun shu sunnat qoni himoya qildi”, dedi. 26 Shunda Egamiz Musoning hayotini saqladi. Zippura Musoga: “Sen shu sunnat qoni orqali himoya qilinding”, dedi.
27 Soʻngra Egamiz Horunga:
— Musoni kutib olgani sahroga bor! — deb amr berdi. Shunday qilib, Horun Musoni kutib olgani Xudoning muqaddas togʻiga ketdi. Horun Musoni topgach, u bilan quyuq salomlashdi. 28 Muso Egamizning aytgan hamma gaplarini Horunga gapirib berdi. Bajarishi kerak boʻlgan hamma moʻjizalar haqida ham Horunga soʻzlab berdi. 29 Shunday qilib, Muso bilan Horun Misrga borishgach, Isroilning barcha oqsoqollarini toʻpladilar. 30 Horun Egamizning Musoga aytgan hamma gaplarini oqsoqollarga soʻzlab berdi. Ularning koʻzi oldida moʻjizalarni koʻrsatdi. 31 Oqsoqollar eshitib koʻrganlariga ishondilar. Egamiz Oʻz xalqini kuzatib turganini, ularning chekkan azoblarini koʻrganini eshitib, Unga taʼzim etib, sajda qildilar.