17–BOB
Ilyos va qurgʻoqchilik
1 Giladning Tishba shahridan boʻlgan Ilyos Axabga dedi:
— Men xizmat qilayotgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shohid! Men aytmagunimcha, shu yillarda na shudring tushadi, na yomgʻir yogʻadi .
2 Ilyosga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi:
3 — Bu yerdan ket, sharq tomonga bor. Iordan daryosi sharqidagi Xarit jilgʻasi yonida berkinib ol. 4 Sen oʻsha jilgʻaning suvidan ichasan, qargʻalarga amr berdim: ular seni boqishadi.
5 Ilyos Egamizning amriga binoan, bu yerdan ketdi. Iordan daryosining sharqidagi Xarit jilgʻasiga borib, oʻsha yerda qoldi. 6 Qargʻalar unga ertalab ham, kechqurun ham non va goʻsht olib kelishar, oʻzi esa jilgʻaning suvidan ichardi. 7 Butun yurt boʻylab yomgʻir yogʻmadi, oradan bir necha kun oʻtgach, jilgʻa ham qurib qoldi.
Ilyos va Zorafatlik beva ayol
8 Keyin Ilyosga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi:
9 — Tur oʻrningdan! Sidondagi Zorafat shahriga borib, oʻsha yerda yasha. Shu shaharda yashaydigan bir beva ayolga amr etdim, u seni boqadi.
10 Ilyos Zorafatga joʻnadi. Shahar darvozasi oldiga yetib borgach, qarasa, bir ayol oʻtin terib yuribdi. Ilyos ayolni chaqirib, unga dedi:
— Iltimos, menga ichgani idishda ozgina suv bersangiz.
11 Ayol suvga ketayotgan edi, uni yana chaqirib aytdi:
— Iltimos, menga bir burda non ham ola keling.
12 Ayol dedi:
— Egangiz Xudo shohid! Uyimda non uvogʻi ham yoʻq, faqat xumda bir hovuch un va xurmachada ozgina zaytun moyi bor, xolos. Ikki–uchta tarasha oʻtin terib olsam, borib, oʻzim va oʻgʻlim uchun nimadir tayyorlagan boʻlardim. Bu oxirgi yeguligimiz boʻladi. Balki keyin oʻlib ketarmiz.
13 Ilyos ayolga dedi:
— Qoʻrqmang, boravering, yegulikni tayyorlayvering. Faqat oldin oʻsha un va moydan kulcha qilib, menga olib kelib bering. Oʻzingizga va oʻgʻlingizga esa keyin qilarsiz. 14 Binobarin, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Men yer uzra yomgʻir yogʻdirmagunga qadar, xumdagi un tamom boʻlmas, xurmachadagi moy ham tugamas.”
15 Ayol borib, Ilyosning aytganlarini qildi. Shundan keyin Ilyos bilan ayolning oilasi uchun yegulik koʻp kunlarga yetadigan boʻldi. 16 Egamizning Ilyos orqali aytganlariga binoan, xumdagi un ham tamom boʻlmadi, xurmachadagi moy ham tugamadi.
17 Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, xonadon sohibasi — ayolning oʻgʻli kasal boʻlib qoldi. U shunchalik ogʻir dardga yoʻliqdiki, oxiri jon berdi. 18 Ayol Ilyosga dedi:
— Mendan nima istaysiz, ey Xudoning odami? Siz gunohlarimni Xudoga eslatgani va oʻgʻlimning oʻlimiga sababchi boʻlgani kelibsiz–da?!
19 Ilyos ayolga: “Menga bering oʻgʻlingizni!” — deb bolani ayolning quchogʻidan oldi, uni oʻzi istiqomat qiladigan boloxonaga olib chiqib, toʻshakka yotqizdi. 20 Soʻngra Egamizga xitob qildi:
— Ey Egam Xudo! Men shu beva ayolning mehmoniman. Nahot, uning oʻgʻlini nobud qilib, boshiga kulfat yogʻdirsang?!
21 Ilyos bolaning ustiga uch marta choʻzilib, keyin Egamizga yana xitob qildi:
— Ey Egam Xudo! Iltijo qilaman, bu bolaga qaytadan jon ato et!
22 Egamiz Ilyosning iltijosini eshitdi. U bolaga qaytadan jon ato etib, tiriltirdi. 23 Ilyos bolani boloxonadan uyga olib tushdi, uni onasiga berib: “Qarang, oʻgʻlingiz tirik!” — dedi. 24 Ayol esa Ilyosga:
— Endi bildim, siz Xudoning odami ekansiz, — dedi. — Egamiz chindan ham siz orqali gapirar ekan.