48–BOB
Yer qabilalar orasida boʻlinadi
1 Egamiz dedi: “Quyida Isroil qabilalarining nomlari va ularning ulush qilib olgan yerlari qayd etilgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining shimolida joylashgan. Uning chegarasi Xetlon yoʻli boʻylab Levo–Xomatga , soʻng Xazor–Enanga boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining gʻarbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha choʻziladi. 2 Dan qabilasi hududidan janubda Osher qabilasi joylashadi, uning hududi ham Isroil yurtining gʻarbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha choʻziladi. 3 Osher hududidan janubda Naftali qabilasi joylashadi, ularning hududi ham gʻarbdan sharqqacha choʻziladi. 4-7 Naftalidan janubda Manashe qabilasi, Manashedan janubda Efrayim, soʻng Ruben, soʻng Yahudo qabilalari joylashadi. Hamma qabilalarning hududlari Isroil yurtining gʻarbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha choʻziladi.
Maxsus ajratilgan yer
8 Yahudo hududidan janubda maxsus ajratilgan yer boʻladi. Bu yerning gʻarbdan sharqqa choʻzilgan uzunligi har bir qabilaga ajratilgan yerning uzunligi bilan teng, yaʼni gʻarbdagi Oʻrta yer dengizidan to sharqdagi Iordan daryosigacha boʻladi. Shimoldan janubga choʻzilgan eni esa 25.000 tirsak boʻladi. Bu maxsus ajratilgan yerning oʻrtasida Maʼbad joylashadi.
9 Bu hududning bir qismi Men, Egangizga ajratilgan boʻlib, gʻarbdan sharqqa 25.000 tirsakni, shimoldan janubga 20.000 tirsakni tashkil qiladi. 10 Men bu muqaddas yerimning yarmini ruhoniylarga beraman. Ularga ajratilgan yerning gʻarbdan sharqqa boʻlgan uzunligi 25.000 tirsak, shimoldan janubga choʻzilgan eni 10.000 tirsak boʻladi. Ruhoniylarga ajratilgan yerning markazida Mening Maʼbadim joylashadi. 11 Bu yer faqat Zodoʻx avlodidan tayinlangan ruhoniylarga tegishli boʻladi, chunki ular Mening talablarimni bajardilar. Isroil xalqi va boshqa levilar Mendan yuz oʻgirganlarida, ular Mendan yuz oʻgirmadilar. 12 Menga ajratilgan hududning eng muqaddas joyi ruhoniylarning maxsus ulushi boʻladi. Ruhoniylarning bu yeri levilarning yerlariga tutashgan boʻladi. 13 Men muqaddas yerimning ikkinchi yarmini levilarga beraman. Ularga beriladigan yerning gʻarbdan sharqqa boʻlgan uzunligi 25.000 tirsak, shimoldan janubga choʻzilgan eni 10.000 tirsak boʻladi. Xullas, ruhoniy va levilarga beriladigan yerning umumiy uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak boʻladi. 14 Bu yerni sotish, ayirboshlash yoki birovning nomiga oʻtkazish qatʼiyan man etiladi. Axir, bu yer Meniki, u muqaddasdir.
15 Menga ajratilgan yerdan janubda shaharga qarashli yerlar boʻladi. Bu yerning gʻarbdan sharqqa boʻlgan uzunligi 25.000 tirsak, shimoldan janubga choʻzilgan eni 5000 tirsak boʻlib, bu yerlarda odamlarning uylari va yaylovlari boʻladi. Shahar oʻsha yerning markazida joylashadi. 16 Shaharning eni va uzunligi bir xil 4500 tirsak boʻladi. 17 Shahar har tomondan eni 250 tirsak boʻlgan yaylovlar bilan oʻralgan boʻladi. 18 Shahardan ortib qolgan gʻarbdagi va sharqdagi 10.000 tirsakka 5000 tirsak boʻlgan yer maydoni dalalar uchun moʻljallangan. U yerda shahardagi ishchilar uchun ozuqa yetishtiriladi. 19 Shaharda yashaydigan har qanday odam, qaysi qabiladan boʻlmasin, oʻsha dalalarga ekin ekishi mumkin. 20 Demak, maxsus ajratilgan yer toʻrtburchak shaklda, har bir tomoni 25.000 tirsak uzunlikda boʻladi. Bu yer muqaddas yerlarni va shahar qaramogʻidagi yerlarni oʻz ichiga oladi.
21 Maxsus ajratilgan yerning gʻarb va sharq tomonidagi ortgan yerlar Isroil hukmdoriga qarashli boʻladi. Hukmdorning sharqdagi yerlari Iordan daryosiga, gʻarbdagi yerlari Oʻrta yer dengiziga borib taqaladi. Gʻarbdagi yerning ham, sharqdagi yerning ham uzunligi 25.000 tirsak boʻladi. Ularning oʻrtasida Mening muqaddas ulushim, Maʼbadim, 22 Levilarning ulushi va Quddus shahri joylashadi. Hukmdorning yerlari shimolda Yahudo qabilasining yerlariga, janubda Benyamin qabilasining yerlariga chegaradosh boʻladi.
Janubdagi qabilalarning yerlari
23 Qolgan qabilalarga quyidagi yerlar ulush qilib beriladi: maxsus ajratilgan yerdan janubda Benyamin qabilasining hududi boʻlib, Isroil yurtining sharqiy chegarasidan gʻarbiy chegarasigacha choʻziladi. 24 Benyamin hududidan janubda Shimoʻn qabilasining hududi boʻlib, yurtning sharqiy chegarasidan gʻarbiy chegarasigacha choʻziladi. 25 Shimoʻn hududidan janubda Issaxor qabilasining hududi boʻlib, sharqiy chegaradan gʻarbiy chegaragacha choʻziladi. 26 Issaxor hududidan janubda Zabulun qabilasining hududi boʻlib, sharqiy chegaradan gʻarbiy chegaragacha choʻziladi. 27 Zabulun hududidan janubda Gad qabilasining hududi boʻlib, sharqiy chegaradan gʻarbiy chegaragacha choʻziladi.
28 Gad hududining janubiy chegarasi Tamar shahridan to Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr chegarasidagi irmoq boʻylab oʻtib, Oʻrta yer dengizigacha yetadi. 29 Shunday qilib, Isroil yurti oʻn ikki qabilaga boʻlib beriladi, olgan yerlari ularning ulushi boʻladi.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Quddus darvozalari
30 Egamiz dedi: “Shaharning darvozalari quyidagicha boʻlsin: shaharning shimoliy devori 4500 tirsak uzunlikda boʻlib, 31 uning uchta darvozasi boʻladi. Shahar darvozalariga Isroil qabilalarining nomlari beriladi. Bu tomondagi darvozalarning nomlari Ruben, Yahudo va Levi boʻladi. 32 Sharqiy devorning uzunligi ham 4500 tirsak boʻladi, uning uchta darvozasi Yusuf, Benyamin va Dan qabilalari nomlari bilan ataladi. 33 Janubiy devorning uzunligi ham 4500 tirsak boʻladi, uning uchta darvozasi Shimoʻn, Issaxor va Zabulun deb nomlanadi. 34 Gʻarbiy devorning uzunligi ham 4500 tirsak boʻladi, uning uchta darvozasi Gad, Osher va Naftali deb nomlanadi. 35 Shaharni oʻrab turgan devorning umumiy uzunligi 18.000 tirsak boʻladi. Oʻsha vaqtdan boshlab shaharning nomi «Egamiz shu yerdadir» boʻladi.”