8–BOB
Butga keltirilgan qurbonlik goʻshti masalasi
1 Butga keltirilgan qurbonlik goʻshti masalasiga kelsak. Oʻzingiz aytganingizdek, hammamiz bu haqdagi haqiqatni bilamiz. Ammo bilim odamni shishintiradi, mehr–muhabbatli inson esa oʻzgalarning manfaatini koʻzda tutadi. 2 Agar bir kishi bilimliman deb oʻylasa, u hali zarur boʻlgan bilimga erishmagan. 3 Kim Xudoni yaxshi koʻrsa, Xudo uni tanib–biladi.
4 Endi butga keltirilgan qurbonlik goʻshtini yeyish masalasiga kelsak, biz shuni bilamizki, dunyoda but hech narsa emas, birgina Xudodan boshqa Xudo yoʻq. 5 Garchi yeru koʻkda xudo deb atalgan narsalar koʻp boʻlsa–da (haqiqatan, bunaqa “xudolar” va “rabbiylar” juda koʻp), 6 biz uchun birgina Otamiz Xudo bor. U butun mavjudotning Yaratuvchisidir va biz U uchun yashaymiz. Shuningdek, birgina Rabbimiz Iso Masih bor. Butun mavjudot Masih orqali vujudga kelgan va biz U orqali yashaymiz. 7 Ammo hamma ham bularni bilmaydi. Orangizda baʼzilar “butlar bor” degan fikrga shunchalik oʻrganib qolganki, butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini yeganda ularning vijdoni qiynaladi, chunki ular bunday goʻsht yeyishni hali ham butlarga sajda qilish deb biladi. 8 Oziq–ovqat bizni Xudoga yaqinlashtira olmaydi. Axir, yemasak ham biror narsa yoʻqotmaymiz, yesak ham biror foyda koʻrmaymiz.
9 Faqat ehtiyot boʻling, sizlarning bu erkinligingiz zaiflarning vasvasaga tushishiga sabab boʻlmasin. 10 Masalan, sen bilimli odam, butxonada taom yeb oʻtiribsan, deylik. Bu masalada ikkilanib turgan birodaring seni koʻrib qoladi. Bundan keyin u butga keltirilgan qurbonlik goʻshtidan yeyishga moyil boʻlmaydimi?! 11 Oʻsha zaif birodaring uchun Masih oʻlgan, sen esa uni oʻz biliming tufayli halokatga yoʻliqtirasan. 12 Shunday qilib, ikkilanib turgan birodaringni vasvasaga solib, unga qarshi gunoh qilsang, Masihga qarshi gunoh qilgan boʻlasan. 13 Agar biror ovqatni yeyishim birodarimning gunoh qilishiga sabab boʻlsa, uni vasvasaga solmaslik uchun endi men umrbod oʻsha ovqatni yemayman.