34–BOB
Egamiz xalq bilan tuzgan ahdni tasdiqlaydi
1 Egamiz Musoga amr berdi:
— Ikkita tosh lavhani kesib ol. Ular oldingilariga oʻxshagan boʻlsin. Men oʻsha tosh lavhalarga sen sindirgan lavhalardagi amrlarni yozaman. 2 Ertalabga tayyor boʻl, Sinay togʻiga chiqib, togʻ choʻqqisida Meni kutib olishga hozir boʻlib tur. 3 Lekin sen bilan birga hech kim chiqmasin. Togʻning biror joyida hech kim boʻlmasin. Togʻning yaqinida hattoki mol–qoʻylar ham boqilmasin.
4 Egamiz amr etganday, Muso oldingilariga oʻxshagan ikkita tosh lavhani kesdi. Ertasiga saharda turib, qoʻliga ikkala tosh lavhani olib, Sinay togʻiga chiqdi. 5 Egamiz bulut ichida tushib keldi. Muso bilan birga turib, Oʻzini Musoga maʼlum qildi . 6 Musoning oldidan oʻtib, baland ovoz bilan gapirdi:
— Men Egangman! Men Egangman! Rahmdil va inoyatli, jahli tez chiqmaydigan Xudoman, sevgim va sadoqatim moʻldir. 7 Ming–ming avlodlarga sodiq sevgimni koʻrsataveraman. Fosiqlikni, isyonni va gunohlarni kechiraman. Lekin aybdorlarni aslo jazosiz qoldirmayman. Men ularni jazolayman, ularning gunohlari oqibatidan farzandlari, nabiralari va chevaralari ham qochib qutulmaydi.
8 Oʻsha zahoti Muso ikki bukilib taʼzim aylab, sajda qildi. 9 Soʻngra:
— Yo Rabbiy! — dedi. — Agar men Sendan marhamat topgan boʻlsam, iltijo qilaman, Sen biz bilan borgin. Bu xalq oʻjar boʻlsa ham, fosiqligimizni va gunohlarimizni kechirgin, bizni Oʻzingning xalqing qilib qabul et.
10 Egamiz aytdi: “Men endi Isroil xalqi bilan ahd tuzaman. Butun xalqing koʻzi oldida ajoyibotlar koʻrsataman. Bunaqa ajoyibotlar yer yuzida yoki bironta xalq orasida boʻlmagan. Men, Egangiz, sizlarga koʻrsatadigan oʻsha dahshatli ishni sen bilan birga boʻlgan butun xalq koʻradi. 11 Men sizlarga bugun beradigan amrlarga itoat qilinglar. Men sizlarning oldingizdan Amor, Kanʼon, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini quvaman. 12 Ehtiyot boʻlinglar, sizlar kiradigan yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Boʻlmasa, sizlarni tuzogʻiga ilintirib oladi. 13 Sizlar ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini maydalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni kesib tashlanglar. 14 Boshqa xudolarga sajda qilmanglar. Men, Egangizning nomi Rashkchidir: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham koʻrmaydigan Xudoman. 15 Oʻsha yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Ular oʻz xudolari ortidan hirs bilan ergashadilar. Ular bilan sulh tuzsangiz, oʻz xudolariga qurbonliklar keltirayotganlarida sizlarni ham oʻzlariga qoʻshilishga taklif qiladilar. Sizlar ular bilan borib, qurbonliklaridan tanovul qilasiz. 16 Keyin ularning qizlarini oʻgʻillaringizga olib berasizlar. Ular oʻz xudolariga hirs bilan sajda qilganda, oʻgʻillaringizni ham oʻsha xudolarga hirs qoʻyishga boshlaydilar.
17 Oʻzlaringizga xudolar tasvirlarini yasamanglar.
18 Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlanglar. Men sizlarga amr etganimday, Abib oyining belgilangan vaqtida yetti kun xamirturushsiz non yenglar, chunki sizlar Abib oyida Misrdan chiqqansizlar.
19 Toʻngʻich oʻgʻillaringiz, hamma chorvangizning — mol–qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan erkak bolasi Meniki. 20 Eshakning tugʻilgan birinchi erkak bolasini Egamizdan bir qoʻzi yoki uloqcha evaziga sotib olinglar. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning boʻynini sindirib oʻldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma toʻngʻich oʻgʻillarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim .
Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim .
21 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa ish qilmanglar. Hatto ekin–tikin paytida ham, oʻrim–yigʻim paytida ham dam olinglar.
22 Har yili bugʻdoy oʻrimini yigʻishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urugʻning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar. Kuzda Chayla bayramini nishonlanglar.
23 Hamma erkaklaringiz har yili uchala bayramda Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin. 24 Sizlarning yeringizdan xalqlarni quvaman, chegaralaringizni kengaytiraman. Har yili uch marta Men, Egangiz Xudoga sajda qilishga kelganingizda, sizlarning mulkingiz boʻlgan yerni hech kim bosib olmaydi.
25 Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qoʻshilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Fisih ziyofatining qurbonlik goʻshtini ertalabgacha qoldirmanglar.
26 Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar.
Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar .”
27 Keyin Egamiz Musoga:
— Bu soʻzlarni yozib ol! — deb amr qildi. — Shu soʻzlarga binoan Men sen bilan hamda Isroil xalqi bilan ahd tuzaman.
28 Muso oʻsha yerda Egamizning huzurida yemay–ichmay, qirq kechayu qirq kunduz boʻldi. Egamiz ikkita tosh lavhaga ahd soʻzlarini — oʻnta amrni yozdi.
Musoning yuzidan nur yogʻiladi
29 Muso qoʻliga ikkita lavhani olib, togʻdan tushdi. U Xudo bilan gaplashgani uchun yuzidan nur sochilar edi. Musoning oʻzi esa buni bilmasdi. 30 Horun ham, jamiki Isroil xalqi ham Musoni koʻrib, uning yuzidan nur yogʻilib turgani uchun birortasi unga yaqin kelishga qoʻrqardi. 31 Muso Horunni va barcha jamoa oqsoqollarini chaqirdi, ular Musoning oldiga kelishdi. Muso ular bilan gaplashgandan keyin, 32 jamiki Isroil xalqi unga yaqinroq keldi. Muso Sinay togʻida Egamiz bergan amrlarni bajarishni xalqqa buyurdi. 33 Muso ular bilan gaplashib boʻlgandan keyin, yuziga yopinchiq yopib oldi.
34 Muso Egamizga gapirish uchun Uning huzuriga borganda, yuzidagi yopinchiqni olib tashlar edi. U chiqib, Egamiz, ayt, deb buyurgan hamma amrni Isroil xalqiga yetkazardi. Shunda Isroil xalqi 35 Musoning yuzi hamon nur sochib turganini koʻrardi. Soʻngra Muso keyingi safar Egamiz bilan gaplashish uchun borguniga qadar yuzini yopib olardi.