27–BOB
Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga oid koʻrsatmalar
1 Akas yogʻochidan toʻrtburchak qilib qurbongoh yasat. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, boʻyi uch tirsak boʻlsin. 2 Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasat. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qoplat. 3 Qurbongohdagi kulni toʻkkani qozonlar, kuraklar, togʻorachalar, sanchqilar, olovkuraklar yasat. Hamma buyumlarni bronzadan qildir. 4 Qurbongohga bronzadan panjara yasat. Panjaraning toʻrtala burchagiga toʻrtta bronza halqa yasat. 5 Panjarani qurbongohning ichiga — toʻrt tomoniga oʻrnatilgan tokchaning ostida oʻrnat, yarmigacha yetib borsin. 6 Yana qurbongoh uchun akas yogʻochidan xodalar yasatib, xodalarni bronza bilan qoplat. 7 Qurbongohni koʻtarib yurish uchun qurbongohning ikkala yonidagi halqalardan xodalarni oʻtkaz. 8 Qurbongohning chetlariga taxta qoqtirib, ichini boʻsh qoldir. Qurbongohni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatganimday qilib yasattir.
Muqaddas chodir hovlisi atrofidagi toʻsiqqa oid koʻrsatmalar
9 Soʻngra Muqaddas chodirning hovlisini oʻrab tursin deb, pardadan toʻsiq qildir: toʻsib turadigan pardalarni mayin zigʻir matosidan tiktir. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi yuz tirsak boʻlsin. 10 Oʻsha toʻsiqda bronzadan qilingan yigirmata taglikka oʻrnatilgan yigirmata ustun boʻlsin. Shu yerdagi pardalarni osish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat. 11 Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ham yuz tirsakni tashkil qilsin, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagliklari ham boʻlsin. Pardalarini osish uchun ustunlariga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat. 12 Hovlining gʻarb tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ellik tirsak , uning oʻnta ustuni va tagligi boʻlsin. 13 Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda boʻlsin. 14-15 Hovliga kirish joyi shu yer boʻladi. Kirishning oʻng va chap tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqlarning uzunligi oʻn besh tirsakdan boʻlsin, har ikki tomonga uchtadan ustun va tagliklar oʻrnatilsin. 16 Hovliga kirish joyiga uzunligi yigirma tirsak boʻlgan parda qildir. Uni mayin zigʻir matosidan tiktir, ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. Bu pardani toʻrtta taglikka oʻrnatilgan toʻrtta ustun ushlab turadi. 17 Hovlining atrofidagi hamma ustunlarning kumushdan qilingan ilgaklari va halqalari, bronzadan qilingan tagliklari boʻlsin. 18 Hovlining uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak boʻlsin. Toʻsib turadigan pardalar mayin zigʻir matosidan tiktirilib, boʻyi besh tirsak boʻlsin. Tagliklar bronzadan boʻlsin. 19 Muqaddas chodirning boshqa barcha zarur ashyolari ham, Chodirni va pardadan qilingan toʻsiqni ushlab turadigan qoziqlar ham bronzadan yasalsin.
Moychiroqlar uchun zaytun moyiga oid koʻrsatmalar
20 Sen Isroil xalqiga buyruq ber: chiroqpoyadagi moychiroqlar uchun toza zaytun moyini ular senga olib kelib turishsin, toki moychiroqlar har doim tun boʻyi yonib tursin. 21 Chiroqpoya Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻini toʻsib turgan ichki parda oldiga oʻrnatilgan boʻlsin. Horun va uning oʻgʻillari, har kuni oqshomdan ertalabgacha Egamizning huzurida moychiroqlar yonib tursin deb, moychiroqlardan xabar olib turishsin. Bu qonun–qoidaga Isroil xalqi avlodlar osha doimo amal qilsin.