28–BOB
Soxta paygʻambar Xanoniyo
1 Ayni oʻsha yili, yaʼni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining ilk davrida, toʻrtinchi yili beshinchi oyida Xanoniyo paygʻambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Azzurning oʻgʻli edi. U menga shunday dedi:
2 — Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Bobil shohi solgan boʻyinturuqni Men sindirib tashladim. 3 Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman. 4 Bundan tashqari, Bobilga surgun boʻlgan Yahudo shohi Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinni va u bilan birga hamma asirlarni qaytarib olib kelaman. Men Bobil boʻyinturugʻini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.
5 Shunda men Egamiz uyida hozir boʻlgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga 6 shunday dedim:
— Omin! Iloyim, aytganingizday boʻlsin. Bashorat qilgan soʻzlaringizni Egamizning Oʻzi bajo aylasin. Oʻz uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin. 7 Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi boʻlgan mana bu gaplarimni eshiting. 8 Sizdan va mendan oldin oʻtgan paygʻambarlar koʻp yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va oʻlatni bashorat qilgan edilar. 9 Tinchlikni bashorat qilgan paygʻambarning bashorati bajo boʻlganidan keyingina , xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi” deb tan olar edi.
10 Soʻng Xanoniyo paygʻambar Yeremiyoning gardanidagi boʻyinturuqni olib sindirdi–da, 11 toʻplanib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi:
— Egamiz aytmoqda: “Xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan boʻyinturugʻini olib, sindirib tashlayman.”
Bu gaplardan keyin Yeremiyo oʻz yoʻliga ketdi.
12 Xanoniyo paygʻambar Yeremiyo paygʻambarning gardanidagi boʻyinturuqni sindirgandan keyin, koʻp oʻtmay Egamiz Yeremiyoga Oʻz soʻzini ayon qilib dedi: 13 “Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: «Egamiz aytmoqda: sen yogʻoch boʻyinturuqni sindirding, ammo oʻshaning oʻrniga Men temir boʻyinturuq yasayman. 14 Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir boʻyinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning ixtiyoriga topshiraman.»”
15 Yeremiyo paygʻambar Xanoniyo paygʻambarga dedi:
— Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolgʻon gaplaringga ishontirib qoʻyding. 16 Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: “Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen oʻz bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qoʻzgʻatganing uchun shu yiliyoq oʻlasan.”
17 Oʻsha yilning yettinchi oyida Xanoniyo olamdan oʻtdi.