7–BOB
Toʻfon
1 Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila aʼzolaring bilan kema ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih boʻlib yurganlardan faqat seni topdim, xolos. 2 Oʻzing bilan halol hayvonlarning urgʻochi va erkagidan yetti juftdan, harom hayvonlarning urgʻochi va erkagidan esa bir juftdan ol. 3 Qushlarning har bir turidan — erkagi va urgʻochisidan ham yetti juftdan tanlab ol, toki butun yer yuzida bu jonzotlarning turlari saqlanib qolsin. 4 Yetti kundan keyin, Men yer yuziga qirq kechayu qirq kunduz davomida yomgʻir yogʻdiraman. Oʻzim yaratgan har bir tirik narsani yer yuzidan yoʻq qilaman.” 5 Nuh hammasini Egamiz amr etganday qildi.
6 Yer yuzini toʻfon bosganda, Nuh 600 yoshda edi. 7 Nuh bilan birga xotini, oʻgʻillari, kelinlari toʻfondan omon qolish uchun kemaning ichiga kirdilar. 8 Halol va harom hayvonlardan, qushlardan, yerda sudralib yuruvchi jonivorlardan, hasharotlardan har biri 9 — erkak va urgʻochisi juft–juft boʻlib Nuh bilan birga kemaga kirdi. Shunday qilib, Nuh Xudoning hamma amrlarini bajardi. 10 Yetti kundan keyin yer yuzini toʻfon bosa boshladi.
11 Nuh 600 yoshga kirganda, ikkinchi oyning oʻn yettinchi kuni yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi , osmonning qopqalari ochildi . 12-13 Ayni oʻsha kuni Nuh bilan birga uning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu qirq kunduz tinmay yomgʻir yogʻdi. 14 Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, yerda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining har bir turidan kemaga kirdi. 15 Bu tirik jonzotlar ikkita–ikkitadan boʻlib Nuh bilan birga kemaga kirdi. 16 Xudo Nuhga amr qilganday, hamma jonivorlarning erkak va urgʻochisi kemaga kirib boʻlgach, Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi.
17 Yer yuzida qirq kun davomida toʻfon boʻlib, suv yerni koʻmdi, kemani yerdan yuqori koʻtardi. 18 Suv yer ustida tobora koʻpayib borar, kema suv yuzida suzardi. 19 Suv yer yuzida shunchalik toʻlib–toshdiki, baland togʻlar ham koʻmilib ketdi. 20 Suv togʻlardan oʻn besh tirsak balandlikka koʻtarildi. 21 Yer yuzida yurgan jamiki jonzot — qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, inson zoti nobud boʻldi. 22 Quruq yer ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud boʻldi. 23 Yer yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yoʻq qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada boʻlganlargina tirik qoldilar, xolos. 24 Suv 150 kun davomida yer yuzini qoplab turdi.