4–BOB
Imonlilarning birligi va yangi hayoti
1 Rabbimiz Iso haqi mahbus boʻlgan men — Pavlus sizlardan oʻtinib soʻrayman: Xudo sizlarni Oʻziga daʼvat qilganini yoddan chiqarmay, shu daʼvatga munosib tarzda yashanglar. 2 Doimo kamtar va muloyim boʻlinglar, mehr–muhabbat bilan bir–biringizga nisbatan sabr–toqatli boʻlinglar. 3 Oʻzaro tinch–totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydiringlar. 4 Hammamiz bir tananing aʼzolarimiz , qalbimizdagi Muqaddas Ruh ham birdir. Shuningdek, Xudo bizni daʼvat qilib, hammamizga bergan umid ham birdir. 5 Rabbimiz bir, imonimiz ham birdir, bir maqsadda suvga choʻmdirilganmiz. 6 Barchamizning Otamiz Xudo birdir. U hammamizdan ustun boʻlib, hammamiz orqali Oʻz irodasini bajo qiladi. U hammamizning oramizdadir. 7 Masih Oʻz inoyatiga koʻra, har birimizga turli xil inʼomlar bergan. 8 Mana, Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan:

“Yuksaklarga chiqdi U,
Asirlarni ortidan ergashtirdi.
Insonlarga hadyalar berdi.”

9 U yuksaklarga chiqdi degan soʻzlar nimani bildiradi? U oldin pastga — yer yuziga tushgandan boshqa nimani bildirishi mumkin?! 10 Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi.
11 Masih baʼzilarni havoriy, baʼzilarni esa paygʻambar, baʼzilarni Xushxabar voizi, yana boshqalarni jamoatlarning choʻponlariyu ustozlari qilib tayinladi, 12 toki ular Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, yaʼni jamoat imonda mustahkam turadi. 13 Buning natijasida hammamiz imonda yakdil, Xudoning Oʻgʻli Masihni tanib–biladigan, Uning kamoliga erishgan yetuk odamlar boʻlamiz. 14 Shunda biz norasida goʻdaklarga oʻxshamaymiz, shamol esgan tomonga egiladigan novdaday boʻlmaymiz. Har xil taʼlimotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz. 15 Kelinglar, mehr–muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi boʻlgan Masihga oʻxshab har jihatdan yetuk insonlar boʻlaylik. 16 Uning boshchiligida butun badan payu boʻgʻinlar yordamida oʻzaro ulanadi va birikadi. Har bir aʼzo oʻz vazifasini bajarar ekan, butun badan oʻsib boradi va mehr–muhabbat tufayli baquvvat boʻladi.
17 Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qatʼiy tayinlab, sizlarga aytaman: endi xudosiz odamlarday yashamanglar, ular singari behuda oʻy–xayollarga berilmanglar. 18 Ularning onglarini zulmat qoplagan, ular Xudo beradigan yangi hayotga begonadirlar, chunki ular bagʻri tosh boʻlib, jaholatda qolganlar. 19 Ular har qanday or–nomus tuygʻusini yoʻqotib, fisqu fujurga berilganlar, har xil iflos ishlarni ishtiyoq bilan qiladilar. 20 Ammo sizlar Masihdan bunday ishlarni oʻrganmagansiz. 21 Sizlar Masihning soʻzlarini eshitib, Uning taʼlimotini olgansizlar, chunki haqiqat Masihda jamdir. 22 Oldingi yashash tarzingizga tobe boʻlmang, eski oʻzligingizdan voz keching, chunki u aldovchi ehtiroslar tufayli buzilib ketgan. 23 Yangichasiga fikr–zikr qiladigan boʻlinglar. 24 Xudoning suratida yaratilgan, haqiqiy solihlik va muqaddaslikdan iborat boʻlgan yangi tabiatga burkaninglar.
Yangi hayot uchun yoʻl–yoʻriqlar
25 Endi yolgʻon gapirishni bas qilib, har biringiz oʻz yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir, hammamiz bir tananing aʼzolarimiz–ku. 26 Hatto gʻazablanganingizda ham gunoh qilmanglar . Quyosh botguncha jahldan tushinglar. 27 Iblisga fursat bermanglar. 28 Oldin oʻgʻri boʻlgan endi oʻgʻrilik qilmasin, balki ishlasin, oʻz qoʻllari bilan mehnat qilsin. Shunda muhtojlarga ham topgan–tutganidan yordam bera oladi. 29 Ogʻzingizdan hech qanday yaramas soʻz chiqmasin. Lekin tinglovchilarning ehtiyojiga koʻra, kerakli gaplarni aytib, ularga dalda bering, shunda soʻzlaringiz ularga foyda keltiradi.
30 Xudoning Muqaddas Ruhini xafa qilmanglar, chunki Muqaddas Ruh sizlarning Xudoga tegishli ekaningizning hamda bir kun kelib , butunlay ozod boʻlishingizning dalilidir. 31 Har qanday gina–kudurat, qahru gʻazab, janjalkashlik, gʻiybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni oʻzingizdan soqit qilinglar. 32 Bir–biringizga nisbatan koʻngilchan va mehr–shafqatli boʻlinglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar.