5–BOB
1 Isoning Masih ekanligiga ishongan har bir kishi Xudoning farzandidir. Kim Otani yaxshi koʻrsa, Uning farzandlarini ham yaxshi koʻradi. 2 Biz bilamizki, Xudoni sevib, Uning amrlarini bajarsak, Xudoning farzandlarini ham yaxshi koʻrgan boʻlamiz. 3 Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas, 4 chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir.
Isoga boʻlgan imonimiz dunyoni yengadi
Biz imonimiz orqali dunyo ustidan gʻalaba qozonamiz. 5 Ha, Iso Xudoning Oʻgʻli ekanligiga ishongan odamgina dunyoni yenga oladi! 6 Iso Masih kelganda suvga choʻmdirilib, biz uchun Oʻz qonini toʻkdi. U suvga choʻmish bilan cheklanibgina qolmay , Oʻz qonini toʻkdi . Muqaddas Ruhning Oʻzi bu haqda guvohlik beryapti va Uning guvohligi haqiqatdir. 7 Shunday qilib, bunga uchta guvoh bor: 8 Ruh, suv va qon . Ular bir xil guvohlik berishyapti.
9 Biz insonlarning guvohligini qabul qilamiz, Xudoning guvohligi esa undan qanchalar muhimroq. Xudo ham Oʻz Oʻgʻli haqida guvohlik berdi. 10 Xudoning Oʻgʻliga ishongan odam Xudoning guvohligini chin dildan qabul qilgan boʻladi. Xudoga ishonmagan odam esa Xudoni yolgʻonchiga chiqaradi, chunki u Xudoning Oʻz Oʻgʻli haqida bergan guvohligiga ishonmaydi. 11 Xudoning guvohligi shundan iborat: Xudo bizga abadiy hayot berdi va bu abadiy hayotning manbai Xudoning Oʻgʻli Isodir. 12 Kim Xudoning Oʻgʻliga ega boʻlsa, hayotga egadir. Xudoning Oʻgʻliga ega boʻlmagan odamda esa hayot yoʻq.
Xotima
13 Ey Xudoning Oʻgʻliga ishonganlar, sizlar abadiy hayotga egasizlar. Shuni bilib olinglar deb, sizlarga bu maktubni yozyapman. 14 Biz abadiy hayotga ega boʻlganimiz uchun Xudoning huzurida dadil boʻlamiz, chunki Xudoning irodasiga koʻra, nimani soʻrasak, U bizga quloq tutishini bilamiz. 15 Xudo ibodatlarimizga quloq tutar ekan, demak, ibodatlarimizga javob olganimizga toʻliq ishonch hosil qilamiz.
16 Agar biror kishi birodarining gunoh qilayotganini koʻrsa–yu, bu gunoh abadiy oʻlimga sabab boʻlmasa, u uchun ibodat qilsin. Uning ibodati tufayli Xudo gunoh qilgan odamga hayot bagʻishlaydi. Men gunohi abadiy oʻlimga sabab boʻlmaydigan odamni nazarda tutyapman. Abadiy oʻlimga sabab boʻladigan gunoh ham bor. Bunday gunohga qoʻl urgan odamlar uchun ibodat qilinglar, deb aytmayapman. 17 Har qanday yomonlik gunohdir, ammo hamma gunoh ham abadiy oʻlimga sabab boʻlavermaydi.
18 Xudoning farzandi boʻlgan odam gunoh qilmasligini bilamiz, chunki Xudo bunday odamni Oʻz panohida asraydi . Yovuz shayton unga biror zarar yetkaza olmaydi. 19 Biz Xudodan ekanimizni, butun dunyo esa yovuz shayton changalida ekanini bilamiz. 20 Yana shuni bilamizki, Xudoning Oʻgʻli kelib, haq Xudoni tanib–bilishimiz uchun bizga aql–idrok berdi. Biz Iso Masih bilan birga yashar ekanmiz, haq Xudo bilan ham birga yashaymiz. Iso Masih haq Xudodir va abadiy hayot manbaidir.
21 Aziz bolalarim , oʻzlaringizni butlardan saqlanglar .