6–BOB
Ayubning ikkinchi nutqi: nohaqlik qilmagani haqida
1 Shundan keyin Ayub yana gapirdi:
2 “Qani endi, qaygʻularimni oʻlchashning iloji boʻlsa edi,
Mening kulfatlarim tarozida tortib koʻrilsa edi.
3 Ular dengiz qumlaridan ham ogʻirroq chiqqan boʻlar edi.
Shuning uchun ham boʻlar–boʻlmas gaplar aytdim.
4 Qodir Xudo otgan nayzalar tanamdadir,
Ruhim ularning zahridan ichmoqda.
Xudoning barcha dahshatlari menga qarshi tayyorlangan.
5 Asov eshak oʻt yoʻqligida hangraydi–ku!
Hoʻkiz ham oxurida yem boʻlmasa boʻkiradi–ku!
6 Tuzsiz ovqatni yeb boʻlmaydi–ku!
Pishirilmagan tuxum oqi axir, naqadar bemaza!
7 Ularni koʻrib ishtaham yoʻqoladi.
Ularni yeyishni oʻylasam koʻnglim ayniydi.
8 Qani endi, tilagim bajo boʻlsa edi,
Xudo niyatimni bajo keltirsa edi!
9 Qani endi, Xudo meni ezib tashlashga rozi boʻlsa edi,
Qoʻliga erk berib, jonimni olsa edi.
10 Ana oʻshanda men tasalli topgan boʻlardim,
Hatto ogʻriqlarimga qaramay quvongan boʻlardim,
Chunki Muqaddas Xudoning soʻzlarini men rad qilganim yoʻq.
11 Qachongacha kutaman axir, kuchim yetarmikan?!
Oxiri nima boʻladi oʻzi?
Nima uchun sabr–toqat qilishim kerak?!
12 Men toshday qattiq emasman–ku!
Mening tanam temirdan emas–ku!
13 Yoʻq, oʻzimga oʻzim yordam berolmayman,
Hech bir chora–ilojim yoʻq.
14 Qaygʻu–alam tortayotgan inson
Qodir Xudodan qoʻrqishni rad qilgan boʻlsa ham,
Oʻsha insonga sodiq doʻstlar kerak .
15 Ammo doʻstlarimga ham ishonib boʻlmaydi,
Ular oqib oʻtib ketadigan irmoqlardaydir.
16 Oʻsha irmoqlar muzu qor eriganda toshib oqadi,
17 Issiq havoda esa ular qurib qoladi,
Kun qiziganda gʻoyib boʻladi.
18 Karvonlar bu irmoqlarni qidirib,
Yoʻllaridan adashib ketadilar.
Yurib–yurib, choʻlda halok boʻladilar.
19 Temo yurtining karvonlari ham suv qidirib keladilar,
Shava yurtidan kelganlar ham suvga umid qiladilar.
20 Ammo oʻsha irmoqlarga ishonganlar tushkunlikka tushadilar,
U yerga borib, gangib qoladilar.
21 Sizlar ham men uchun xuddi oʻsha irmoqlardaysizlar.
Kulfatimni koʻrib turib, vahimaga tushyapsizlar.
22 Sizlardan biron narsa soʻradimmi?!
Yoki boyligingizdan berib, meni qutqaringlar, deb aytdimmi?!
23 Dushmanlarimning qoʻlidan qutqaringlar, dedimmi?!
Yoki zoʻravonlardan meni xalos qilinglar, deb soʻradimmi?!
24 Menga oʻrgatinglar, mayli jim turaman.
Qanday notoʻgʻri ish qilganimni tushuntirib beringlar.
25 Haqiqat soʻzlari naqadar achchiq!
Lekin gaplaringiz nimani isbotlayapti?
26 Meni behuda gaplarni aytyapti, deb oʻylaysiz.
Shunday ekan, nimaga tushkunlikda aytganlarimga javob qaytarasiz?!
27 Sizlar hatto yetimlar uchun qurʼa tashlagan boʻlardingiz.
Doʻstingiz ustidan savdolashib, uni sotgan boʻlardingiz.
28 Endi marhamat qilib menga qaranglar,
Men sizlarga yolgʻon gapirmayman.
29 Bas endi, nohaqlik qilmang.
Axir, mening aybim yoʻq–ku!
30 Yo gapimda biror nohaqlik bormi?
Tilim yovuzlikning taʼmini ajrata bilmaydimi?!