35–BOB
Najot topishga umid
1 Choʻlu biyobon shod boʻladi,
Sahro quvonib, atirgulday gullaydi.
2 Hamma yoqda gul–chechaklar ochiladi,
Choʻl shodlanib, quvonchdan hayqiradi.
Lubnonning chiroyi, Karmil togʻining,
Sharon tekisligining ulugʻvorligi Unga beriladi.
Ular Egamizning shuhratini,
Xudoyimizning ulugʻvorligini koʻradi.
3 Qoʻllari charchaganlarga dalda bergin,
Tizzalari bukilganlarga madad bergin.
4 Qoʻrqoq yuraklarga shunday deb aytgin:
“Dadil boʻling, qoʻrqmang!
Mana, Xudoyingiz!
Qasos kelmoqda ilohiy intiqom ila,
Uning Oʻzi sizlarga najot beradi.”
5 Oʻsha paytda koʻrlarning koʻzlari ochiladi,
Karlarning quloqlari esa eshitadi.
6 Choʻloq ham ohuday sakraydi,
Soqov shodlikdan hayqiradi.
Mana, axir, sahroda suv sharillab oqmoqda,
Choʻl joylar esa irmoqlarga toʻla.
7 Qizib yotgan qum hovuzga aylanadi,
Qaqragan yer qaynayotgan buloq boʻladi.
Oldin chiyaboʻrilar yashagan maskanlarda
Endi maysa, qamish, papiruslar oʻsadi.
8 Oʻsha yerdan katta yoʻl oʻtadi,
Muqaddas Yoʻl deb atalgan yoʻl boʻladi.
Nopoklar u yoʻlga qadam bosmaydi,
Bu yoʻl mana shu yoʻldan yuradiganlarga qarashlidir.
Bu yoʻldan yuradiganlar,
Hatto idroksizlar ham adashmaydi .
9 U yerda sher boʻlmaydi.
Yirtqich hayvon yurmaydi.
Ular bu yerda topilmaydi.
Ha, faqat najot topganlar oʻsha yerda yuradi.
10 Egamiz qutqarganlar qaytib keladi,
Ular qoʻshiq aytib, Quddusga kiradi.
Boshlarida abadiy shodlik toji boʻladi,
Shod–xurramlik ularni qamrab oladi,
Qaygʻu, gʻamlar yoʻq boʻlib ketadi.
35–BOB
Najot topishga umid
1 Choʻlu biyobon shod boʻladi,
Sahro quvonib, atirgulday gullaydi.
2 Hamma yoqda gul–chechaklar ochiladi,
Choʻl shodlanib, quvonchdan hayqiradi.
Lubnonning chiroyi, Karmil togʻining,
Sharon tekisligining ulugʻvorligi Unga beriladi.
Ular Egamizning shuhratini,
Xudoyimizning ulugʻvorligini koʻradi.
3 Qoʻllari charchaganlarga dalda bergin,
Tizzalari bukilganlarga madad bergin.
4 Qoʻrqoq yuraklarga shunday deb aytgin:
“Dadil boʻling, qoʻrqmang!
Mana, Xudoyingiz!
Qasos kelmoqda ilohiy intiqom ila,
Uning Oʻzi sizlarga najot beradi.”
5 Oʻsha paytda koʻrlarning koʻzlari ochiladi,
Karlarning quloqlari esa eshitadi.
6 Choʻloq ham ohuday sakraydi,
Soqov shodlikdan hayqiradi.
Mana, axir, sahroda suv sharillab oqmoqda,
Choʻl joylar esa irmoqlarga toʻla.
7 Qizib yotgan qum hovuzga aylanadi,
Qaqragan yer qaynayotgan buloq boʻladi.
Oldin chiyaboʻrilar yashagan maskanlarda
Endi maysa, qamish, papiruslar oʻsadi.
8 Oʻsha yerdan katta yoʻl oʻtadi,
Muqaddas Yoʻl deb atalgan yoʻl boʻladi.
Nopoklar u yoʻlga qadam bosmaydi,
Bu yoʻl mana shu yoʻldan yuradiganlarga qarashlidir.
Bu yoʻldan yuradiganlar,
Hatto idroksizlar ham adashmaydi .
9 U yerda sher boʻlmaydi.
Yirtqich hayvon yurmaydi.
Ular bu yerda topilmaydi.
Ha, faqat najot topganlar oʻsha yerda yuradi.
10 Egamiz qutqarganlar qaytib keladi,
Ular qoʻshiq aytib, Quddusga kiradi.
Boshlarida abadiy shodlik toji boʻladi,
Shod–xurramlik ularni qamrab oladi,
Qaygʻu, gʻamlar yoʻq boʻlib ketadi.