14–BOB
Iso Shabbat kuni xastaga shifo beradi
1 Bir Shabbat kuni Iso farziylar rahnamolaridan birining uyiga mehmonga bordi. Uni diqqat bilan kuzatib oʻtirishardi. 2 Isoning oldiga istisqo dardidan qoʻl–oyoqlari shishib ketgan bir odam kelib qoldi. 3 Iso Tavrot tafsirchilaridan va farziylardan soʻradi:
— Qonunimizga koʻra, Shabbat kuni odamga shifo berish mumkinmi yoki yoʻqmi?
4 Ular esa indamadilar.
Iso xasta odamga qoʻl tekkizib, shifo berdi va uni joʻnatib yubordi. 5 Soʻng ularga dedi:
— Birortangizning farzandingiz yoki molingiz quduqqa tushib ketsa, Shabbat kuni boʻlishiga qaramay, uni darhol chiqarib olmaysizlarmi?!
6 Ular esa bu gapga biron javob topa olmadilar.
Kamtarlik va mehmondoʻstlik
7 Mehmonlar toʻrdan joy tanlashga intilayotgan edilar. Iso buni koʻrib, shunday masal aytdi: 8 “Sizni toʻy ziyofatiga taklif qilishganda, toʻrga chiqib olmang. Mehmonga chaqirilganlar orasida sizdan ham hurmatliroq boshqasi boʻlishi mumkin. 9 Ikkovingizni taklif qilgan mezbon kelib, sizga:
— Joyingizni bu odamga boʻshatib bering, — deb aytishi mumkin. Shunda siz xijolat tortib, poygakda oʻtirishga majbur boʻlasiz. 10 Shuning uchun taklif etilganingizda, poygakda oʻtiring, toki mezbonning oʻzi kelib sizga:
— Doʻstim, iltimos toʻrga chiqing, — deb aytsin. Shunda boshqa mehmonlar koʻzida sizning hurmatingiz oshadi. 11 Zotan, oʻzini oʻzi yuksaltirgan kamsitiladi, oʻzini past tutgan esa yuksaltiriladi.”
12 Iso Oʻzini taklif qilgan xonadon sohibiga aytdi:
— Tushki yo kechki ziyofat berganingizda, doʻstlaringizni yoki aka–ukalaringizni, qarindosh–urugʻlaringizni yo boʻlmasa, boy qoʻshnilaringizni taklif qilmang. Aks holda, ular ham sizni mehmonga chaqirib, qilgan yaxshiligingizni qaytaradilar. 13 Aksincha, ziyofat berganingizda, kambagʻal–qashshoqlarni, choʻloq, shollarni, koʻrlarni taklif qiling. 14 Shunda baxtli boʻlasiz. Chunki ular qilgan yaxshiligingizni qaytara olmasalar–da, solihlar tirilgan zamonda buning savobini koʻrasiz.
Toʻkin ziyofat haqida masal
15 Dasturxon atrofida oʻtirgan mehmonlardan biri Isoning bu soʻzlarini eshitib, Unga dedi:
— Xudoning Shohligida ziyofat yeydigan kishi baxtlidir!
16 Iso oʻsha odamga shunday dedi: “Bir odam katta ziyofat tayyorlab, koʻpchilikni taklif etibdi. 17 Ziyofat vaqti boʻlganda:
— Kelinglar, dasturxon tayyor boʻldi, — deb mehmonlarni chaqirgani xizmatkorini yuboribdi. 18 Ammo taklif qilinganlarning hammasi birday uzr soʻray boshlabdilar. Birinchisi unga debdi:
— Men yer sotib olgan edim, oʻsha yerni koʻrgani borishim kerak. Iltimos, meni kechiring.
19 Boshqasi esa:
— Men besh juft hoʻkiz sotib oldim, ularni sinagani ketyapman. Iltimos, meni kechiring, — debdi. 20 Yana boshqasi:
— Men yangi uylandim, shuning uchun bora olmayman, — debdi.
21 Xizmatkor qaytib kelib, xoʻjayiniga axborot beribdi. Shunda uy sohibi gʻazablanib, xizmatkoriga buyuribdi:
— Hoziroq shahar koʻchalarini, yoʻlaklarini aylanib chiq. Qashshoq, choʻloq, koʻr va shollarni bu yerga olib kel.
22 Bir oz vaqtdan keyin xizmatkor shunday deb keldi:
— Xoʻjayin, buyurganlaringizni bajardim, lekin yana boʻsh joy qoldi.
23 Shunda xoʻjayin xizmatkoriga aytibdi:
— Yoʻllarga, yoʻlaklarga bor, odamlarni koʻndirib olib kel, toki uyim toʻlsin. 24 Sizlarga aytay: taklif qilinganlarning birortasi ham ziyofat taomlaridan aslo totib koʻrmaydi .”
Shogirdlikning qiymati
25 Katta bir olomon Isoga ergashib ketayotgan edi. Iso ularga qarab dedi: 26 “Menga ergashgan odam Meni ota–onasidan, xotini va bola–chaqasidan, aka–uka va opa–singillaridan, hatto oʻz jonidan ortiq sevishi kerak , aks holda, u Mening shogirdim boʻlolmaydi. 27 Oʻz xochini koʻtarib , ortimdan yurmagan odam ham Mening shogirdim boʻlolmaydi.
28 Sizlardan birortangiz minora qurmoqchi boʻlsangiz, uni bitirish uchun mablagʻ yetarlimi, deb oldindan xarajatini hisoblab chiqmaysizmi? 29 Aks holda, siz poydevor yotqizasiz–u, minorani bitkaza olmaysiz. Buni koʻrganlarning hammasi ustingizdan kulib, shunday deb aytishadi: 30 «Bu odam qurilishni boshladi, ammo bitira olmadi.»
31 Yoki qaysi shoh boshqa bir shohga qarshi urushga chiqishdan avval oʻtirib: «Dushman yigirma ming askari bilan menga qarshi kelyapti, men oʻn ming askarim bilan unga bas kela olamanmi?» deb oʻylamaydimi?! 32 Kuchi yetmasa, dushman hali uzoqdaligida uning oldiga elchi yuborib, sulh tuzaylik, deb iltimos qiladi. 33 Xuddi shu singari, bor mol–mulkingizdan kechmasangiz, birontangiz ham Mening shogirdim boʻla olmaysiz.
Tuz haqida
34 Tuz — yaxshi narsa. Lekin tuz oʻz taʼmini yoʻqotsa, uni yana qanday shoʻr qilib boʻladi?! 35 Bunday tuz yerga ham, goʻngga ham yaramaydi, uni tashlab yuboradilar. Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!”