21–BOB
Ayubning yettinchi nutqi: fosiqlarning farovonligi haqida
1 Ayub shunday deb javob berdi:

2 “Soʻzlarimga yaxshilab quloq soling,
Mana shu sizlarning menga bergan tasallingiz boʻladi.
3 Sabr qiling, men ham gapiray,
Gapirib boʻlganimdan keyin, mazax qilavering.
4 Men insonlarga emas, Xudoga arz qilyapman–ku.
Shuning uchun sabrim chidamayapti–da.
5 Mana, holimga qarang, dovdirab qolasiz,
Damingiz ichingizga tushib, hang–mang boʻlasiz.
6 Boshimga tushgan kulfatlar haqida oʻylasam, vahimaga tushaman,
Tanamni qaltiroq bosadi.
7 Nima uchun fosiqlarning umrlari uzilmay, davom etaveradi?
Nega ular keksa yoshga yetadilar?
Nega nufuzi oshib boraveradi?
8 Farzandlari oʻsib, oʻz oʻrnini topganini koʻradi,
Nevaralarini ham koʻrishga muyassar boʻladi.
9 Uylari xavf–xatarsiz boʻladi,
Xudoning tayogʻi ularning boshiga tushmaydi.
10 Buqalari hech bir qiyinchiliksiz koʻpayaveradi,
Sigirlari bolalaydi, hech qachon bolasi tushib qolmaydi.
11 Fosiqlarning bolalari qoʻzilarga oʻxshab sakraydilar,
Farzandlari oʻynab–kulib yuraveradilar.
12 Doira va lira sadosiga qoʻshiq kuylaydilar,
Nay sadosiga oʻyin–kulgi qiladilar.
13 Umrlari farovonlikda oʻtadi,
Oʻliklar diyoriga tinchgina ketadilar.
14 Xudoga shunday deydilar: «Bizni tinch qoʻy!
Sening yoʻllaringni bilishni xohlamaymiz.
15 Qodir Xudo kim boʻlibdiki, Unga xizmat qilsak,
Unga iltijo qilsak, bizga nima foyda tegardi?!»
16 Ammo fosiqlarning farovonligi oʻz qoʻlining ishi emas–ku!
Fosiqlarning oʻy–xayollaridan men jirkanaman.

17 Fosiqlarning chirogʻi biron marta boʻlsa ham oʻchdimi?
Boshiga tez–tez kulfat tushib turibdimi?
Xudo Oʻz gʻazabida ularga qiynoq beryaptimi?
18 Qachon ular shamolda toʻzigan xashakday,
Boʻron uchirib ketgan somonday boʻladilar?
19 Sen: «Xudo insonlarning gunohlari uchun
Ularning farzandlarini jazolaydi», deysan.
Men esa gunohkorlarning oʻzi jazolansin, deyman.
Mana shu ularga saboq boʻladi.
20 Gunohkorlar oʻz koʻzlari bilan halokatlarini koʻrsinlar.
Oʻzlari Qodir Xudoning gʻazabi sharobini ichsinlar.
21 Zotan, ular oʻlganlaridan keyin
Oilasiga nima boʻlishini oʻylamaydilar ham!

22 Kim Xudoga saboq bera oladi,
Axir, U hatto samoviy zotlarni hukm qiladi–ku!
23 Mana, bir odam toʻliq farovonlikda,
Tinch va xotirjam olamdan koʻz yumadi.
24 Uning beli baquvvat,
Suyaklari ilikka toʻla.
25 Ikkinchi odam esa ruhi tushkun holda,
Hech qachon yaxshilik koʻrmay oʻlib ketadi.
26 Ikkovi ham tuproqda birday yotadi,
Ularni qurtlar bosib ketadi.

27 Eh, doʻstlarim, niyatlaringizni bilaman,
Maqsadlaringiz ham menga ayon.
28 Sizlar: «Qani zolim amaldorning uyi?
Fosiqlarning chodiri qayerda?» deb soʻraysizlar.
29 Koʻp joylarga borib kelganlardan soʻranglar.
Ular aytganlarini inkor qila olmaysiz!
30 Kulfat kunida fosiqlar najot topishlarini,
Xudoning gʻazab kunida qutqarilishlarini ular aytadilar–ku!
31 Fosiqlarning qilmishlarini kim ularning yuziga soladi?
Qilmishlari uchun kim ularni jazolaydi?
32 Jasadlari qabrga olib borilganda,
Qabr boshiga soqchi qoʻyiladi.
33 Son–sanoqsiz odamlar ketlaridan borib,
Ularga aza tutadi.
Hatto tuproq ham ularning ustiga sekin tushadi.
34 Qanday qilib meni puch soʻzlaringiz bilan yupata olasiz?
Barcha bergan javoblaringiz yolgʻondir!”