28–BOB
Iso tiriladi
1 Shabbat kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni koʻrgani borishdi. 2 Shunda toʻsatdan qattiq zilzila boʻldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr ogʻzidagi toshni agʻdarib yubordi. Farishta oʻsha tosh ustiga oʻtirdi. 3 Uning qiyofasi yashinday porlardi, kiyimlari qorday oppoq edi. 4 Uni koʻrib soqchilar shunchalik qoʻrqib ketdilarki, titrab, murdaday qotib qoldilar.
5 Farishta ayollarga dedi:
— Qoʻrqmanglar! Bilaman, sizlar xochga mixlangan Isoni qidiryapsizlar. 6 U bu yerda yoʻq. Oʻzi aytganiday, U tirildi. Mana, kelib koʻringlar, U shu yerda yotgan edi. 7 Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso oʻlikdan tirildi. U sizlarni Jalilada kutyapti. Uni oʻsha yerda koʻrasizlar”, — deb aytinglar. Sizlarga aytadigan gapim shu edi.
8 Ayollar shosha–pisha qabr yonidan ketdilar. Qoʻrquv va cheksiz sevinchga toʻlib, Isoning shogirdlariga xabar bergani yugurib ketdilar. 9 Birdaniga Isoning Oʻzi ularning qarshisidan chiqib:
— Salom! — dedi.
Ayollar Isoning oldiga borib, oyoqlariga yopishgancha Unga sajda qildilar. 10 Iso ularga dedi:
— Qoʻrqmanglar! Borib, birodarlarimga: “Jalilaga borar ekansizlar”, deb aytinglar. Ular Meni oʻsha yerda koʻradilar.
Soqchilarning xabari
11 Ayollar ketganlaridan keyin, soqchilar boʻlinmasidan bir nechtasi shaharga kirib, yuz bergan voqea toʻgʻrisida bosh ruhoniylarga aytib berdilar. 12 Bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib, 13 shunday dedilar:
— Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni oʻgʻirlab ketishdi”, deb aytasizlar. 14 Bordi–yu, bu xabar hokimning qulogʻiga yetib borgudek boʻlsa, uni oʻzimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday koʻngilsizlikdan xalos etamiz.
15 Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu taʼrifi bugungi kungacha yahudiylar orasida keng tarqalgan.
Buyuk topshiriq
16 Oʻn bir shogird Jalila hududiga, Iso ularga tayin etgan toqqa bordilar. 17 Shogirdlar Isoni koʻrganlari zahoti, Unga sajda qildilar, baʼzilari esa ikkilanib qoldilar.
18 Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. 19 Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. 20 Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga boʻlaman.”