15–BOB
Diniy urf–odatlar va Xudoning amri
1 Quddusdan farziylar va Tavrot tafsirchilari Isoning oldiga kelib, shunday dedilar:
2 — Nega Sizning shogirdlaringiz ota–bobolarimizning urf–odatlariga amal qilmayaptilar? Nega ovqatlanishdan oldin qoʻllarini yuvmaydilar?
3 Iso ularga javob berib dedi:
— Oʻzlaringiz–chi? Nega oʻz urf–odatingizni deb, Xudoning amrini buzib yuribsizlar? 4 Xudo: “Ota–onangizni hurmat qiling. Otasini yoki onasini xoʻrlagan har qanday odamga oʻlim jazosi berilsin” , deb aytgan. 5 Ammo sizlar shunday taʼlim berasizlar: odam oʻz otasi yoki onasiga: “Farzandlik burchim — Xudoga inʼom qilingan, — desa, 6 — u ota–onasini hurmat qilmasa ham boʻladi.” Shu tariqa sizlar oʻz taʼlimotingiz bilan Xudoning kalomini bekor qilyapsizlar. 7 Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Ishayo paygʻambar siz haqingizda toʻgʻri aytgan:

8 “Xudo aytdi:
«Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi ,
Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
9 Ular Menga sajda qiladilar,
Ammo sajdalari behudadir.
Chunki ular inson yaratgan qoidalarni
Ilohiy qonun deb oʻrgatadilar.»”
Insonni nima harom qiladi?
10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, dedi:
— Menga quloq solib, tushunib olinglar! 11 Ogʻizga kiradigan narsa emas, balki ogʻizdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.
12 Shunda shogirdlar Isoning oldiga borib dedilar:
— Aytgan bu gapingiz farziylarga qattiq botganini bildingizmi?
13 Iso shunday javob berdi:
— Osmondagi Otam oʻtqazmagan har qanday oʻsimlik ildizi bilan sugʻurib tashlanadi. 14 Farziylarga eʼtibor bermanglar. Ular oʻzlari koʻr va koʻrlarga yoʻlboshchilik qiladilar. Agar koʻr odam koʻrni yetaklasa, ikkalasi ham chuqurga yiqilib tushadi.
15 Shunda Butrus:
— Xalqqa aytgan gapingizni bizga tushuntirib bering! — dedi.
16 — Shunchalik ham befahm boʻlasizlarmi?! — dedi Iso. 17 — Ogʻizga kiradigan har bir narsa qoringa oʻtib, kerakli joydan chiqib ketishini nahotki tushunmasangizlar? 18 Ammo ogʻizdan chiqadigan narsalar yurakdan chiqadi. Ana oʻshalar insonni harom qiladi. 19 Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino, oʻgʻrilik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi. 20 Ana shular insonni harom qiladi. Yuvilmagan qoʻl bilan ovqat yeyish esa insonni harom qilmaydi.
Gʻayriyahudiy ayolning ishonchi
21 Iso u yerdan ketib, Tir va Sidon hududlariga bordi. 22 Shu yerda yashaydigan Kanʼon xalqidan boʻlgan bir ayol Isoning oldiga kelib, faryod qildi:
— Ey Hazrat, Dovudning Oʻgʻli , menga rahm qiling! Qizimni jin chalgan, ahvoli yomon!
23 Iso unga bir ogʻiz soʻz ham javob bermadi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib, iltimos qildilar:
— Uni joʻnatib yuboring! Axir, u ketimizdan qolmay, dodlab yuribdi.
24 Iso esa shunday dedi:
— Xudo Meni faqat Isroil xalqining adashgan qoʻylari oldiga yubordi.
25 Ayol esa kelib, Isoning oldiga tiz choʻkdi–da:
— Yordam bering, Hazrat! — deb yolvordi. 26 Iso esa:
— Bolalardan nonni olib kuchuklarga tashlash yaxshi emas, — dedi.
27 — Toʻgʻri, Hazrat, — dedi ayol. — Lekin kuchuklar ham xoʻjayinlarining dasturxonidan toʻkilgan ushoqlarini yeydi–ku.
28 Shunda Iso:
— Ey ayol, sening ishonching buyuk! — dedi. — Mayli, sen istaganingday boʻlsin.
Shu zahoti ayolning qizi sogʻayib qoldi.
Iso koʻp odamlarga shifo beradi
29 Iso u yerdan chiqib, Jalila koʻli boʻylab ketdi. Soʻng toqqa chiqib, oʻtirdi. 30 Isoning oldiga bir talay olomon keldi. Ular oʻzlari bilan choʻloq, koʻr, mayib, soqov va boshqa koʻplab xastalarni olib kelib, Isoning oyoqlari tomoniga oʻtqizdilar. Iso ularning hammasiga shifo berdi. 31 Soqovlarning gapirganini, mayiblarning sogʻayganini, choʻloqlarning yurganini va koʻrlarning koʻzlari ochilganini xalq koʻrib, hayratda qoldi. Ular Isroil xalqining Xudosini olqishladilar.
Iso 4000 kishini toʻydiradi
32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
— Xalqqa achinyapman. Ular uch kundan beri Men bilan birga, yeyishga hech narsasi yoʻq. Ularga ovqat bermay joʻnatib yuborishni xohlamayman, yoʻlda holdan toyib qolishlari mumkin.
33 Shogirdlari Unga:
— Shu qadar katta olomonni toʻydirish uchun bu kimsasiz joyda qayerdan non olamiz?! — deyishdi.
34 — Qancha nonlaringiz bor? — deb soʻradi Iso.
— Yettita non va ozgina mayda baligʻimiz bor, — dedi shogirdlar.
35 Shundan keyin Iso xalqqa yerga oʻtirishni buyurdi. 36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini oʻqidi. Non va baliqlarni sindirib, tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi. 37 Hamma yeb toʻydi. Ortib qolgan non burdalarini yigʻishganda, toʻla yetti savat chiqdi. 38 Bolalar bilan ayollarni hisobga olmaganda, non yeganlarning soni toʻrt mingta edi. 39 Shundan keyin Iso odamlarga ketishga ijozat berdi, Oʻzi esa qayiqqa oʻtirib, Magadan hududiga yoʻl oldi.