22–BOB
Shoul Nav shahridagi ruhoniylarni oʻldiradi
1 Shundan soʻng Dovud u yerdan chiqib, Adullam shahri yaqinidagi gʻorga qarab qochdi. Akalari va jamiki ota xonadoni bu haqda eshitib, oʻsha yoqqa — Dovudning yoniga borishdi. 2 Ezilgan, qarzini toʻlashga qurbi yetmagan, norozi odamlar Dovudning atrofiga toʻplanishdi. Dovud ularga bosh boʻldi. Unga ergashganlar toʻrt yuztacha edi.
3 Dovud u yerdan Moʻabdagi Mispax shahriga borib, Moʻab shohidan iltimos qildi: “Ijozat bering, Xudo meni nima qilmoqchiligi maʼlum boʻlguncha, ota–onam yoningizda qolsin.” 4 Shunday qilib, Dovud ota–onasini Moʻab shohi huzuriga olib keldi. Dovud adirlardagi qarorgohida yashirinib turganda, ota–onasi Moʻab shohining panohida yashadilar. 5 Lekin Dovudga Gad paygʻambar: “U yerda qolma, Yahudo yeriga bor”, dedi. Shundan keyin Dovud u yerdan chiqib, Xoret oʻrmoniga bordi. 6 Shu orada Shoul “Dovud va uning odamlari topildi”, deb eshitdi. Shoul qoʻlida nayzasini ushlaganicha, Givo tepaligidagi yulgʻun daraxti ostida oʻtirgan edi. Barcha aʼyonlari ham uning atrofida turgan edilar. 7 Shoul ularga shunday dedi:
— Ey Benyamin odamlari, eshitib olinglar! Essayning oʻgʻli har biringizga dalayu uzumzorlarni berib qoʻymaydi–ku! Har biringizni mingboshi yoki yuzboshi qilib oʻtiradimi?! 8 Hammangiz menga qarshi til biriktirdingiz–ku! Oʻgʻlim Yoʻnatan Essayning oʻsha oʻgʻli bilan ahd qilgan ekan, meni hech kim xabardor etmadi. Orangizdan menga yon bosadigan biror odam chiqmadi. Dovud menga pistirma qoʻymoqchi ekan, uni oʻgʻlim qayrabdi. Hozir shu ish boʻldi–ku! Shunday emasmi?!
9 Shu payt Shoulning aʼyonlari yonida turgan Edomlik Doyeg aytdi:
— Essayning oʻgʻli Dovudni koʻrdim, u Nav shahridagi Oxitobning oʻgʻli ruhoniy Oximalekning yoniga kelgan edi. 10 Oximalek “Dovud nima qilsin?” deb Egamizning xohish–irodasini soʻradi . Unga ham oziq–ovqat berdi, ham Filist Goʻliyotning qilichini taqdim qildi.
11 Shoh Shoul aʼyonlariga: “Oxitobning oʻgʻli ruhoniy Oximalekni va uning Navda yashaydigan ota urugʻlarining hammasini — barcha ruhoniylarni olib kelinglar”, deb buyurdi. Hammalarini shohning oldiga olib kelishdi.
12 — Ey Oxitobning oʻgʻli, gaplarimni eshit! — dedi Shoul Oximalekka.
— Labbay, hazratim, — dedi Oximalek.
13 — Nimaga sen Essayning oʻgʻli bilan birga menga qarshi til biriktirding? — dedi Shoul. — Dovudga non, qilich beribsan, uning uchun Xudoning xohish–irodasini soʻrabsan. Mana bugun Dovud menga qarshi qoʻzgʻalib, pistirmada poylab turibdi.
14 Oximalek shunday javob berdi:
— Butun aʼyonlaringiz orasida Dovud singari, ishonchli kim bor?! Dovud — sizning kuyovingiz, soqchilaringizning sardori, xonadoningizda hurmatli kishi–ku. 15 Toʻgʻri, oʻsha kuni Dovud uchun Xudoning xohish–irodasini soʻradim. Ammo bu birinchi marta emas edi–ku! Shoh meni va ota xonadonimni ayblamasinlar, chunki men Dovudning yomon niyatidan bexabar edim.
16 — Ey Oximalek, oʻzing ham, butun ota xonadoning ham albatta oʻlasizlar! — dedi Shoul. 17 Soʻng u yonida turgan qoʻriqchilariga buyurdi:
— Qani, Dovudni qoʻllagan Egamizning ruhoniylarini oʻldirib tashlanglar! Ular Dovudning qochib ketganini bilganlari holda, menga xabar berishmadi.
Shohning qoʻriqchilari qoʻl koʻtarib, Egamizning ruhoniylarini oʻldirishni istashmadi. 18 Shunda shoh Shoul Doyegga:
— Sen bor, ruhoniylarni oʻldir! — deb buyurdi.
Oʻsha kuni Edomlik Doyeg muqaddas libos kiygan sakson besh ruhoniyni bir oʻzi chopib oʻldirdi. 19 Soʻngra erkak–ayol, yosh bola, hatto chaqaloq demasdan, ruhoniylar yashaydigan Nav shahrining xalqini ham qilichdan oʻtkazdi. Mollari, eshaklari, qoʻylarini ham chopib tashladi. 20 Ruhoniy Oximalekning oʻgʻillaridan birgina Abuatar degani tirik qolib, Dovudning yoniga qochib ketdi. 21 Shoul Egamizning ruhoniylarini oʻldirganini Abuatar Dovudga aytib berdi. 22 Dovud Abuatarga dedi:
— Oʻsha kuni u yerda Edomlik Doyeg bor edi. U albatta Shoulga xabar berishini bilardim. Otang xonadonidagi har bir jonning oʻlimiga men sababchi boʻldim. 23 Endi sen yonimda qol, qoʻrqma. Mening jonim payiga tushgan kimsa — sening ham joning payiga tushgan. Yonimda qolsang, bexatar boʻlasan.