10–BOB
1 Ey siz, yovuz farmonlar chiqaradiganlar,
Qonunlar yozib, jabr keltiradiganlar.
2 Kambagʻalni adolatdan mahrum qilyapsiz,
Mazlum xalqimni talayapsiz,
Ovingiz boʻlayotir bevalar,
Oʻljangiz boʻlayotir yetimlar.
3 Qiyomat kuni kelganda, siz nima qilasiz?
Uzoqdan balo kelganda, nima qilasiz?
Yordam soʻrab kimga qochib borasiz?!
Boyligingizni qayerga olib ketasiz?!
4 Yoʻq, asir boʻlib yiqilib qolasiz,
Yo jasadlar tagida qolib ketasiz.

Ammo shunday boʻlsa ham,
Egam tushmas gʻazabidan,
Uning qoʻli hamon
Isroilga qarshi koʻtarilgan.
Xudo takabbur Ossuriyani hukm qiladi
5 Egam aytar: “Mana Ossuriya! Gʻazabimning hassasi!
Uning qoʻlidadir qahrimning tayogʻi!
6 Men uni shakkok elga qarshi yuboraman,
Gʻazabimni oʻsha xalqqa qarshi sochaman,
Ovlab, oʻlja qil, deb unga amr qilaman.
Xalqlarni loyday oyoq osti qiladi u.
7 Ammo Ossuriya Mening qurolim ekanini
Xayoliga ham keltirmas,
Bular haqida u oʻylamas ham.
Uning fikri–yodi:
Xalqlarni qirib tashlashdir,
Bitta qoʻymay ularni yoʻq qilishdir.
8 Ossuriya shohi shunday oʻylaydi:
«Lashkarboshilarim shohlar emasmi?!
9 Xalno shahrini Karxamish shahriday vayron qilmadikmi?!
Xomat ham Arpadday quladi–ku!
Samariya Damashq kabi emasmi?!
10 Olganimday behuda butlar shohliklarini,
Olaman Quddusu Samariyaning sanamlarini.
11 Ne qilgan boʻlsam Samariya va uning sanamlarini,
Shunday qilaman Quddusu uning butlarini.»”

12 Ammo Rabbiy tuzgan rejalarini Sion togʻida va Quddusda amalga oshirgandan keyin, shunday deydi: “Endi takabbur, kibor Ossuriya shohi bilan hisob–kitob qilaman. 13 Axir, Ossuriya shohi shunday degan edi:

«Oʻz kuchim bilan bularni amalga oshirdim,
Donoligim bilan qildim, axir, idrokliman.
Xalqlarning chegarasini yoʻq qildim,
Ularning xazinalarini oʻlja qilib oldim.
Qudratli shohlarini taxtdan uloqtirdim.
14 Qush iniga qoʻl suqib tuxum yiqqani kabi,
Xalqlarning boyliklarini toʻpladim.
Tashlab ketilgan tuxumlarni qanday toʻplasalar,
Jamiki yurtlarni men shunday yigʻib oldim.
Yo qanot qoqqan, ogʻzin ochgan,
Yo ovozin chiqargan birov boʻlmadi.»”
Ishayoning Ossuriya shohiga javobi
15 Bolta maqtanarmi uni ishlatganga?!
Arra oʻzini maqtaydimi uni qoʻlga olganga?!
Kaltak ushlaganni kaltakning oʻzi koʻtaradimi?!
Hassa oʻzini ushlaganni koʻtaradimi?!
16 Ey Ossuriya,
Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy
Ogʻir xastalikni yuborar pahlavonlaringiz orasiga.
Kasalliklarining qizgʻin pallasida
Ularning badanlaridan oʻt chiqadi,
Ular goʻyo lov–lov etib yonadi.
17 Isroilning Nuri yolqin boʻladi,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi olov boʻladi.
Olov yondirib, tikanzoru changalzorlarini
Bir kunda yamlab yutadi.
18 Ossuriyaning muhtasham oʻrmonlari
Va unumdor dalalari
Ogʻir xastalikka yoʻliqqan insonday,
Tamomila xarob boʻladi.
19 Oʻrmondagi daraxtlar shunchalik oz qolarki,
Hattoki yosh bola ham ularni sanay oladi.
Xudo Oʻz xalqini tinchlantiradi
20 Oʻsha kuni Isroilning qolgan–qutgani,
Yoqub naslining qutulganlari
Boshqa suyanmaydi oʻz zulmkorlariga ,
Ular sadoqat bilan tayanadi
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — Egamga.
21 Yoqub naslining qutulganlari, omon qolganlari
Qaytadi qudratli Xudoga.
22 Ey Isroil, sening xalqing
Dengiz qumiday koʻp boʻlsa ham,
Endi ulardan faqatgina sanoqli odamlar qaytadi.
Zero, “Qirgʻin boʻlsin”, deya qaror qilingan,
Xudo odil hukmini Oʻz xalqining boshiga soladi.

23 Shubhasiz, butun yer yuzida qiyomat boʻladi, zotan, Sarvari Olam — Rabbiy shunday qaror qilgan.
24-25 Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy shunday aytmoqda: “Ey xalqim, Quddus ahli! Misrliklar kabi, Ossuriyaliklar sizlarga tayoq koʻtaradilar, sizlarni qamchi bilan uradilar. Ammo hademay gʻazabimni bosaman, ulardan qoʻrqmanglar. Endi Ossuriyaliklarga qahrimni sochib, ularni qiraman. 26 Ha, Midiyonlarni Oriv qoyasida shunday qirgan edim . Hassamni koʻtarib, Misr lashkarini dengizda gʻarq qildim . Endi xuddi shunday qilib, Men, Sarvari Olam, ularga qarshi qamchimni koʻtaraman. 27 Oʻsha kuni Ossuriyaning yukini yelkangizdan uloqtiraman. Uning boʻyinturugʻi boʻyningizdan olib tashlanadi. Ha, boʻyinturuq yoʻq qilinadi, chunki sizlar kuchga toʻldingiz .”

28 Ossuriya lashkari Oyaz shahriga keldi,
Migron boʻylab oʻtdi,
Qurol–aslahasini Mixmashda shay qildi.
29 Ular Gebo soʻqmogʻini kesib oʻtdilar–u,
Rama xalqi vahimaga tushib qoldi,
Ular Shoulning shahri Givoda omonat toʻxtadi–yu,
Shahar ahli qochib ketdi.
30 Faryod qiling, ey Galim ahli!
Eshit, ey Laysho!
Ey shoʻrlik Onotoʻt!
31 Madmenax ahli qochib ketdi,
Gebim ahli, panoh topay deb, uchib ketdi.
32 Oʻsha kuni Ossuriya lashkari Nav shahrida turadi.
Quddus shahri joylashgan tepalikka —
Aziz Sion togʻiga qarab mushtini koʻtaradi.

33 Qara, Sarvari Olam — Rabbiy
Qudratli kuchi ila daraxt shoxlarini kesib tashlaydi,
Baland daraxtlarni qirqib tashlaydi,
Yuksalganlarini yerga uradi.
34 U bolta bilan kesib tashlaydi oʻrmondagi changalzorni,
Qudratli Xudo qulatib yuboradi Lubnon daraxtlarini.