2–BOB
Masihdan oʻrnak oling
1 Masihga tegishli boʻlganingiz sizlarga dalda beryapti, Uning sevgisidan tasalli topyapsiz, Muqaddas Ruh bilan muloqotdasiz, yuraklaringiz mehr–shafqatga toʻla. 2 Shunday ekan, mening shodligimga shodlik qoʻshib, bir xil fikr qiling, bir–biringizga mehr–muhabbat koʻrsating, yakdillik bilan hamfikr boʻling. 3 Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast boʻlmang, aksincha, kamtarlik bilan boshqalarni oʻzingizdan yuqori deb biling. 4 Faqat oʻzingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini koʻzlang.
5 Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday boʻlsin. 6 Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi. 7 Aksincha, U bu ulugʻvorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson boʻlib tugʻildi. U inson qiyofasida yashab, 8 Oʻzini past tutdi. Itoatkor boʻlib, hatto oʻlimga, xochdagi oʻlimga ham rozi boʻldi. 9 Shuning uchun Xudo Uni eng yuqoriga yuksaltirdi va Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi. 10 Toki Isoning oldida yeru osmondagi va yer ostidagi borliq jon tiz choʻksin, 11 har bir til Iso Masihni Rabbiy deb tan olib, Otamiz Xudoga sharaf keltirsin.
Najotingiz yorqin koʻrinib tursin
12 Ey azizlarim, mana shularni yodda tutib, har doimgiday itoatkor boʻlishda davom etaveringlar. Faqatgina sizlar bilan boʻlganimda emas, hatto yoningizda boʻlmasam ham, Xudoning oldida qoʻrquv va titroq bilan shunday yashanglarki, najot topganingiz yorqin koʻrinib tursin. 13 Zotan, Xudo Oʻzini xushnud qiladigan ishlarni qilishingiz uchun sizlarga kuch va xohish beradi.
14-16 Mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari boʻlishingiz uchun hamma narsani nolimay, bahslashmay qilinglar. Hayotbaxsh xabarni mahkam tutar ekansiz, oʻsha buzuq va egri nasl orasida samodagi yulduzlar kabi porlaysizlar. Shunda Masih kelgan kuni, mehnatim zoye boʻlmaganidan, qilgan ishlarim behuda ketmaganidan faxrlanaman. 17 Siz imoningizga asoslanib, xizmat qilib kelyapsiz, shu sizning qurbonligingizdir. Agarda mening jonim fido boʻlib, hayotim sizning qurbonligingiz ustiga toʻkiladigan sharob nazriday boʻlib qolsa ham, xursand boʻlaman, hammangiz bilan birga shodlanaman. 18 Xuddi shuningdek, sizlar ham xursand boʻlinglar va men bilan birga shodlaninglar.
Pavlus Timoʻtiyni va Epafroditusni Filippiga joʻnatmoqchi
19 Rabbimiz Isoning irodasi bilan yaqinda Timoʻtiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman. Shunda ahvolingizdan xabardor boʻlib, koʻnglim taskin topadi. 20 Timoʻtiyni yuborishimning sababi shuki, sizlar uchun xuddi menday chin koʻngildan jon kuydiradigan boshqa hech kim yoʻq. 21 Qolganlar Iso Masihga xizmat qilishni emas, balki oʻz manfaatini koʻzlaydi. 22 Oʻzlaringiz bilasizlar, biz Xushxabarni yoyishda Timoʻtiy bilan birga ota–oʻgʻilday xizmat qildik. U oʻzining hurmatga loyiq ekanligini koʻrsatdi. 23 Shuning uchun taqdirim aniq boʻlishi bilanoq Timoʻtiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman. 24 Oʻzim ham yaqinda oldingizga boraman. Bu haqda Rabbimizning Oʻzi menda ishonch hosil qildi.
25 Hozir esa Epafroditusni yoningizga yuborishni lozim koʻrdim. U sizlarning yuborgan elchingiz, muhtojligimda menga madad bergan birodarim, hamkorim va safdoshimdir. 26 Epafroditus sizlarni juda sogʻingan. Uning kasalligi haqida eshitganingizni ham bilib qattiq qaygʻuryapti. 27 Haqiqatan ham u oʻlar holatda kasal edi, ammo Xudo unga rahm–shafqat koʻrsatdi. Bu bilan Xudo faqat unga emas, balki gʻamimga gʻam qoʻshilmasin deb, menga ham shafqat qildi. 28 Shunday qilib, yana Epafroditusni koʻrib, sevininglar degan niyatda uni tez orada oldingizga yuboraman. Shunday qilsam, gʻamim ancha yengillashadi. 29 Rabbimiz Isoga ishonganlar bir–birlarini qanday kutib olsalar, sizlar ham Epafroditusni xuddi shunday qilib, katta quvonch bilan kutib olinglar. Bunday insonlarga munosib boʻlgan izzat–hurmatni unga koʻrsatinglar. 30 Axir, u Masihga xizmat qilish yoʻlida bir oʻlimdan qoldi. Sizlarning oʻrningizga ham menga xizmat qilib, oʻz jonini ayamadi.