7–BOB
Yuzaki tutilgan roʻza hukm qilinadi
1 Shoh Doro hukmronligining toʻrtinchi yili toʻqqizinchi oyi — Xislav oyining toʻrtinchi kunida Egamiz Oʻz soʻzini Zakariyoga ayon qildi. 2 Bundan oldin Baytil aholisi Egamizdan iltifot soʻrash uchun Sarizar, Raxemmalek va ularning odamlarini Maʼbadga yuborib, shunday degan edi:
3 — Borib, Sarvari Olamning uyida boʻlgan ruhoniy va paygʻambarlardan soʻranglar: “Biz ancha yillardan beri Egamizning uyi vayron qilingan oyda qaygʻurib, roʻza tutib kelamiz. Shunday qilishda davom etaveraylikmi?”
4 Sarvari Olam Zakariyoga ayon qilgan soʻzida shunday dedi:
5 — Bu yurtdagi barcha odamlarga va ruhoniylarga ayt: “Ha, sizlar mana shu oʻtgan yetmish yil davomida beshinchi va yettinchi oylarda roʻza tutib, qaygʻurdingizlar. Ammo buni Men uchun emas, oʻzingiz uchun qilgan edingizlar! 6 Qorningizni toʻydirish uchun yeb–ichganingizday, oʻz manfaatingiz uchun roʻza tutib qaygʻurgansizlar. 7 Men, Egangiz, oʻtgan paygʻambarlar orqali aynan shu haqda sizlarni ogohlantirganman–ku! Oʻsha paytlarda Quddus va uning atrofidagi qishloqlar odamga toʻla edi. U yerda farovonlik hukm surar edi. Nagav choʻli va Yahudo qir etaklarida ham odamlar yashardilar.”
Surgunning sababi itoatsizlikdir
8 Egamiz Zakariyoga quyidagi soʻzlarni ayon qildi:
9 — Men, Sarvari Olam, shunday degan edim: “Adolatli hukm qilinglar. Bir–biringizga mehribon boʻlinglar, rahm–shafqat qilinglar. 10 Bevalarga, yetimlarga, musofirlarga, kambagʻallarga zulm qilmanglar. Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmanglar.” 11 Ammo xalqim quloq solishdan bosh tortdi. Oʻjarlik qilib, eshitmaslik uchun quloqlarini berkitdi. 12 Men, Sarvari Olam, Oʻz Ruhim bilan paygʻambarlar orqali soʻzlarimni ayon qilganman. Ammo xalqim yuragini tosh qilib, qonun va oʻgitlarga quloq solmadi. Shuning uchun Men juda qattiq gʻazablandim.
13 “Men chaqirganimda ular eshitmagandilar, ular chaqirganda Men ham eshitmadim, — deydi Sarvari Olam. 14 — Men ularni oʻzlari tanimagan, bilmagan xalqlar orasiga sochib tashladim . Shunday qilib, ularning yurti vayron boʻldi. Na u yerga birov boradi, na u yerdan birov keladi. Oʻsha ajoyib yurt vayron boʻldi.”