10–BOB
Nadov va Abihuning gunohi
1 Horunning oʻgʻillari Nadov va Abihu oʻz olovkuraklarini olib, ichiga choʻgʻ soldilar, choʻgʻ ustiga xushboʻy tutatqi tashladilar. Ular Egamiz amr etmagan begona olovni Uning huzuriga olib kirdilar. 2 Toʻsatdan Egamizning huzuridan olov otilib chiqib, ularni kuydirib yubordi. Ikkovi ham oʻsha yerda, Egamizning huzurida halok boʻldilar. 3 Shunda Muso Horunga dedi:
— Egamizning, “Yonimda boʻlganlar orqali Men muqaddasligimni koʻrsataman, butun xalq oldida ulugʻlanaman”, deb aytgani mana shudir.
Horun indamadi. 4 Muso Horunning amakisi Uziyol oʻgʻillari Mishail va Elzafanni chaqirtirib, ularga dedi: “Boringlar, qarindoshlaringizning jasadlarini Muqaddas chodirning oldidan olib ketib, qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar.”
5 Mishail va Elzafan Musoning aytganini qilib, qarindoshlarining jasadlarini koʻylaklaridan ushlab, qarorgoh tashqarisiga olib chiqdilar. 6 Soʻng Muso Horunga va uning oʻgʻillari Elazar bilan Itamarga aytdi: “Qaygʻudan sochingizni toʻzitmanglar , liboslaringizni yirtmanglar, aks holda, sizlar ham nobud boʻlasizlar va butun jamoa Xudoning gʻazabiga uchraydi. Ammo qarindoshlaringiz, butun Isroil nasli Egamiz kuydirib nobud qilgan Nadov va Abihu uchun aza tutishlari mumkin. 7 Sizlar esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdan nariga jilmang. Aks holda, nobud boʻlasizlar. Sizning ustingizga Egamizning muqaddas qiladigan moyi surtilgan.”
Ular Musoning aytgani boʻyicha ish tutdilar.
Ruhoniylarga berilgan nizom
8 Egamiz Horunga shunday dedi: 9 “Sen va oʻgʻillaring Uchrashuv chodiriga kirishdan oldin sharob yoki boshqa oʻtkir ichimliklar ichmanglar. Ichsangiz, nobud boʻlasizlar. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 10 Sizlar muqaddas narsalarni oddiy narsalardan, haromni haloldan ajrata olishlaring shart. 11 Muso orqali Men aytgan hamma qonunlarni Isroil xalqiga oʻrgatishlaring lozim.”
12 Muso Horunga va uning omon qolgan oʻgʻillari Elazar bilan Itamarga dedi: “Egamizga atab, olovda kuydiriladigan don nazrlarining ortib qolganini olib, xamirturushsiz nonlar yopinglar. Bu nonlarni qurbongoh yonida tanovul qilinglar, chunki bu nazr gʻoyat muqaddasdir. 13 Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan senga va sening oʻgʻillaringga tegadigan ulush mana shudir. Shuning uchun buni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Egam menga shuni amr qildi. 14 Yuqoriga koʻtarilgan toʻsh bilan nazr qilingan sonni esa sen va sening oʻgʻil–qizlaring har qanday halol joyda tanovul qilishlaring mumkin. Bu narsalar Isroil xalqining tinchlik qurbonliklaridan senga va farzandlaringga ulush qilib berilgandir. 15 Isroil xalqi qurbonlikning olovda kuydiriladigan yogʻi bilan birga qurbonlikning toʻshi va sonini olib kelsinlar. Ular toʻsh va sonni Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtarganlaridan keyin, bular senga va farzandlaringga beriladi. Egamizning amriga koʻra, sizlarga tegadigan doimiy ulush shudir.”
16 Soʻng Muso gunoh qurbonligi qilingan echki haqida soʻradi, bilsaki, u qurbonlik kuydirilib boʻlibdi. Muso Horunning qolgan ikkala oʻgʻli Elazar bilan Itamardan qattiq gʻazablanib, ularga dedi:
17 — Nimaga gunoh qurbonligining goʻshtini muqaddas joyda yemadinglar?! Bu juda muqaddas qurbonlik–ku! Axir, oʻsha qurbonlik jamoaning aybini yuvishingiz va Egamiz huzurida ularni gunohdan poklashingiz uchun sizlarga berilgan–ku! 18 Bu qurbonlikning qoni Muqaddas xonaga olib kirilmagan. Bunday qurbonlikni muqaddas joyda yenglar, deb sizlarga amr qilmaganmidim?!
19 Shunda Horun Musoga dedi:
— Mana, bugun oʻgʻillarim Egamizga gunoh qurbonligini va kuydiriladigan qurbonlikni keltirdilar. Ammo shoʻrim quridi–ku! Agar bugun gunoh qurbonligi goʻshtidan yeganimda, Egam mendan mamnun boʻlarmidi?!
20 Muso bu gapni eshitib, maʼqul topdi.