14–BOB
Yahudo shohi Emoziyo
1 Isroil shohi Yohoʻsh hukmronligining ikkinchi yilida Emoziyo Yahudo shohi boʻldi. Emoziyo Yoʻshning oʻgʻli edi. 2 Emoziyo shoh boʻlganda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma toʻqqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik boʻlib, ismi Yohuvaddon edi.
3 Emoziyo Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qilsa ham, bobosi Dovud kabi emasdi. U har qanday ishni otasi Yoʻsh kabi qildi. 4 Shu boisdan sajdagohlar hamon yoʻq qilinmagan, xalq u yerlarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Emoziyo oʻz shohligini mustahkamlab olgandan keyin, otasini oʻldirgan aʼyonlarni yoʻq qildi. 6 Biroq Musoning Tavrot kitobida yozilganiga koʻra, qotillarning bolalarini oʻldirmadi, chunki Egamiz: “Otalar farzandlarining gunohi uchun oʻldirilmasin, farzandlar otalarining gunohi uchun oʻldirilmasin, har kim oʻzining gunohi uchungina jazolansin”, deb amr qilgan edi .
7 Emoziyo Tuz vodiysida oʻn mingta Edom sipohini oʻldirdi. Sela shahrini jang qilib qoʻlga qiritdi va u yerga Yoxtal deb nom berdi. Oʻsha joy hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
8 Shundan soʻng Emoziyo Isroil shohi Yohoʻshga xabarchilar joʻnatib: “Qani, menga jang maydonida roʻbaroʻ kelib koʻr–chi”, dedi.
9 Isroil shohi Yohoʻsh esa bunga javoban Yahudo shohi Emoziyoga shu xabarni joʻnatdi: “Lubnon togʻlarida bir gʻovtikan sadr daraxtiga, qizingni oʻgʻlimga xotinlikka ber, deb xabar yoʻllabdi. Oʻsha paytda bir yirtqich hayvon oʻsha yerdan oʻtib ketayotib, gʻovtikanni bosib yanchib ketibdi. 10 Shunga oʻxshab, sen ham Edom xalqini magʻlub etganing uchun magʻrurlanib ketding, Emoziyo. Oʻsha shuhrating bilan kifoyalanib, uyingda oʻtiraver. Nima uchun qitmirlik qilyapsan? Oʻz boshingni ham, Yahudo xalqining boshini ham baloga giriftor qilyapsan!”
11 Lekin Emoziyo quloq solmadi. Shuning uchun Isroil shohi Yohoʻsh Yahudo shohi Emoziyo ustiga yurish qildi. Ikkala tomonning lashkari Yahudoning Bayt–Shamash shahrida roʻbaroʻ keldi. 12 Isroil lashkari Yahudo lashkarini magʻlub etdi. Yahudo lashkarining hammasi uylariga qochib ketdi. 13 Isroil shohi Yohoʻsh Yahudo shohi Emoziyoni Bayt–Shamashda asir qilib oldi. Emoziyo Oxoziyoning nevarasi, Yoʻshning oʻgʻli edi. Soʻng Yohoʻsh Quddusga kelib, Quddus devorining Efrayim darvozasidan Burchak darvozasigacha boʻlgan 400 tirsak qismini buzdirdi. 14 Egamizning uyida va saroyning xazinalarida topilgan oltinu kumushni va ashyolarni tortib oldi. Bulardan tashqari, asirlarni ham olib, Samariyaga qaytib ketdi.
15 Yohoʻshning boshqa ishlari, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda koʻrsatgan qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 16 Yohoʻsh olamdan oʻtdi. U Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yorubom shoh boʻldi.
Yahudo shohi Emoziyoning oʻlimi
17 Yahudo shohi Emoziyo Isroil shohi Yohoʻshning oʻlimidan keyin oʻn besh yil yashadi. 18 Emoziyoning boshqa ishlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 19 Quddusda Emoziyoga qarshi fitna uyushtirildi. Emoziyo bundan xabar topib, Laxish shahriga qochdi. Ammo dushmanlari Emoziyoning ortidan odam yuborib, uni oʻsha yerda oʻldirtirdilar. 20 Emoziyoning jasadini otda Quddusga olib keldilar. U Dovud qalʼasida, ota–bobolarining yoniga dafn qilindi. 21 Soʻngra Yahudo xalqi oʻn olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning oʻrniga shoh qilib koʻtardilar. 22 Otasi Emoziyo olamdan oʻtgach, Uzziyo Elet shahrini qaytadan Yahudo yerlariga qoʻshib olib, boshqatdan qurdi.
Isroil shohi Yorubom
23 Yahudo shohi Emoziyo hukmronligining oʻn beshinchi yilida Yorubom Samariyada Isroil shohi boʻldi va qirq bir yil hukmronlik qildi. Yorubom Yohoʻshning oʻgʻli edi. 24 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25 Yorubom Levo–Xomatdan Oʻlik dengizgacha boʻlgan Isroil yerlarini qaytadan qoʻlga kiritdi. Zotan, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Oʻz quli Yunus paygʻambar orqali bu toʻgʻrida aytgan edi. Yunus Amitay deganning oʻgʻli boʻlib, u Gat–Xafer shahridan edi.
26 Egamiz Isroil xalqi tortayotgan nihoyatda ogʻir azoblarni koʻrdi. Bu yerda Isroilga yordam berishga qodir na qul, na ozod qolgan edi. 27 Egamiz Isroil xalqi nomini yer yuzidan oʻchirishni istamagani uchun Yorubom orqali ularni qutqargan edi.
28 Yorubomning boshqa ishlari, butun faoliyati, janglarda koʻrsatgan qahramonliklari, ilgaridan Yahudoga qarashli boʻlgan Damashq va Xomatni qaytadan Isroil yerlariga qoʻshib olgani toʻgʻrisida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 29 Yorubom olamdan oʻtib, ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Zakariyo shoh boʻldi.