14–BOB
Dovudning Quddusdagi faoliyati
1 Tir shohi Xiram Dovud huzuriga elchilar yubordi. Ular bilan Dovudga saroyining qurilishi uchun sadr yogʻochlarini joʻnatdi, tosh teruvchilar va duradgorlarni yoʻlladi. 2 Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, Oʻz xalqining haqi–hurmati uchun uning shohligini nihoyatda yuksaltirgan ekan.
3 Dovud Quddusda yana xotinlar oldi, ular Dovudga yanada koʻp oʻgʻil–qizlar tugʻib berishdi. 4 Dovudning Quddusda tugʻilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Shoʻvav, Natan, Sulaymon, 5 Yibxar, Elishuva, Elfalat, 6 Noʻgax, Nafax, Yofiya, 7 Elishama, Elyodax va Elifalet.
Filist xalqi ustidan gʻalaba
8 Filistlar: “Dovudga moy surtilibdi. U butun Isroil xalqi ustidan shoh boʻlibdi” degan xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga otlandilar. Bundan xabar topgan Dovud ham oʻz lashkari bilan ularga qarshi jangga otlandi. 9 Filistlar kelib, Rafa vodiysini talon–taroj qila boshladilar. 10 Dovud Xudodan:
— Filistlarga hujum qilaymi? Ularni qoʻlimga berasanmi? — deb soʻradi .
— Hujum qil! — deb javob berdi Egamiz Dovudga. — Ularni qoʻlingga beraman.
11 Shunday qilib, Dovud Baal–Perazimga borib, u yerda Filistlarni tor–mor qildi. Keyin shunday dedi:
— Suv toʻgʻondan toshib, dalani bosgani singari, Xudo gʻanimlarimni bosib, mening qoʻlim bilan ularni uloqtirib yubordi.
Shu sababdan bu yerga “Baal–Perazim” degan nom berildi. 12 Filistlar oʻsha yerda xudolarining tasvirlarini tashlab qochgan edilar, Dovud ularni yondirib yuborishni buyurdi.
13 Koʻp oʻtmay Filistlar vodiyga qaytib kelib, u yerlarni yana talon–taroj qila boshladilar. 14 Dovud tagʻin Xudoning xohish–irodasini soʻradi. Xudo esa unga shunday javob berdi:
— Sen ularning old tomonidan hujum qilma. Ularni aylanib oʻtgin–da, mumiyo daraxtlari tomondan yaqinlashib bor. 15 Mumiyo daraxtlari tepasida Mening qadamim tovushlarini eshitganing zahoti ularga hujum qil. Oʻshanda Men Filist lashkarini yoʻq qilish uchun sening qarshingdan chiqqan boʻlaman.
16 Dovud Xudo amr berganiday qilib, Givondan Gezer shahrigacha boʻlgan joylarda Filistlar lashkarini tor–mor qildi. 17 Dovudning dongʻi hamma yurtlarga taraldi. Egamiz hamma xalqlarni undan qoʻrqadigan qilib qoʻydi.