11–BOB
Bobil minorasi
1 Butun yer yuzida bitta til boʻlib, hamma odamlar bir xil soʻzlashardilar. 2 Odamlar sharqdan koʻchib, Shinar yeridagi bir tekislikka keldilar va oʻsha yerda joylashdilar. 3 Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, gʻisht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun gʻishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan boʻldilar. 4 Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, oʻzimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining choʻqqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda, biz butun yer yuziga tarqalib ketamiz.” 5 Odamlar qurayotgan shaharni va minorani koʻrish uchun Egamiz pastga tushdi. 6 Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi boʻlgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular koʻngliga kelgan ishni qilishga qodir boʻladilar. 7 Qani, pastga tushaylik–da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.” 8 Shunday qilib, Egamiz ularni oʻsha yerdan butun yer yuzi boʻylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini toʻxtatdilar. 9 Egamiz hamma odamlarning tilini oʻsha yerda chalkashtirib, ularning oʻzlarini butun yer yuziga tarqatib yuborgani uchun shaharning nomi Bobil boʻlib qoldi.
Somning avlodlari
10 Somning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Som 100 yoshga kirganda, oʻgʻli Arpaxshodni koʻrgan edi . Arpaxshod tugʻilganda, toʻfon boʻlib oʻtganiga ikki yil boʻlgan edi. 11 Arpaxshod tugʻilgandan keyin, Som 500 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
12 Arpaxshod 35 yoshida oʻgʻli Shilaxni koʻrgan edi . 13 Shilax tugʻilgandan keyin, Arpaxshod 403 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
14 Shilax 30 yoshida oʻgʻli Ibirni koʻrgan edi. 15 Ibir tugʻilgandan keyin, Shilax 403 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
16 Ibir 34 yoshida oʻgʻli Palaxni koʻrgan edi. 17 Palax tugʻilgandan keyin, Ibir 430 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
18 Palax 30 yoshida oʻgʻli Ravuni koʻrgan edi. 19 Ravu tugʻilgandan keyin, Palax 209 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
20 Ravu 32 yoshida oʻgʻli Sarugʻni koʻrgan edi. 21 Sarugʻ tugʻilgandan keyin, Ravu 207 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
22 Sarugʻ 30 yoshida oʻgʻli Naxoʻrni koʻrgan edi. 23 Naxoʻr tugʻilgandan keyin, Sarugʻ 200 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
24 Naxoʻr 29 yoshida oʻgʻli Terahni koʻrgan edi. 25 Terah tugʻilgandan keyin, Naxoʻr 119 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
26 Terah 70 yoshdan oʻtgandan keyin oʻgʻillari Ibrom , Naxoʻr va Xaronni koʻrgan edi.
Terahning avlodlari
27 Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Terahdan Ibrom, Naxoʻr va Xaron tugʻildilar. Xarondan Lut tugʻildi. 28 Terah hali hayot ekan, Xaron oʻzining tugʻilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida otasidan oldin olamdan oʻtdi. 29 Ibrom — Soray degan qizga, Naxoʻr — Milxo degan qizga uylandilar. Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi. 30 Soray bepusht boʻlib, bolasi yoʻq edi.
31 Terah oʻgʻli Ibromni, Xaronning oʻgʻli — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kanʼon yurtiga qarab yoʻl oldi. Ular Xoron shahriga kelishgach, oʻsha yerda oʻrnashdilar. 32 Terah 205 yoshida Xoronda olamdan oʻtdi.