2–BOB
Ilyos osmonga olinadi
1 Egamiz Ilyosni quyun ichida osmonga koʻtarib ketadigan vaqt keldi. Ilyos bilan Elishay Gilgal shahridan chiqib ketishayotganda, 2 Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Baytil shahriga bor, deb amr qilgan, — dedi.
— Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay.
Soʻngra ular Baytilga joʻnadilar.
3 Baytilda paygʻambarlar guruhi Elishayga peshvoz chiqib:
— Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb soʻradilar.
— Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu toʻgʻrida gapirmanglar.
4 Keyin Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Yerixo shahriga bor, deb amr bergan, — dedi.
— Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — deya javob qaytardi Elishay. Soʻngra ular Yerixoga kelishdi.
5 Yerixoda paygʻambarlar guruhi Elishayning oldiga kelib, undan:
— Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb soʻrashdi.

6 Keyin Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Iordan daryosiga bor, deb amr bergan, — dedi.

Shunday qilib, ikkovlari joʻnab ketishdi.
7 Paygʻambarlardan elliktasi kelib, uzoqroqda Ilyos bilan Elishayning roʻparasida toʻxtadilar. Ikkovi esa Iordan daryosi boʻyida turardilar. 8 Bir payt Ilyos chakmonini oldi–da, burab eshib, suvga urgan edi, suv ikki tomonga surilib, yoʻl ochildi. Ikkovlari quruq joydan oʻtdilar.
9 Ular narigi qirgʻoqqa oʻtib olishgach, Ilyos Elishayga dedi:
— Meni hademay Egamiz olib ketadi. Ayt, shu voqea yuz bermasdan oldin sen uchun nima qilay?
Shunda Elishay:
— Iltimos, sizning paygʻambarlik ruhingizdan menga ikki hissa koʻp meros qolsin , toki sizning izdoshingiz boʻlay, — dedi.
10 — Qiyin narsani soʻrayapsan, — dedi Ilyos. — Mayli, agar men yoningdan koʻtarilib ketayotganimni koʻra olsang, istaganing bajo boʻladi. Agar koʻra olmasang, bajo boʻlmaydi.
11 Ular yoʻlda suhbatlashib ketishayotgan edi, birdan olov otlar qoʻshilgan olov arava paydo boʻlib, ularning oʻrtasiga yeldek uchib keldi. Ilyos quyun ichida osmonga chiqib ketdi. Shunday qilib, ikkovlari bir–birlaridan ayrildilar. 12 Elishay buni koʻrib Ilyosga xitob qildi:
— Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a!
Elishay Ilyosni boshqa koʻra olmagani uchun egnidagi kiyimini ikkiga boʻlib tashladi . 13 Ilyosning egnidan chakmoni tushib qolgan edi. Elishay oʻsha chakmonni olib orqasiga qaytib, Iordan daryosi qirgʻogʻiga keldi. 14 Elishay Ilyosning chakmonini suvga urib: “Egam Ilyosga qilganiday, men uchun ham moʻjiza koʻrsatadimi?” — dedi. Elishay chakmonini yana suvga urgan edi, daryo suvi ikki tomonga surilib yoʻl ochildi. Elishay oʻsha joydan oʻtib ketdi.
15 Yerixolik paygʻambarlar guruhi olisdan Elishayni koʻrib:
— Elishayda Ilyosning ruhi bor, — deb Elishayga peshvoz chiqdilar. Uni kutib oldilar, yer oʻpib unga taʼzim qildilar. 16 Soʻngra paygʻambarlar Elishayga:
— Biz, qullaringizda ellikta baquvvat odam bor, — dedilar. — Ijozat bering, ular borib, hazratingizni izlashsin. Balki Egamizning Ruhi uni biror toqqa yoki vodiyga boshlab ketgandir.
— Yoʻq, yubormanglar, — dedi Elishay ularga.
17 Lekin paygʻambarlar guruhi iltimos qilaverib, oxiri uni koʻndirdilar. Elishay: “Mayli, yuboringlar”, dedi. Paygʻambarlar guruhi ellikta odamni joʻnatdilar. Odamlar uch kun qidirib, Ilyosni topa olmaganlaridan keyin, 18 Elishayning yoniga qaytib keldilar. Elishay bu paytda Yerixoda edi. Elishay ularga:
— Sizlarga, bormanglar, deb aytmaganmidim?! — dedi.
Elishayning moʻjizalari
19 Oʻsha shaharning aholisi Elishayga murojaat qildi:
— Hazratimiz koʻrib turganlariday, shahar yaxshi yerga joylashgan, lekin suvi yaxshi emas, yeri ham hosil bermaydi.
20 Shunda Elishay:
— Menga yangi kosaga tuz solib beringlar, — dedi. Ular Elishayning aytganini berdilar. 21 Elishay buloq boshiga chiqib, tuzni suvga tashladi–da, shunday dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Men bu suvni toza qildim, endi bu suv tufayli hecham oʻlim boʻlmaydi, bundan buyon yeringiz ham hosil beradi.”
22 Elishay aytganidek, suv toza boʻldi va hozirgacha tozadir.
23 Shundan keyin Elishay u yerdan Baytil shahriga yoʻl oldi. U yoʻlda ketayotgan edi, Baytildan chiqqan yosh bolalar unga ergashib:
— Joʻnab qol, yoʻqol, kal! Joʻnab qol, kal! — deb uni masxara qilishdi.
24 Elishay orqasiga qayrilib, bolalarga qaradi va ularni Egamizning nomi bilan qargʻadi. Shu payt oʻrmondan ikkita urgʻochi ayiq chiqib, bolalardan qirq ikkitasini burda–burda qilib tashladi.
25 Elishay bu yerdan Karmil togʻiga ketdi, u yerdan esa Samariyaga qaytdi.